Plevral punksiya o`tkazish texnikasi
|
20,0 shpris 5,0 shpris.
0,5% novakain eritmasi.
Qisqich
Spirt.
Yo`d
Probirkalar nabori
Paxta sharchalar
Pinset.
Rezina naycha “drenaj" uchun
Kollodiy va kleyonkali flakon
7-10 smli punksiya ignasi
Steril lotok .
|
1.Bemorga muolaja maqsadi tushuntiriladi.
2.Qo`l yuviladi va quritiladi. Qo`l zararsizlantiriladi va steril xalat,qalpoq,niqob va qo`lqop kiyiladi.
3.Kerakli jihozlar tayyorlab olinadi.
4.Hamshira muolaja vaqtida vrachga yordam beradi va bemor ahvolini kuzatadi . Bemor yara bog`laydigan honaga olib kiriladi, stulga teskari o`tqaziladi va teshiladigan tomon qarshisiga egilish so`raladi.
5.Shifokor bemorni ko`zdan kechirib, tukilatib va eshitib ko`rib hamda rentgenoskopiyaga asoslanib , teshiladigan soha aniqlanadi. Asosan 7-8-9 qovurg`alar orasi kurak chizig`iga to`g`ri keladi.
6.Teshiladigan joy spirtdagi yod eritmasi bilan belgilanib qo`llar operatsiyaga tayyorlangandek tayyorlanadi
7.Igna 10-15 smli pezina naycha bilan tutashtiriladi va naycha qisqich bilan qistirib qo`yiladi.
8..Operatsiya maydoniga spirtdagi yod eritmasi va spirt bilan surtiladi.
10.Mahalliy anesteziya uchun ,5% novakain teriga, teri ostiga plevraga yuboriladi.
11.. Terini bir oz pastga tortib turib chap qo`lning 2- bamog`i ko`krak qafasiga tik holda qovurg`aning yuqoti chekkasiga qo`yiladi va shu barmoq bo`ylab igna kiritiladi. Igna plevral bo`shliqqa kirganligini qarshilikning to`satdan kamayishidan bilsa bo`ladi
12.Naychaga havosi chiqarilgan shpris ulanadi va chap qo`l bilan uning kanyulaga tutashgan joyidan ushlab turamiz
13.Qisqich bo`shatiladi, shpris porsheni orqaga tortiladi va unga tushayotgan suyuqlik punksiyaning muvaffaqiyatli o`tganidan dalolat beradi
14.Olingan suyuqlik probirkalarga quyiladi va mikroskopiya uchun surtmalar qilinadi Funksiya tugagandan so`ng igna chaqqonlik chiqarib olinadi, kollodiy chiqarib olinadi ho`llanib , qo`lda ushlanib turgan steril paxta bo`lakchalari zudlik bilan teshikka bosiladi
|
-Terini pastga tortishdan maqsad punksiyadan bo`lgan teshikdan plevra bo`shlig`iga havo kirishiga yo`l qo`ymaslik
- Qovurg`aning yuqori chekkasi teshilishiga sabab chunki pastki chekkasi bo`ylab nervlar joylashgan
|