|
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESBog'liq Kasbiy kompetentlik 1ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 1142 www.ares.uz
pedagogning faoliyat turlari: o‟quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy
(rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar.
pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta‟lim; umumiy o‟rta
ta‟lim; o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi; oliy ta‟lim; oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim;
maktabdan tashqari ta‟lim; ta‟limni boshqarish organlari. Pedagog shaxsiga
qo‟yiladigan talablar mazmuni asoslandi va ularning har biriga tavsif berildi.
NATIJALAR
Berilayotgan axborotlar mashg‟ulot mavzusining mazmuniga mos bo‟lishi
bilan birga talabalarda zarur ko‟nikma hamda malakalarni shakllantirishni
ta‟minlovchi topshiriqlar va vazifalardan tashkil topishi, talabalar o‟zlashtirishi lozim
bo‟lgan axborotlar hajmini aniqlashi, ma‟lum bir mantiqiy tizimda taqdim etilishi,
uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga mos kelishi, nihoyat, tizimlilik tamoyiliga javob
bera olishi zarur. Shuningdek, axborotlarning talabalar tayyorgarlik darajasiga mos
bo‟lishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter,
skaner, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon,
elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa
tizimlari, ma‟lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun‟iy intelekt tizimlarini
kiritish mumkin.
O„qitish metodlari ko„p qirralidir. Shu sababli ham ularni ko„plab tasniflari
mavjuddir. Bu tasniflarda metodlar bir yoki bir nechta belgilar bo„yicha jamlanadi.
1. An‟anaviy tasnif. Umumiy belgi sifatida bilim manbai olinadi.
-Amaliy : Tajriba, Mashqlar qilish , Mustaqil ish , Laboratoriya ishi.
-Ko„rgazmali : Illyustratsiya , Kuzatish.
-Og„zaki : Tushuntirish, Hikoya qilish, Suhbat, Ma‟ruza.
- Kitob bilan ishlash: O„qish, Tez ko„rib chiqish, Sitata olish, Bayon etish,
qayta so„zlab berish, Konspekt.
-Video metod : Ko„rib chiqish, Mashq ishlash.
2. Hozirgi kunda o„qitish metodlarining uchta katta guruhi alohida
ajratilgandir:
- o„quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
- o„quv-bilish faoliyatini nazorat va o„z-o„zini nazorat qilish metodlari;
- o„quv-bilish faoliyatini rag„batlantirish va motivatsiya metodlari;
Ma‟lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” o„quv predmetining asosiy
vazifasi o„quvchilarni zamonaviy axborot texnologiyalarining ba‟zi bir umumiy
|
| |