10
faqat pulda ifoda qilinadi.
Har bir fanning shakllanishi fan predmeti shakllanishi bilan birgalikda, uning
ilmiy bilishu sullari qaror topishi bilan ham bog’liq. Har qanday fanni
o’rganishdagi usullar umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o’z predmetidan kelib
chiqib, o’zining ilmiy bilishu sullariga ega. Shuning uchun fanni o’rganishdagi
usullar umumiy va alohida usullarga bo’linadi.
xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilish va tartibga solish asoslari xususidagi
nazariy va amaliy bilimlarni o’rgatishdan iborat.
―Pul va banklar fani fundamental, nazariy fanlarning biri bo’lib, boshqa
iqtisodiy va mutaxassislik fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Dars davomida talabalar zamonaviy pul, kredit nazariyasi va banklar faoliyatini,
shuningdek, banklar tomonidan pul muomalasini boshqarishning nazariy asoslarini
va amaliy uslublarini o’rganadilar.
Pul –
bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo’lib, abstrakt mehnat
xarajatlarini o’zida aks ettiradi va tovar xo’jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish
munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta’rif pulni quyidagi xususiyatlarini o’zida ifodalaydi:
1.
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
2.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo’lib qolgan tovarlar
qiymatini o’zida ifoda qilishi.
3.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va
boshqa xarajatlarni o’zida ifoda qilishi.
4.
Pulning har bir iqtisodiy tizimda, tovar ishlab chiqarishda
kishilar o’rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi
va boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida
namoyon bo’lishi).
5.Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari qiymatga va
iste’mol qiymatga ega bo’lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga