• Fizik-kimyoviy usul.
  • Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/14
    Sana15.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #157300
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siri

    Journal of Advances in 
      
    Engineering Technology Vol.2(4) 2021
    48 
    yomonlashishi bilan xlor mahsulotlarining bakteritsid ta’sirining yuqori ishonchliligi, dizayni 
    va operatsion boshqarishning soddaligi va boshqalar. 
    Oqova suvni kimyoviy tozalash suv 
    tarkibidagi ifloslovchi moddalarni faqatgina kimyoviy reaksiyalar yordamida ajratib olish 
    mumkin bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Bu jarayonda ifloslovchi moddalar oksidlanib-
    qaytarilishi natijasida ular toksik xususiyatini yo‘qotadi, suvda erimaydigan birikmalarga 
    aylanadi, kislota va ishqorlar neytrallanadi. Oqova tarkibidagi erigan yoki kolloid holidagi 
    organik ifloslovchi moddalarni tozalashda ozonlash usuli samara beradi, negaki ozon yuqori 
    darajada oksidlash xususiyatiga ega. Kimyoviy usulga elektrokimyoviy tozalash ham kiradi. 
    Bu jarayonda ifloslovchi moddalar parchalanib, anod sirtida elektrokimyoviy tarzda 
    oksidlanishi mumkin yoki ulardan qimmatbaho metallar (temir, miss va boshq.) ajratib olinib, 
    ishlab chiqarishga yuborilishi mumkin. Fizik-kimyoviy usul. Oqova suvlarni tozalashning 
    fizik-kimyoviy usuli koagulyasiya, sorbsiya, ekstraksiya, evaporatsiya, flotatsiya, ion 
    almashish, kristallizatsiya, dializ, dezaktivatsiya va tuzsizlantirish.

    Oqova suvlar va ularni 
    tozalashning zamonaviy usullari. 
    Oqova suv deganda turli-tuman antropogen ta’sir natijasida fizik-kimyoviy xususiyatlari 
    o‘zgargan chuchuk suv tushuniladi. Bunday suvlar o‘z tarkibida turli ifloslovchi moddalarni 
    saqlaydi va kelib chiqishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 
     
    qishloq xo‘jalik oqovalari – bular sug‘oriladigan dehqonchilik maydonlari 
    tuprog‘idan chiqadigan sizot suvlar bo‘lib, ular o‘z tarkibida dehqonchilikda foydalanilgan 
    mineral o‘g‘itlar va kimyoviy zaharlarning qoldiqlarini saqlaydi. Bunday suvlar yuqori 
    minerallashgan bo‘lib, maxsus suv tozalash inshootidan o‘tkazilmay zovurlar orqali ochiq suv 
    havzasiga tashlanadi; 
     
    maishiy oqovalar – uy-ro‘zg‘ordan chiqadigan oqindi suvlar. Bunday suvlar o‘z 
    tarkibida mineral va organik iflosliklarni saqlagani uchun kuchli ifloslangan suv hisoblanadi. 
    Ularda kislorodga bo‘lgan biologik talab (BPK-KBT) – 100-400 mg/l; kislorodga bo‘lgan 
    kimyoviy talab (XPK-KKT) esa 150-600 mg/l ga teng; Maishiy oqovalar kanalizatsiya tizimi 
    orqali suv tozalash inshootiga yuboriladi; 
     
    sanoat korxonalaridan chiqadigan ishlab-chiqarish oqovalari. Bu oqovalarning 
    tarkibi turli mineral chiqindilarga boy bo‘ladi va korxonaning kanalizatsiya tizimi orqali 
    maxsus suv tozalash inshootlariga yuboriladi. 
    Oqova suvlarni tozalash usullari ularning tarkibiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Maishiy 
    kommunal oqova suvlarni tozalashda universal hisoblangan mexanik, fizik-kimyoviy va 
    biologik usullar ko‘proq qo‘llaniladi.
    Maishiy oqova suvlarni tozalash. Mexanik usul oqova tarkibidagi suvda erimagan turli 
    kattalikdagi predmetlarni ajratib olish va oqovani tindirishga asoslangan bo‘lib, u birlamchi 
    tozalashda qo‘llaniladi. Tozalashning bu bosqichida kataklarining yirikligi 16-30 mm bo‘lgan 
    metall panjaralar, filtrlar, qumtutgich, tik, yotiq va radial tindirgichlar, nefttutgich, yog‘tutgich 
    va shu kabilardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda oqovani mexanik tozalashda 
    gidrotsiklonlardan ham foydalanilmoqda. Gidrotsiklonning afzalligi – hajmining nisbatan 
    kichikligi sababli kam maydonni egallashi hamda quvvatining yuqoriligida.
    Kanalizatsiya quvuridan chiqqan maishiy oqova dastlab panjaradan o‘tadi, unda tutib 
    qolingan predmetlar shu yerning o‘zida maxsus qurilmada maydalanib, yana suvga qo‘shib 
    yuboriladi. Panjaradan o‘tgan suv qumtutgichga tushadi. Qumtutgich tindirgichning bir turi
    bo‘lib, unda suvning oqimi sekin bo‘lganligi uchun qum va boshqa og‘ir moddalarning 
    zarralari suv tagiga cho‘kadi, organik moddalardan yarim cho‘kmalar hosil bo‘ladi.
    Tozalanishning keyingi bosqichida suv tindirgichlarga o‘tadi. Tindirgichlarning vazifasi 
    suvdagi muallaq moddalarni cho‘kmaga tushirib, suvning tiniqligini oshirishdan iborat. 
    Ularning yotiq, tik va radial turlari mavjud. Yotiq tindirgichning chuqurligi 1,5-2 m bo‘lib, tagi 
    qiya, bir tomoni chuqurroq, cho‘kma shu chuqurga to‘planadi. Tik tindirgich konussimon tagli 
    silindr bo‘lib, chuqurligi 7-9 m, kengligi 10 m bo‘ladi. Konusning ostki qismiga cho‘kmani 



    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonida

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish