|
Oqova suvlarni dezinfeksiyalash jarayonidaBog'liq oqova-suvlarni-dezinfeksiyalash-jarayonida-xlorning-ta-siri
Engineering Technology Vol.2(4) 2021
50
ko‘pincha maydalangan granit toshchalari (sheben) dan foydalaniladi. Ustki qatlamda
filtrlovchi materialning qalinligi 1,8 m, pastki qatlamda esa 0,2 m bo‘ladi. Biofiltrda suvning
tozalanishi ikki pog‘onadi kechadi. Dastlabki pog‘onada suvda erigan va kolloid holdagi
organik moddalar filtrlovchi qatlamdagi faol mikroorganizmlar pardasiga singadi, keyin esa
mikroorganizmlar ularni parchalab mineralga aylantiradi va nitrifikatsiya jarayoni kechadi.
Bu inshootda tuproqqa qaraganda oqova suv tarkibidagi organik moddalarning oksidlanishi
tez kechadi va suv 2-3 soatda tozalanadi. Filtrlarga sun’iy havo yuborish bilan oksidlanishni
yanada tezlatish mumkin.
Aerotenklar. Bu inshootlardagi faol balchiq biotsenozi parchalovchi mikroorganizm-
lardan iborat bo‘lib, ular organik iflosliklarni o‘z yuzasiga singdiradi, oksidlaydi va parchalab
zararsizlantiradi. Aerotenkdagi biologik oksidlanish shartli ravishda uch davrga bo‘linadi:
birinchi davrda oqova suv faol balchiq bilan aralashgandan so‘ng suv tarkibidagi moddalar
balchiq zarralar sirtiga singadi, yog‘lar va uglevodlar oksidlanaboshlaydi, buning natijasida
oqovaning kislorodga biokimyoviy talabi 40-80% ga kamayadi; ikkinchi davrda sekin
oksidlanuvchi organik moddalar parchalanadi; uchinchi davrda ammoniy tuzlarning
nitrifikatsiyasi boshlanadi. Bu uchchala davr 6-8 soat davom etadi. Aerotenkda tozalashning
birinchi davri tugab, oqova suv bilan faol balchiqning aralashmasi ikkilamchi tindirgichga
borib tushadi va bu erdan u regeneratorga haydaladi. Regeneratorda balchiqning faol holati
qayta tiklanadi va u yana aerotenkka qaytariladi. Biologik suv havzalari. Bu havzalarning
kattaligi bir gektar va undan ortiq, chuqurligi esa 0,5-1,0 metr bo‘ladi. Bunda oqova suvlar
tarkibidagi bakteriyalar quyosh nurida halok bo‘ladi va kimyoviy moddalar suv tubiga
cho‘kadi. Biologik suv ravzalari kam miqdordagi oqova suvlarni tozalashga mo‘ljallangan
bo‘lib, bular ichida oksidlovchi biologik suv havzalari alohida ahamiyatga ega. Bunday suv
havzalarining ish samaradorligini oshirish uchun ularni kamida 5 ta bo‘linmaga bo‘lish zarur.
Bo‘linmalarning tubi qiya qilingan bo‘lib, har 15-20 metr masofada kiruvchi va chiquvchi
novlar o‘rnatiladi. Kiruvchi novlardan kirgan oqova oksidlanib va tinib, Yuqoridagi novlar
orqali chiqarib turiladi, pastdagi novlardan esa cho‘kmalar chiqarib turiladi. Oksidlanish
jarayoni normal borishi uchun suv qatlamining qalinligi 0,6 m dan ko‘p bo‘lmasligi, harorat +
60C bo‘lishi zarur. O‘zbekiston sharoitida oqovani bunday hovuzlarda tozalash 6-8 kunni talab
qiladi.
Kichikroq aholi punktlaridan chiqadigan maishiy oqovalarni tozalashda mahalliy (lokal)
suv tozalash inshootlari – septiklardan foydalaniladi. Septik germetik qilib temir-betondan
qurilgan inshoot bo‘lib, unda anaerob bakteriyalar faoliyat ko‘rsatadi. Mexanik tozalashdan
o‘tgan oqova septikka tushadi, bu erda u tiniydi, organik cho‘kmalari esa anaerob bakteriyalar
yordamida parchalanadi. Septikdan chiqarilgan suv relefga yoki suv havzasiga tashlashdan
oldin filtrlash quduqlarida qo‘shimcha tozalanadi.
Keyingi paytlarda biofiltrli septiklardan foydalanish tavsiya etilmoqda. Bu inshootda
suvning tozalanishi sirti bakteriyalardan iborat plyonka bilan qoplangan qattiq g‘ovak
materiallar yoki qum qatlamidan iborat filtrdan sizib o‘tishga asoslangan bo‘lib, filtr sirtida
tutib qolingan organik chiqindilar oksidlanadi va bakteriyalar yordamida parchalanadi.
Sanoat oqova suvlarini tozalash. Sanoat oqova suvlarini tozalash bir muncha murakkab
jaryon bo‘lib, u mexanik, kimyoviy reagentli, fizik-kimyoviy va biologik tozalash turlarini
qo‘llashni talab etadi. Hozirgi vaqtda, shuningdek, reagentsiz usullar: elektrokimyoviy,
elektroionitli, ion almashuvchi qatronlarni qo‘llash va hamda ozonlash usullaridan ham
foydalaniladi.
Mexanik usul suvni tozalashning dastlabki bosqichi bo‘lib, bu jarayon yuqorida batafsil
yoritildi. Sanoat oqova suvlari mexanik tozalashdan o‘tgach kimyoviy reagentli, fizik-kimyoviy
va biologik tozalashga yuboriladi. Kimyoviy reagentli usul suv tarkibidagi ifloslovchi modda
bilan kimyoviy reagent o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya natijasida yangi, suvdan ajratib olish
oson bo‘lgan zararsiz birikmalar hosil qilinishiga asoslangan. Bu jarayonda oksidlash va
|
| |