• OLINGAN NATIJALAR VA MUHOKAMA
  • Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/14
    Sana15.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #157300
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
    Bog'liq
    oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siri

    Journal of Advances in 
      
    Engineering Technology Vol.2(4) 2021
    51 
    neytrallash reaksiyalaridan foydalaniladi. Neytrallash reaksiyalari ko‘pincha oqova 
    tarkibidagi kislotalar, ishqorlar va metallar tuzlarini ajratib olishda qo‘llaniladi. Usulning 
    noqulayligi – kimyoviy reagentlar sarfining ko‘pligida. 
    Fizik-kimyoviy usul reagentli va reagentsiz bo‘lishi mumkin. Reagentli usul koagulyasiya 
    yoki flokulyasiya usuli ham deyiladi. Bunda koagulyant sifatida alyuminiy va temir tuzlari, 
    ammiakli suv va boshqalar, flokulyant sifatida poliakrilamid, sintetik va tabiiy polimerlar, 
    noorganik moddalar (mas., kremniy kislotasi) va boshqalardan foydalaniladi. Reagentli usul 
    birnecha bosqichda bajariladi: reagentlarni tayyorlash, ularni suvga kerakli dozada qo‘shish,
    aralashtirish, ifloslovchi moddalardan pag‘alar hosil qilish va pag‘alarni suvdan ajratib olish. 
    Oqova suvlarni reagentsiz tozalash sorbsion, elektrokimyoviy, radiatsion usullarni qo‘llash 
    bilan amalga oshadi. Bunda kimyoviy moddalardan foydalanilmaydi. Ammo jarayon
    qo‘shimcha energiya sarfini, sorbent sifatida neytral moddalarni talab qiladiki, sorbentlarni 
    qayta tiklash jarayonida hosil bo‘lgan shlam suvni ikkilamchi ifloslaydi. 
    Elektrokimyoviy usul ion almashish, elektroliz va shu kabilarga tayanadi. Ion almashish 
    suvni tuzsizlantirish, chuchuklashtirish va yumshatishda keng qo‘llaniladigan usul 
    hisoblanadi. Bu jarayonda sintetik ion almashuvchi qatronlardan, seolitlar, gidrooksidlar va 
    polivalentli metallarning tuzlaridan keng foydalaniladi.
    OLINGAN NATIJALAR VA MUHOKAMA 
    Keyingi yillarda oqova suvlarni tozalashning membranali usullari ko‘p qo‘llaniladigan 
    bo‘ldi. Bu usullarga ultrafiltatsiya, teskari osmos, mikrofiltratsiya, membrana orqali bug‘latish, 
    dializ va elektrodializ kiradi. Membranalar sellyuloza atsetatlaridan, poliamiddan, 
    ftoroplastdan, turli polimerlardan, metallarning oksidlaridan, shisha va grafitdan 
    tayyorlanadi. Ultrafiltratsiya usuli kimyo, neftekimyo va sellyuloza-qog‘oz, mashinasozlik 
    sanoati suvlarini moydan tozalashda qo‘llaniladi. Ultrafiltratsiya usulida katta tezlikdagi suv 
    oqimi bosim ostida (0,1-0,5 MPa) teshiklari 1 Angstremga teng (0,1 nm) bo‘lgan 
    membranalardan bosim ostida o‘tkaziladi. Bunday tozalashdan o‘tgan oqovalarning 
    tarkibidagi moylar miqdori 8-10 mg/l dan oshmaydi. Usulning kamchiligi membrananing 
    teshiklari tez to‘lib qolib, quvvatining pasayishida. Qurilmaning quvvatini oshirish uchun uni 
    har 150-200 soatda yuvib turish lozim. Hozirgi vaqtda shuningdek ftoroplastdan yasalgan 
    teshiklarining diametri 500 Angstrem (50 nm) bo‘lgan nayli ultrafiltrlardan ham 
    foydalanilmoqda. Moyli oqovalarni tozalashda reagentli bosimli flotatsiya, koagulyasiya va 
    elektrokoagulyasiya usullaridan ham foydalaniladi. 
    Yuqori molekulyar moddalarning eritmalarini kolloid aralashmalardan tozalashda dializ 
    (gr. dialysis – ajratish) usulidan foydalaniladi. Bunda tozalanuvchi eritma yarimo‘tkazgich 
    membranadan siziladi, natijada eritmadagi barcha erigan molekulyar moddalar va ionlar 
    membranadan sizilib o‘tadi, kolloid moddalar esa unda tutilib qoladi. Yarimo‘tkazgich 
    membrana sifatida pergament, sellofan, teri va shu kabi serkavak materiallardan 
    foydalaniladi.
    Teskari osmosda tozalanadigan suvning bosimi (6-10 MPa) osmotik bosimdan yuqori 
    bo‘lib, suv yarimo‘tkazgich membranalar orqali siziladi. Bunda molekulalarining kattaligi 
    eritma molekulasidan katta bo‘lmagan gidratlashgan ionlar va molekulalar ajralib chiqadi. 
    Tarkibida yuqori darajadagi toksik organik aralashmalarni saqlagan oqova suvlar 
    termik usulga kiruvchi yondirish bilan ham tozalanadi. Bunda oqova suv katta bosimda 
    purkaladi, purkalayotgan suv oqimidan kuchli haroratdagi (900-1000
    o
    C) alanga o‘tkaziladi. 
    Bu jarayonda suv to‘liq bug‘lanadi, uning tarkibidagi organik aralashmalar kuyib kulga 
    aylanadi, mineral moddalar esa qattiq yoki erigan zarralar holida pastga cho‘kadi. 
    Sanoat oqovalarini biotexnologik yo‘l bilan tozalash ham ijobiy natija beradi. Biofiltr 
    sifatida mikroskopik suv o‘tlaridan (masalan, scenodesmusdan) foydalanib, yengil sanoat 



    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish