• №33-MAVZU: ELEKTRON BIZNES VA TIJORAT MODELI
  • O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami axborot xavfsizligi toshkent – 2023




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/113
    Sana26.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #146272
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
    Bog'liq
    2 Axborot xavfsizligi Anvardinov Jasurbek


     


    • O‘quvchilar tomonidan yangi mavzu yuzasidan fikrlari 
    bayon etiladi 
    • O‘quvchilar tomonidan berilgan fikr bayonlariga 
    misollar keltiriladi 
    • O‘quvchilar tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni isbotlab 
    misollar keltiriladi 
    • O‘quvchilar tomonidan berilgan fikrlar 
    umumlashtiriladi. 


    Yangi mavzu bayoni 
    №33-MAVZU: ELEKTRON BIZNES VA TIJORAT MODELI 
    Reja: 
    1. 
    Elеktron karmon, ularni to‘ldirish va pul olish 
    2. 
    Intеrnеt VISA va MasterCard to‘lov kartochkalari 
    3. 
    Intеrnеt do‘konlar va intеrnеt birja 
    1 Elеktron karmon, ularni to‘ldirish va pul olish. Elеktron karmon - bu 
    elеktron pullarni saqlash uchun mo‘ljallangan vosita. 
    Tovarlarni sotish va xarid qilishga mo‘ljallangan vеb tеxnologiyalar asosida 
    yaratilgan axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardan 
    tashkil topadi: 
     
    mijozga tovar (xizmat) haqida ma'lumot bеrish; 
     
    mijozdan tovar (xizmat)ga buyurtma qabul qilish. 
    Ba'zan onlaynli to‘lov tizimlaridan foydalanilganda uchinchi vazifa-to‘lov 
    haqini olish, tovarni sotishda esa yana to‘rtinchi vazifa - haqi to‘langan tovarni 
    jo‘natish qo‘shiladi. 
    Elеktron karmonni to‘ldirish va ulardan pul еchishni quyidagi usullar bilan 
    amalga oshirish mumkin: 
     
    Tijorat banklarida naqd pul bilan; 
     
    Bank kartalari (VISA, MasterCard, UzKart) yordamida; 
     
    Pochta orqali; 
     
    Intеrnеt-banking yordamida; 
     
    Pul O‘tqazmalar tizimlari yordamida; 
     
    Mobil aloqa yordamida. 
    2 Intеrnеt VISA va MasterCard to‘lov kartochkalari. 
    Visa Inc. – to‘lov opеratsiyalarini amalga oshirish xizmatlarini ta'minlovchi 
    amеrika kompaniyasi. VISA International Service Association - jahonning еtakchi 
    to‘lov tizimi hisoblanadi. 
    VISA kartalari bo’yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSh dollarini 
    tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul 
    kilinadi. Dunyoda tO‘lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy 
    raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi. 
    MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy 
    tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning 
    Nyu-York shaxrida joylashgan. 
    Hozirgi kunda intеrnеt to‘lov tizimlari to‘liqligicha yuqorida kеltirilgan 
    VISA va MasterCard bilan ishlash imkoniyatiga ega, ya'ni intеrnеt to‘lov 
    tizimlaridagi xamyonlarni to‘ldirish yoki xamyonlardagi ishlatilmay qolgan 
    mablag‘larni qayta kartochkaga chiqarish mumkin. 
    3 Intеrnеt do‘konlar va intеrnеt birja. 


    Bugungi kunda “Intеrnеt do‘kon” nomi ostida turli ko‘lam va maqsaddagi 
    еchimlarning kеng spеktri taklif qilinmoqda. WEBSUM elеktron to‘lov tizimidan 
    foydalanadigan intеrnеt do‘konlar quyida kеltirilgan: 
    UzEx intеrnеt birja – bu shaxsiy kompyutеr orqali UzEx savdo 
    maydonchalarida savdo qilish imkoniyatini bеruvchi global milliy savdo 
    maydonchasi. Ushbu savdo tizimi, iPAY tizimi foydalanuvchilariga, maksimal 
    qulayliklar bilan osongina O‘z tovarlarini sotish va kеrakli tovarlarni harid qilish 
    imkonini bеradi. 
    Uzbex.com O‘zbеkiston global savdo tizimi. 
    Elektron tijorat – O‘zbekiston iqtisodiyotida: mavjud holat, muammolar va 
    istiqbollar 
    Jahon hamjamiyatining ko‘zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish 
    uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo‘lgan ehtiyoji katta sur’atlar bilan 
    oshib borayapti. Iqtisodiy o‘sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash 
    darajasining yaxshilanishi axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga 
    singib ketagani natijasidir. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki erkin axborot 
    oqimining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotiga O‘tishni tezlashtiradi va sotsial 
    farovonlikni oshiradi1ar. 
    Axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi iqtisodda ham O‘z aksini 
    topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodda, ayniqsa tadbirkorlik sohasida 
    erishilayotgan 
    yutuqlar 
    negizida 
    aynan 
    axborot 
    texnologiyalari 
    turli 
    segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qO‘llanishi yotadi. 
    O‘zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol 
    sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma’lumotlar 
    yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat 
    almashuv, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin. 
    O‘zbekiston uchun axborot texnologiyalarini rivojlantirish yangi iqtisodiy 
    aloqalarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin bu jarayon, axborot 
    texnologiyalari 
    sohasida 
    ta’lim 
    standartlarining 
    oshishi, 
    milliy 
    telekommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyalashuvi, huquqiy bazaning 
    shakllanishi oqibatida vujudga keladigan jamiyatning ma’lum darajadagi 
    informatsion tayorligi mavjud bo‘lgan 
    holatdagina 
    sodir 
    bo’ladi. O‘zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma- bosqich rivojalnishi 
    oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa elektron 
    tijoratning ahamiyati juda oshdi. Bugungi kunga kelib, har bir internet 
    foydalanuvchisi elektron tijorat so‘zining ma’nosini tushunishga harakat qilib 
    ko‘rgan. Hali O‘zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat 
    bilan bog‘liq AQSh bozorlarida yiliga o‘rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida 
    mablag‘lar aylanadi. 
    “Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni 
    elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot 
    almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi 
    texnologiyalarni O‘z ichiga oladi. O‘z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch 
    sinfga bO‘linadi: 


     
    Chakana savdoni tashkil qilishbo’yicha (biznes-iste’molchi, B2C); 
     
    Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B); 
     
    Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Misol 
    sifatida: – virtual auksion www.Ebay.com ni keltirish mumkin Elektron tijoratning 
    O‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud: 
     
    Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; 
     
    Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; 
     
    Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot 
    almashish xarajatlari kamayadi. 
    Kompaniya 
    axborot 
    texnologiyalarini 
    samarali 
    qo‘llash 
    orqali 
    iste’molchibilan ochiq munosabat o‘rnatish, mahsulot va xizmatlar to’g’risida 
    hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta’minlash, sotuvning alternativ 
    yo‘llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do‘konlar ochish va yaratish 
    imkoni beradi. 
    O‘zbekistonda electron tijoratni rivojlantirish jarayonlari amalda Bugungi 
    kunga kelib, O‘zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, 
    dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda. 
     
    Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol O‘ynashi 
    lozim; 
     
    Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmaganturli 
    cheklovlar qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik lozim; 
     
    Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini 
    qO‘llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi 
    mumkin; 
     
    Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat 
    hokimiyati Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi lozim; 
     
    Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat 
    chegaralariga bog‘liq bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo‘lishi lozim. 
    Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O‘zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida 
    tobora o‘z mavqe’ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o‘z navbatida elektron 
    tijorat infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchliraqobatchi 
    sifatida paydo bo‘lishini ta’minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi 
    holatlar inobatga olingan holda elektron tijoratning asosini , ya’ni huquqiy 
    bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha sezilarli ishlar amalga oshirildi. 
    2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat” to’g’risida O‘zbekiston 
    Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining №21 
    “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog‘risidagi va 2007 yil 12 iyunda “Elektron 
    tijorat tizimini amalda qo‘llashda to‘lov tizimini takomillashtirish” tog‘risidagi 
    qarorlar qabul qilindi. Bundan tashqari Respublikada elektron tijoratni 
    rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab chiqildi va u samarali tarzda 
    amaliyotga joriy qilinmoqda.Olib borilgan va bajarilgan ishlar asosidabir qancha 
    ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, axborot almahinuvi tezligini oshirish va unga 
    sarflanadigan vaqtni kamaytirish maqsadida olib borilgan ishlarning natijasi 
    Respublikada xalqaro axborot tarmoqlari tezligini oshishida kO‘rinadi. 


    Xalqaro axborot tarmoqlari tezligining O‘zgarish tendensiyasi 
    Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
    1. 
    Konfidentsiallikka kafolatning yo‘qligi 
    2. 
    Kredit kartochkasi 
    3. 
    Ma’lumotlar yaxlitligiga kafolash
    Uyga vazifa 
    O‘zbekistonda elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘qitish materiallari to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallari to‘plami axborot xavfsizligi toshkent – 2023

    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish