Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana15.02.2024
Hajmi0,62 Mb.
#157300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siri

Journal of Advances in 
  
Engineering Technology Vol.2(4) 2021
49 
chiqaruvchi quvur o‘rnatilgan. Tindirgichdagi markaziy qaytargich suvning harakatini 
sekundiga 0,7 mm gacha sekinlashtiradi. Radial tindirgich chuqurligi 2-2,5 m, kengligi 40 m. 
gacha bo‘lgan hovuzdan iborat bo‘lib, tubi konussimon chuqurlashgan bo‘ladi. Bunday 
tindirgichlardan odatda oqovning hajmi katta bo‘lgan sharoitda oqova tarkibidagi muallaq 
moddalarni cho‘ktirishda foydalaniladi. Unda sekin aylanib turuvchi kurak bo‘lib, kurak 
yordamida cho‘kma uning tubiga tomon kurab turiladi va nasoslar yordamida tortib olinadi. 
Tindirgchlarda tinitilgan maishiy oqovalar biologik tozalashga yuboriladi.
Metantenklar. Metantenklar silindr shaklida temir-betondan qurilgan, tubi konussimon 
chuqurlashgan berk hovuzlar bo‘lib, ularga tindirgichlardagi cho‘kmalar oqib keladi. 
Metantenkning vazifasi cho‘kmalarni achitib zararsizlantirishdan iborat. Unda kislorodsiz 
sharoitda yashovchi anaerob bakteriyalar faoliyat ko‘rsatadi.
Metantenkdagi cho‘kma achish jarayonini ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi 
bosqichda jarayon nordon reaksiyali bo‘lib, unda yog‘ kislotalari, aminokislotalar, spirtlar
ammiak, vodorod sulfidi kabi qo‘lansa gazlar hosil bo‘ladi, cho‘kma chiriy boshlaydi. Ikkinchi 
bosqichga metanli yoki ishqorli achish bosqichi deyiladi. Bu bosqichda kislotalar parchalanib,
karbonat angidridi va metan gazlari, karbonatlar va gidrokarbonatlar hosil bo‘ladi, natijada 
achish jarayonida ishqoriy reaksiya paydo bo‘ladi. Birinchi bosqichda faoliyat ko‘rsatgan 
saprofit bakteriyalar yangi ishqoriy sharoitga moslashib, faolliklarini oshiradilar. Ikkinchi 
bosqichda mezofil (25-37
o
C) va termofil (40-55
o
C) bakteriyalar faoliyatidan gelmintlarning 
tuxumlari, patogen bakteriyalar va viruslar halok bo‘ladi. Jarayondan ajralib chiqadigan 
gazlarning 62-64% ni metan, 32-34% ni karbonat angidridi, 4% ni azot va oksigenlar tashkil 
qiladi. Hosil bo‘lgan metan metantenk tepasidagi qalpoqda to‘planib, foydalanish uchun 
gazgolderga yuboriladi. Chirib bo‘lgan cho‘kma o‘zida ko‘pgina biogen elementlar – azot, 
fosfor, kaliy, natriy, kalsiy, mis, rux kabi mikro- makroelementlarni saqlagani uchun undan 
dehqonchilikda organik o‘g‘it sifatida foydalanish mumkin. 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida

Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish