• Journal of Advances in
  • TADQIQOT OBYEKTI VA USLUBI




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/14
    Sana15.02.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #157300
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siri

    TADQIQOT OBYEKTI VA USLUBI 
    Oqova suvlarni biologik tozalash. Bu usul tabiiy va sun’iy tozalash inshootlarida 
    bajariladi. Barcha hollarda ham biologik tozalash saprofit bakteriyalar, sodda hayvonlar, suv 
    o‘tlari va boshqa suv organizmlari yordamida organik iflosliklarni parchalab, mineral 
    moddalarga aylantirishdan iborat. 
    1. Tabiiy tozalash inshootlari. Tabiiy tozalash inshootlari ikki xil bo‘ladi: 1) 
    assenzatsiya (filtrlash) shudgorlari. Bular er maydonining shudgorlab qo‘yiladigan maxsus 
    uchastkalari bo‘lib, oqova suvlar ulardagi yumshatilgan tuproq orqali filtrlanadi. Bunda 
    tuproq sirtida qolgan qattiq chiqindilar mikroorganizmlar ta’sirida parchalanib, organik 
    o‘g‘itga aylanadi va ma’lum vaqt o‘tgach, yig‘ib olib, ekinzorlarga solinadi; 2) sug‘orish 
    maydonlari. Bular assenzatsiya shudgorlaridan shunisi bilan farqlanadiki, assenzatsiya 
    shudgorlari faqatgina oqova suvlarni tozalash maqsadlarida foydalanilsa, sug‘orish 
    maydonlaridan ekin ekish maqsadlarida ham foydalanadi. Bunday maydonlarda oqova suvlar 
    ekinlar uchun ham namlik va ham ozuqa manbai bo‘lib xizmat qilganligi uchun ularda 
    hosildorlik ancha yuqori bo‘ladi. SHudgorga suv tashlash vaqt-vaqti bilan amalga oshiriladi
    chunki suv muttasil quyib turilsa u tuproq aeratsiyasini buzadi. Agar oqovalar tarkibida moy
    bo‘lsa, tuproq yuzasini yog‘li plyonkalar qoplab, tuproq qatlamiga havo kirishiga to‘sqinlik 
    qiladi.
    2. Sun’iy tozalash inshootlari. Bularga biofiltrlar, aerotenklar va biologik suv havzalari
    kiradi. 
    Biofiltrlar. Bu inshootlar to‘rt burchak yoki doira ko‘rinishida pishiq g‘isht yoki temir-
    betondan minorasimon qilib qurilgan, 6-8 m balandlikdagi bino bo‘lib, ichida simto‘rlar 
    yordamida ikki qatlamli filtrlar joylashtirilgan. Filtr sifatida qattiq g‘ovak engil materiallardan, 


    Journal of Advances in 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish