|
Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonidaBog'liq oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siriJournal of Advances in
Engineering Technology Vol.2(4) 2021
52
oqovalarini ammiak, nitrit va nitratlardan tozalash mumkin. Keyingi paytlarda suvni
tozalashda ba’zi yuqori o‘simliklar – qamish, eyxorniya (suv giatsenti) va boshqalardan
foydalanish ham ijobiy natijalar berishi aniqlandi.
Koagulyasiya – kimyoviy reagentlar (koagulyantlar va flokulyantlar) yordamida
zarralarning hajmi kattalashtirilishi va pag‘alarga birlashtirib, cho‘ktirishga asoslanganUlar
cho‘kayotganida o‘z yo‘lidagi erimagan mayin dispersli iflosliklarnni ham cho‘kmaga olib
tushadi. Sorbsiya – oqova tarkibidagi ifloslovchi moddalarning qattiq jism sirtida to‘planishi
(adsobsiya), ularning suyuqlikka yutilishi (absorbsiya) hamda ifloslovchi moddaning qattiq
jism bilan kimyoviy ta’sirga kirishishi (xemosobsiya) ga asoslangan. Ekstraksiya - oqova suv
tarkibidagi suvda qiyin erigan organik birikmalarning suvga aralashib ketmaydigan erituvchi
– ekstragentda eritib, suvdan ajratishga asoslangan (fenol suvga qaraganda butilatsetatda 12
baravar tez eriydi). Evaporatsiya – oqova suv tarkibidagi erigan ifloslovchi moddalarni suv
bug‘i yordamida haydab ajratishga asoslangan (mas.koksokimyo korxonalari oqovalaridan
fenolni ajratish).
Flotatsiya – flotoreagentlar yordamida suv tarkibidagi ifloslovchi
moddalarni suv betiga tortib chiqarish. Bunda oqova suv mayin dispesli havoga to‘yintiriladi,
suvdagi iflosliklar (neft, sellyuloza tolasi, jun va boshq.) havo pufakchalariga yopishib, suvning
betiga qalqib chiqadi, keyin suv betidan suzib olinadi. Ion almashish – ionitlar yordamida suvli
eritmadan anion va kationlarni ajratib olish. Ionitlar ion almashinish qobiliyatiga ega bo‘lgan
qattiq moddalar bo‘lib, na suvda va na organik erituvchilarda erimaydi. Kristallizatsiya –
oqova suv tarkibidagi suvda erigan ifloslovchi moddalarni kristallarga aylantirib ajratib olish
usuli. Dializ – oqova suvlarni suvda to‘liq erib ketgan moddalar va kolloidlardan kolloidlarni
o‘tkazmaydigan mayda teshikli maxsus to‘siqlardan o‘tkazib tozalash. Dezaktivatsiya – bu usul
yordamida oqova suv tarkibi radioaktiv moddalardan tozalanadi. Bunda tez yo‘qoluvchi
izotoplardan tozalanishi uchun oqova suv suv havzasiga tashlanishi oldidan ma’lum muddat
tutib turiladi. Dezadoratsiya – oqova suvni azratsiyalash, xlorlash va ozonlash bilan uning
hidini yo‘qotish. Tuzsizlantirish – oqova suvlarni tuzsizlantirish ularni bag‘latish, muzlatish,
ion almashish va teskari osmos usullari bilan amalga oshiriladi.
Kristallogidrat usuli –
minerallarni kamaytirishning kristallogidrat usulida oqova suv gidrathosil qiluvchi agent M
(propan, xlor, freonlar, karbonat angidridi va shu kabilar) bilan to‘qnashtirish asosida qattiq
kristall modda – M-/gN2O formulali kristallogidrat hosil bo‘ladi. Suvni kristallogidrat usuli
bilan tozalaganda katta energetik xarajat sarflanmaydi, suvning harorati yuqori bo‘lmaganligi
uchun quyqa paydo bo‘lmadi, metallning korroziyasi kam bo‘ladi. Oqova suvlarni tozalashning
yuqorida keltirilgan fiziko-kimyoviy usullari ko‘p hollarda uning tarkibidagi qimmatbaho
moddalarni ajratib olishda qo‘llaniladi. SHuning uchun bu usullar odatda konsentrlangan
oqova suvlarni tozalashda qo‘llaniladi.
Ammo, yuqoridagi afzalliklarga qaramay, xlorlashning
asosiy kamchiligi xlorli organik birikmalar hosil bo‘lishi natijasida, ular juda zaharli, mutagen
va kanserogen ta’sir etuvchi moddalar hosil qilib, tub cho‘kindilarda, tuproqda, suvda
yashovchi organizmlarning to‘qimalarida to‘planib, ularning fiziologik o‘zgarishlari va o‘limiga
sabab bo‘ladi. Odatda suvni 100% zararsizlantirishning iloji yo‘q [1]. SHuning uchun endilikda
dezinfeksiya samaradorligini 99% ga oshirish qabul qilingan;
bu holatda tozalangan suvni
birlamchi, ikkilamchi usulda tozalashdan keyingi holatga ko‘ra qayta ishlangan mikroblar
sonining 99,9 %ga dezinfeksiyalash darajasi kuzatiladi. Tozalanmagan suvda juda ko‘p
miqdorda patogen mikroorganizmlar soni: 10
3
dan 7*10
6
gacha 1 sm
3
suvda (koli-titr (KT) -
10
-2
- 10
-7
, indekslar soni esa (KI) - 2*10
8
; titr enterokokka TE = 10
-1
- 10
-4
sm
3
/birl). Biologik
tozalashdan keyingi ikkilamchi tindirgichda 1 ml suvning tarkibida bakteriyalar soni yana
2*10
6
tagacha, bakteriofaglar 100 tagacha topiladi.
Suvning toksikologiyasi bakterial
ifloslanishni kamaytirish darajasi bilan emas, balki suvda qolgan patogen mikroorganizmlar
soniga qarab baholanadi.
Kvarts filtrlari orqali filtrlash chiqindi suvdagi iflosliklar miqdorini
10 baravar, seolitlar yoki ion almashinuvchi smolalar bilan to‘ldirilgan filtrlarda tozalashni
ikki hissaga kamaytiradi va ifloslanish darajasi
10
4
ga etadi.
|
| |