№1-MAVZU A XBOROTNING QIMMATLILIGI
Reja:
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar
3. Tizim va tarmoqlardagi zaifliklar
1. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari
Axborotning muximlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun
xam qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan.
Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil
egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli
yozuvjamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidentsiyalari va
razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin
hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng
tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar,
uzatishadi, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib
talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati
tug‘iladi. Axborotni qayta ishlash sanoatining paydo bo‘lishi axborotni himoyalash
sanoatining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari
Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi,
axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin.
Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot
tarmoqlari hamda turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot
texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng
qo‘llanilmoqda (iqtisod, fan, ta’lim, xarbiy ish, turli texnologiyalarni boshqarish
va x.k.)
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta
ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan Yangi tarmoq
vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi Yangi iqtisodiy kategoriya
bo‘lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar
axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida
jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli
xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlari-
dan bo‘lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot
resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy
texnikalar juda ham Kompyuterlashtirilib yuborildi. Shuning uchun xam ularga
axborot qurollarini qo‘llash ehtimoli katta.
Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiya-
larining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo‘llanishi inson psixologiyasi va
jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko‘rsatish vositalarining samaradorligini
yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir.
«Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga
o‘tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina
yo‘lga qo‘yish mumkin.
Avtomatlashtiriltan axborot tizimlarida axborotlar o‘zining hayotiy davriga
ega bo’ladi. Bu davr uni yaratish, undan foydalanish va kerak bo‘lmaganda
yo‘qotishdan iboratdir (2-rasm ).
Axborotlar xayotiy davrining xar bir bosqichida ularning himoyalan- ganlik
darajasi turlicha baholanadi.
Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalash eng
muxim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning
mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy
iqtisodiy va boshha moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan
turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir.
2. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga
yo‘naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi.
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni
o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa Kompyuter
ma’lumotlari to‘lami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning
egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining
axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi,
ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatiy
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar
yetkazmokchi bO‘lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan,
ya’ni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan xolda moddiy
jismda qayd etilgan axborot ximoyalanishi kerak.
Axborot xavfsizligi nuktai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash
mumkin:
• maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi
mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo‘yilib,
xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni
oshkor qilish, deyiladi;
• konfidentsiallik — inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi,
maxfiyligi kafolati;
• yaxlitlik — axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash
va uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning
buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi;
• autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs
xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning
buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi;
• apellyatsiya qilishlik — yetarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron
biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini
isbotlash mumkinligi kafolati.
Yukoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish
mumkin:
• ishonchlilik — tizim meyoriy va g‘ayri tabiiy xollarda
rejalashtirilganidek o‘zini tutishlik kafolati;
• aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot
manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim
bajarilishlik kafolati;
• nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan
kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati;
• identifikatsiyalashni nazorat qilish — xozir tizimga ulangan mijoz aniq
o‘zini kim deb atagan bulsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati;
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan
kelishilgan xolda o‘zini tutishi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo‘qotilishi,
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini
olish;
-
axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish,
tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;
- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini
ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy
aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy
maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion
xukuklarini ximoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning
konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni
yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.
3. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar.
Tarmoq texnologiyalari rivojining boshlang‘ich bosqichida viruslar va
Kompyuter xujumlarining boshqa turlari ta’siridagi zarar kam edi, chunki u
davrda dunyo iqtisodining axborot texnologiyalariga bog‘liqligi katta emas
edi. Hozirda, xujumlar sonining doimo o‘sishi hamda biznesning axborotdan
foydalanish va almashishning elektron vositalariga bog‘liqligi sharoitida mashina
vaqtining yo‘qolishiga olib keluvchi hatto ozgina xujumdan kelgan zarar juda
katta raqamlar orqali hisoblanadi.
Misol tariqasida keltirish mumkinki, faqat 2003 yilning birinchi choragida
dunyo miqyosidagi yo‘qotishlar 2002 yildagi barcha yo‘qotishlaryig‘indisining
50%ini tashkil etgan, yoki bo‘lmasa 2006 yilning o‘zida RossiyaFedereatsiyasida
14 mingdan ortiq Kompyuter jinoyatchiligi holatlari qayd etilgan.
Kor’orativ tarmoqlarda ishlanadigan axborot, ayniqsa, zaif bo’ladi. Hozirda
ruxsatsiz foydalanishga yoki axborotni modifikatsiyalashga, yolg‘on axborotning
muomalaga kirishi imkonining jiddiy oshishiga quyidagilar sabab bo’ladi:
Kompyuterda ishlanadigan, uzatiladigan va saqlanadigan axborot hajmining
oshishi;
-
ma’lumotlar bazasida muhimlik va mahfiylik darajasi turli bo‘lgan
axborotlarning to’lanishi;
-
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdan va hisoblash
tarmoq resurlaridan foydalanuvchilar doirasining kengayishi;
-
masofadagi ishchi joylar soninig oshishi;
-
foydalanuvchilarni bog‘lash uchun Internet global tarmog‘ini va
aloqaning turli kanallarini keng ishlatish;
-
foydaluvchilar Kompyuterlari o‘rtasida axborot almashinuvining
avtomatlashtirilishi.
Axborot xavfsizligiga tahdid deganda axborotning buzilishi yoki yo‘qotilishi
xavfiga olib keluvchi himoyalanuvchi ob’ektga qarshi qilingan harakatlar
tushuniladi. Oldindan shuni aytish mumkinki, so‘z barcha axborot xususida emas,
balki uning faqat, mulk egasi fikricha, kommertsiya qiymatigaega bo‘lgan qismi
xususida ketya’ti.
Zamonaviy kor’orativ tarmoqlar va tizimlar duchor bo’ladigan keng
tarqalgan tahdidlarni tahlillaymiz. Hisobga olish lozimki, xavfsizlikka tahdid
manbalari kor’orativ axborot tizimining ichida (ichki manba) va uning
tashqarisida (tashqi manba) bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish to’g’ri, chunki bitta
tahdid uchun (masalan, o‘g‘irlash) tashqi va ichki manbalarga qarshi harakat
usullari turlicha bo’ladi. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni hamda kor’orativ
axborot tizimining zaif joylarini bilish xavfsizlikni ta’minlovchi eng samarali
vositalarni tanlash uchun zarur hisoblanadi.
Tez-tez bo’ladigan va xavfli (zarar o‘lchami nuqtai nazaridan) tahdidlarga
foydalanuvchilarning, operatorlarning, ma’murlarning va kor’orativ axborot
tizimlariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa shaxslarning atayin qilmagan xatoliklari
kiradi. Ba’zida bunday xatoliklar (noto’g’ri kiritilgan ma’lumotlar, dasturdagi
xatoliklar sabab bo‘lgan tizimning to‘xtashi yoki bo‘zilishi) to’g’ridan to’g’ri
zararga olib keladi. Ba’zida ular niyati buzuq odamlar foydalanishi mumkin
bo‘lgan nozik joylarni paydo bo‘lishiga sababbo’ladi. Global axborot tarmog‘ida
ishlash ushbu omilning yetarlicha dolzarb qiladi. Bunda zarar manbai
tashkilotning foydalanuvchisi ham, tarmoq foydalanuvchisi ham bo‘lishi
mumkin, oxirgisi ayniqsa xavfli.
Zarar o‘lchami bo’yicha ikkinchi o‘rinni o‘g‘irlashlar va soxtalashtirishlar
egallaydi. Tekshirilgan holatlarning aksariyatida ishlash rejimlari va himoyalash
choralari bilan a’lo darajada tanish bo‘lgan tashkilot shtatidagi xodimlar aybdor
bo‘lib chiqdilar. Global tarmoqlar bilan bog‘langan quvvatliaxborot kanalining
mavjudligida, uning ishlashi ustidan yetarlicha nazorat yo‘qligi bunday faoliyatga
qo‘shimcha imkon yaratadi.
Xafa bo‘lgan xodimlar (hatto sobiqlari) tashkilotdagi tartib bilan tanish va
juda samara bilan ziyon yetkazishlari mumkin. Xodim ishdan bo‘shaganida uning
axborot resurslaridan foydalanish xuquqi bekor qilinishinazoratga olinishi shart.
Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin
qilingan urinishlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil
etadi. Bu kattalik anchagina bo‘lib tuyulmasa ham, Internetda ishlash tajribasi
ko‘rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish
urinishlariga duchor bo‘lar ekan. Xavf-xatarlar taxlil qilinganida tashkilot
kor’orativ yoki lokal tarmog‘i Kompyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki
bo‘lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun yetarlicha
himoyalanmaganligini hisobga olish zarur. Masalan, axborot tizimlarini
himoyalash Agentligining (AQSH) testlari ko‘rsatadiki, 88% Kompyuterlar
axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan nozik joylarga egaki, ular ruxsatsiz
foydalanish uchun faol ishlatishlari mumkin. Tashkilot axborot tuzilmasidan
sasofadan foydalanish xollari alohida ko‘rilishi lozim.
Himoya siyosatini tuzishdan avval tashkilotda Kompyuter muhiti duchor
bo’ladigan xavf-xatar baholanishi va zarur choralar ko‘rilishi zarur. Ravshanki,
himoyaga tahdidni nazoratlash va zarur choralarni ko‘rish uchun tashkilotning
sarf-harajati tashkilotda aktivlar va resurslarni himoyalash
bo’yicha hech qanday choralar ko‘rilmaganida kutiladigan yo‘qotishlardan oshib
ketmasligi shart.
Umuman olganda, tashkilotning Kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga
duchor bo’ladi:
1. Ma’lumotlarni yo‘qotilishi yoki o‘zgartirilishi.
2. Servisning to‘xtatilishi.
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas. Ular niyati buzuq
odamlarning bostirib kirishidan to Kompyuter viruslarigacha turlanishi mumkin.
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi. 1.1-rasmda
kor’orativ axborot tizimida xavfsizlikning buzilish manbalari bo’yicha statistik
ma’lumotlarni tasvirlovchi aylanma diagramma keltirilgan.
Statistik ma’lumotlar tashkilot ma’muriyatiga va xodimlariga kor’orativ
tarmoq va tizimi xavfsizligiga tahdidlarni samarali kamaytirish uchun xarakatlarni
qaerga yo‘naltirishlari zarurligini aytib berishi mumkin. Albatta, fizik xavfsizlik
muammolari bilan shug‘ullanish va inson xatoliklarining xavfsizlikka salbiy
ta’sirini kamaytirish bo’yicha choralar ko‘rilishi zarur. Shu bilan bir qatorda
kor’orativ tarmoq va tizimga ham tashqaridan, ham ichkaridan bo’ladigan
xujumlarni oldini olish bo’yicha tarmoq xavfsizligi masalasini yechishga jiddiy
Mustahkamlash uchun topshiriqlar
1.
Axborot xavfsizligi deb nimaga aytiladi?
2.
Axborotning himoyasi deb nimaga aytiladi?
3.
Axborotning maxfiyligi nima?
4.
Axborotni soxtalashtirish deganda nimani tushunasiz?
5.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari nimalardan iborat?
Uyga vazifa
1.
Iqtisodiy xavfsizlik nima?
2.
Mudofaa xavfsizligi nimalardan iborat?
3.
Ekologik xavfsizlik tarkibi
|