Bioximik tekshiruv uchun venadan qon olish.
|
shpris, spirt, paxta, suyuq sovun, o’ramli salfetka, iliq suv, rezinali jgut, yostiqcha, yuvuvchi eritma, probirkalar, shtativ, yo’llanma
|
1) Hamshira qo’lini ilik suvda sovunlab,
chyotka yordamida yuvadi.
2) Shpris va ignalar tayyorlab olinadi.
3) Shtativda probirkalarni va kerakli narsalarni
olib kelib, bemor krovati yoniga qulay
joylashtiriladi.
4) Bemorni umumiy axvoliga qarab qulay
vaziyatda stolga o’tqaziladi yoki krovatga
yotqiziladi.
5) Bemorni qo’li kafti yuqoriga qaragan xolda
tirsak bog’imi maksimal yozilgan bo’ladi.
6) Tirsak bo’g’imi ostidan buklangan sochiq
yoki yostiqcha qo’yiladi.
7) Bemorning tirsak bo’g’imi yuqoridan rezina
jgut bog’lanadi.
8) Bemordan qo’lni mushtlab 2-3 marta
qaytarish so’raladi.
9) O’ng qo’lingiz barmoqlari uchi bilan
bemorning bilagi ustidan pastdan yuqoriga
qaratib silaysiz.
10) Qo’lingizni 2-3 barmoqlari yordamida
tirsak zonasini paypaslab ko’rasiz, ustini spirt
bilan artasiz.
11) Oldindan tayyorlab qo’yilgan bo’sh
shprisni ignasi bilan o’ng qo’lingizga olasiz.
12) Shprisni 30° gradusli burchak ostida o’ng
qo’lda ushlab bemorning terisi teshiladi (igna 1-
2 sm kiradi).
13) Teshilgan teridan sal yuqorida vena
devoriga igna 3-4-5 sm kiritiladi.
14) O’ng qo’lingizdagi shpris va ignalarni
qimirlatmasdan chap qo’lingiz bilan porshenni
tortasiz. Vrach ko’rsatmasiga qarab kerakli
miqdorida tortib olasiz.
15) Chap qo’l bilan rezina jguti ochiladi.
16) Spirtli paxta igna kiritilgan joyga bosilib,
igna shpris bilan sekin sug’urib olinadi.
17) Bemor 2-3 minut davomida tirsak
bo’g’ini bukilgan xolda turishi kerak.
18) Shprisdagi qon toza steril probirkaga asta sekin yuboriladi.
19) Shpris ignalari bilan qismlarga ajratilib,
1 soat dezinfeksiyalangan eritmaga solinadi.
77
20) Probirkaga yo’llanma to’ldirilib
laboratoriyaga jo’natiladi.
|
|