|
Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonidaBog'liq oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siriJournal of Advances in
Engineering Technology Vol.2(4) 2021
53
Suv manbalariga qo‘yiladigan gigienik va sanitariya – texnik talablar. Markazlashtirilgan
suv ta’minoti uchun tanlab olingan suv manbalari suvlarining sifati yaroqliligi bo‘yicha 3
sinfga bo‘linadi. Ushbu sinflar bo‘yicha suv sifat ko‘rsatkichlari quyidagi jadvallarda
ko‘rsatilgan. Quyidagi jadvallarda ko‘rsatilgan talablardan tashqari er osti va ochiq suv
ma’nbalari suvlarining tarkibi quyidagi talablarga javob berishi berishi kerak: - quruq qoldiq
1000 mg.l dan oshmasligi kerak (mahalliy DSENM ruxsati bilan 1500 mg.l gacha ruxsat etilishi
mumkin); - xloridlar ning saqlanishi 250 mg.l dan oshmasligi kerak (350 mg.l gacha ruxsat
etiladi); - sulfatlar saqlanishi 400 mg.l dan oshmasligi kerak (500 mg.l. gacha ruxsat etiladi); -
umumiy qattiqligi 7 mg-ekv.l. dan oshmasligi kerak (10 mg.ekv.l gacha ruxsat etiladi) - suv
ma’nbalari suvlari tarkibidagi kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi REK dan oshmasligi
kerak va O‘zbekiston Respublikasi hududida joriy bo‘lgan radiatsion havfsizlik meyoridan
oshmasligi kerak. Tanlab olingan suv ma’nbasining debiti (istemol miqdori bilan suvning
xajmini mos kelishi) aholini suvga bo‘lgan extiyojini to‘liq qondirish kerak. Manbadan butun
yil davomida olinadigan suv miqdori aholining istemol miqdoridan ortib ketmasligi kerak. Suv
sifatining me’yoriy ko‘rsatkichlari. Markazlashgan quvurdan keladigan ichimlik suvi
epidemiologik va radiatsion jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibi bezarar, organoleptik
xususiyatlari inson organizmiga yoqimli bo‘lishi kerak.
Suvning sifati undan foydalanish turiga ko‘ra bir necha parametrlarda aniqlanadi.
Hozirgi kunda 0211-06 "O‘zbekiston aholisini markazlashgan xo‘jalik-ichimlik suvi ta’minoti
tizimida suv sifatini nazorat qilish va gigienik mezonlar" deb nomlangan Davlat standartlari
qabul qilingan bo‘lib, ularga ko‘ra ichimlik suvi sifatining me’yoriy ko‘rsatkichlari
quyidagicha:
1.
Suvning ta’mi, hidi, rangi maxsus shkala asosida aniqlanadi. Uning hidi va boshqacha
ta’mi 2 balldan, loyqalik me’yori 1,5-2,0 mg/l dan, quruq qoldiq 1000-1500 mg/l, xloridlar
250-350 mg/l, temir 0,3-1,0 mg/l, pyx 3,0-5,0 mg/l, suvning qattiqligi 7-10 mg ekv/l dan
oshmasligi shart.
2.
Suvdagi organik moddalar, jumladan, benzol 10,0 mkg/l, benz-a-piren - 0,01 mkg/l,
poliakril amid 2,0 mg/l, fenol 0,001-0,1 mg/l, neft mahsulotlari 0,1 mg/l dan oshmasligi,
pestisidlar miqdori belgilangan chegaraviy konsentrasiya (REChK) dan oshmasligi kerak.
3.
Suvning vodorod korsatkichi (pH) 6-9 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
4.
Suvning epidemiologik jihatdan xavfsizligi: 1 ml suvdagi mikrob soni 100 tadan
oshmasligi, ichak tayoqchasi soni esa 1 l suvda 3 tadan oshmasligi, suvda najas iflosliklari va
kolifaglar bo‘lmasligi kerak.
5.
Suvning toksiklik darajasi mg/l hisobida zaharli moddalarning REChK siga qarab
aniqlanadi. Unga ko‘ra, masalan, berilliy 0,0002, simob 0,0005, selen 0,001, qo‘rg‘oshin 0,03,
margimush 0,05, molibden 0,25, ftor 0,7 mg/l dan oshmasligi kerak va h.k.z.
6. Suvning parazitologik ko‘rsatkichlari uning tarkibidagi patogen mikroorganizmlar
soni bilan belgilanadi. Davlat standartiga ko‘ra bunday mikroorganizmlar 25 l suvda
uchramasligi shart.
Turli tozalash inshootlarida bakterial ifloslanishni kamaytirilishi %
Panjarada -10gacha
Qumushlagichda -10 dan- 25gacha
Aeratordan oldin birlamchi tindirishda – 25gacha
Aeratordan keyin birlamchi tindirishda – 30 gacha
Biokoagulyasiyali birlamchi tindirgichda - 40 tagacha
Tabiiy aeratsiya yordamida tozalashda-40 gacha
Filtrlash maydonlari-97-99,99 gacha
Sug‘orish maydonlarida - 97 – 99,99 gacha
Biologik hovuzlarda - 96 – 99,99 gacha
Biologik filtrlarda - 90 – 95 gacha
|
| |