№- 3-MAVZU AXBOROT XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/113
Sana26.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#146272
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113
Bog'liq
2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek

№- 3-MAVZU AXBOROT XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA 
UNING TASNIFI 
Reja: 
1. Axborotni himoya qilish 
2. Axborotlarni himoyalashning vazifalari 
3. Axborot xavfsizligini turkumlash 
Axborotni himoya qilish; 
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot 
elеmеntlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik; 
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elеmеntlarini 
qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; 
Axborotni tеgishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali 
tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l quymaslik; 
Egasi tomonidan bеrilayotgan (sotilayotgan) axborot va rеsurslar faqat 
tomonlar o‘rtasida kеlishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish 
kabilar tushuniladi 
1 Axborotlarni himoyalashning vazifalari 
Foydalanuvchanlik - bu ma’lum vaqt oralig‘ida kerakli axborot xizmatini 
olish imkoniyatidir. Butunlik - axborotni aktualliligi bo‘lib, uni yo‘q qilinishidan 
va ruxsat etilmagan o‘zgartirishlardan himoyalanganliligidir. Maxfiylik - bu 
axborotni ruxsat etilmagan murojaatlardan himoyalash. 
2 Axborot xavfsizligini turkumlash 
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash 
mumkin: 
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi 
mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo‘yilib, 
xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni 
oshkor qilish, deyiladi; 
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi
maxfiyligi kafolati; 
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va 
uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning 
buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; 
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs 
xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning 
buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi; 
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron 
biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini 
isbotlash mumkinligi kafolati. Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan 
quyidagicha tasnifni keltirish mumkin: 


• ishonchlilik — tizim meyoriy va g‘ayri tabiiy hollarda 
rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati; 
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati; 
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot 
manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim 
bajarilishlik kafolati; 
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini 
tulik tekshirish mumkinligi kafolati; 
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — Hozir tizimga ulangan mijoz aniq 
o‘zini kim deb atagan bulsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati; 
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar 
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 
kelishilgan xolda o‘zini tutishi 
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo‘qotilishi, 
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish; 
- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, 
tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish; 
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini 
ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy 
aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy 
maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion 
xukuklarini himoyalash; 
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning 
konfidentsialligini saklash; 
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni 
yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub’ektlarning xuquqlarini ta’minlash. 


Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1 Axborotni himoya qilish deganda nimani tushunasiz? 
2 Axborotlarni himoyalashning vazifalari nimalardan iborat? 
3 Maxfiylik nima? 
4Axborotni himoyalashning maqsadlari nimalardan iborat? 
Uyga vazifa 
1 Axborotning konfidentsialligi nima? 
2 Axborotning yaxlitliligi 
3 Axborotning ishonchlilik prinsipi 

Download 7,03 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   113




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№- 3-MAVZU AXBOROT XAVFSIZLIGINING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA

Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish