Foydalanilgan adabiyotlar




Download 0,68 Mb.
bet136/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.

  2. D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019

  3. Jo‘rayev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.

  4. Shodiyeva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.

  5. 5.R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.

  6. Shodiyeva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.



Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun namuna ekanligi. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoli­yatida va ular bum bo‘ladigan muomalada ta’sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqa' bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini b:lishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bo­lalaming xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlari- dan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodliligi, o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati bilan o‘qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog - tar­biyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo’lishi zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog - tarbiya­chining obro‘sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bi­lan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo‘la oladi. Boiaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog - tarbiyachi bo‘la olmaydi.
Bolalami sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. 0‘qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam ma’naviy murabbiy bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasawur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoli­yatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.

  1. Tarbiyachi nutqiga qo‘yilgan pedagogik talablar. Tarbiya­chi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, katta- laming mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kam- tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuv­chanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnat- sevarlik, kattalarning mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlami tarbiyalaydi.

Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalami ma’lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalami tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi natijalarga crishadi.
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi, quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kerakli bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladi- gan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oladi­gan kishi bo‘lishi kerak.

  2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ulaming xulqi, xatti-hara- kati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vositalami topa olishi kerak.

  3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta’lim berishda texnikaviy vositalar­dan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalami yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalani?hi kerak.

  4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ulaming diqqatini jalb qilib, faolligini o‘stirish, jolalaming xulqini, xatti-haraka- tini haqqoniy baholay olishi kerak.

  5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallami oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak.

  6. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.

  7. Bolalaming ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga olishi lozim.

  8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashib turishi kerak.

  9. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa, tinch- lantira olishi kerak.

  10. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.

Eng muhimi, tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ulaming mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.



Download 0,68 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   189




Download 0,68 Mb.