|
O`quv-uslubiy majmua namangan 2022-2023 y Annotatsiya
|
bet | 138/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуа2-topshiriq. FSMU texnologiyasi asosida Tarbiyachi nutqining takomillashtirilishi ustida ishlash zarurligi nimada ekanini tushuntiring.
F – fikringizni bayon eting
S – fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U – fikringizni umumlashtiring
|
Foydalanilgan adabiyotlar
F.R.Qodirova R.M.Qodirova. “Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. – T., 2010.
D.R.Babayeva. Nutq o’stirish metodikasi. – T.,2019
Jo‘rayev K va boshqalar. Kichkintoylar nutqini o‘stirish. –T.:“O‘qituvchi”, 1988.
Shodiyeva K. Maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish. –T.: “O‘qituvchi”, 1995.
R.Qodirova. Maktabgacha yoshdagi rusiyzabon bolalarni o’zbekcha so’zlashga o’rgatish. T.,1997.
Shodiyeva Q. Nutq o’stirish uslubiyoti. T.: “O‘qituvchi”, 2008.
Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi. 0‘qituvchi - tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o‘zi chuqur bilimga ega bo‘lishi kerak.
Bolalarning nutq madaniyati pedagogning (va boshqa kattalarning) nutq madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Doimo kichkintoylaming diqqat-e’tibori markazida turadigan va ular bilan muloqot qiladigan tarbiyachining nutqi bolalar ona tili, nutq madaniyati namunalarini oladigan asosiy manba hisoblanadi, shuning uchun u nafaqat to‘g‘ri so‘zlashi, ona tilining barcha tovushlarini aniq va tushunarli qilib talaffuz etishi, balki u muayyan balandlikdagi ovozda bosiqlik bilan so‘zlashi, uning nutqi intonatsion jihatdan ifodali, grammatik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan, ravon, tushunish uchun oson bo‘lishi hamda so‘z bilan belgilash to‘g‘ri va aniq amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyachining ifodalilik vositalaridan foydalangan holda o‘qigan hikoyasi bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularda qayg‘urish, so‘z kuchini his qilish, uring mazmunini anchagacha yodda saqlab qolish imko- nini beradi; agarda aynan shu hikoya tez va qumq ohangda his-haya- jonlarsiz o‘qib berilsa, u faqatgina badiiy asarga nisbatan zerikish va befarqlikni shakllantiradi.
Pedagog o‘z nutqiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishi va unda kamchiliklar borligini sezsa, ulami darhol bartaraf etishga intilmog'i lozim.
Biroq o‘z nutqining kamchiligini aniqlash har doim ham oson kech- maydi, chunki muloqot jarayonida so‘zlovchining diqqat-e’tibori eng avvalo nutqning shakliga emas (qay tarzda aytish), balki uning mazmuniga (nimani aytish) qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘z nutqiga nisbatan beparvolik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ayrim kamchiliklar tilga qattiq o‘mashib qolishi va keyinchalik so‘zlovchi uni sezmay qolishi mumkin. Masalan, nutqning shoshqaloqligi, tushunarsizligi, bir ohang- daligi (monotonligi), ovozning kuchliligi, ayrim tovushlar, so‘zlarni noaniq talaffuz qilish kabi nuqsonlar sezilmasdan qoladi.
0‘z nutqining nomukammalliklari haqida bilish uchun pedagog o‘z o‘rtoqlarining mulohazalariga quloq tutishi darkor. Ochiq darslarni videokassetaga yozib olish va uni keyin muhokama qilish maqsad- ga muvofiqdir. Shunda tarbiyachi nutqini tovush, leksik vositalardan foydalanish, grammatik jihatdan rasmiylashtirish nuqtayi nazaridan tahlil qilish mumkin bo‘ladi.
Ayni paytda shuni hisobga olish lozimki nutqni yozib olish chog‘ida tarbiyachining o‘zini-o‘zini nazorat qilishi evaziga nutq sifati yaxshilanadi. Shuning uchun nutqda aniqlangan kamchiliklarga tarbiyachining o‘zi va uning o‘rtoqlari diqqat-e’tibor bilan yondashishlari zarur.
Nutqda aniqlangan kamchilik(nomukammalliklar)lami (yomon diksiya, leksik-grammatik rasmiylashtirishdagi xatoliklar va h.k.) tarbiyachi maxsus daftarga qayd etadi, so‘ngra reja ishlab chiqadi va kamchiliklami bartaraf etishga doir ishlami tashkil qiladi.
0‘z tarbiyalanuvchilarida ana shunday kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish uchun pedagog o‘z nutqiga nisbatan qanday talablami qo‘yishi zarur?
Bolalar aniq va tushunarli so‘zlaydigan, iboralar, so‘zlar va har bir tovushni alohida-alohida aniq talaffuz etayotgan, ya’ni yaxshi diksi- yaga ega bo‘lgan pedagog yordamida ona tilidagi tovushlami muvaf- faqiyatli ravishda o‘zlashtiradilar. Ko‘pincha pedagoglaming talaf- fuzi biroz noaniq va tushunamz bo‘ladi, ular tovushlar va so‘zlami og‘izni yetarli darajada ochmasdan talaffuz qiladilar, ayrim tovushlar yutib yuboriladi, undoshlar tushunarsiz talaffuz etiladi.
Pedagog talaffuzning adabiy me’yorlariga rioya qilishi, o‘z nutqida turli shevalar, mahalliy so‘zlashuvlar ta’sirini bartaraf etishi, so‘zlarda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yishi lozim.
Nutqda hissiyotlar, fikrlaming eng nozik qirralarini ham ifodalash mumkin. Bunga nafaqat tegishli so‘zlar yordamida, balki ifodalilikning intonatsion vositalari, ovoz kuchi, sur’ati, mantiqiy urg‘usi, pauza, ritm, tembr, ohangdan to‘g‘ri foydalanish tufayli erishiladi. Ushbu vositalardan foydalanilganda tarbiyachi tomonidan bolalarga o‘qib berilgan she’rlar, ertaklar, hikoyalar ulaming mazmunini yaxshi tushunish, ona tilining qudrati va go‘zalligini his qilish imkonini beradi.
Bir xil ohangdagi nutq kichik tinglovchilami toliqtirib qo‘yadi, matn mazmuniga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi. Bolalar bunday nutqni tinglash davomida tez toliqib qoladilar, boshqa tomonlarga qaraydilar, chalg‘iy boshlaydilar, keyinroq esa umuman tinglamay qo‘yadilar.
Tovush apparati uch bo‘limdan iborat: generator, energetik, rezonator.
Tovushning hosil boTishi:
Bu tovush kuchi bilan bog‘liq (nutq apparati organlari bilan bog‘liq).
Tovush jarangdorligi (tovush jarangdorligini turli masofalarga yuborib baland pastligini o‘zgartirish).
Tovushning egiluvchanligi va harakatchanligi (tovushni o‘zgartira olishi, tovushning baland-pastligi).
Diapazon-tovushning hajmi (chegarasi eng baland va eng pastki ton bilan belgidir).
Tembr-tovushning yaqinligi, yumshoqligi, silliqligi, xususiy- ligi. Tovush apparatining charchashi, tovushda bo Mgr n nuq- sonlar va buzilishlar orqali yuzaga keladi. ;
Chunki pedagog 50 foiz ish vaqtida oddiy so‘zlasuishdan yuqoriroq-balandroq tonda gapiradi. Shuning uchun ish jsdvalini tuzishda rahbariyat 3-4 soat ichida tarbiyachi charchab, 1 soa ichida tovush tiklanishini hisobga olishi kerak. Tajribali o‘qituvchi 2 soatda charchaydi va у ana 2 soat dam olingach tovush yangitdan tikianadi.
Monoton nutq tovush apparatini charchatadi. Changdan o‘zini saqlash va sovuq havoda yurmaslik kerak.
Diksiya - so‘zlarni, tovushlami, bo‘g‘inlami unli va undosh tovushlami (harflami) aniq va ravon talaffuz etilishidir. Nutqda organik va noorganik kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Diksiyani takomillashtirish Monoton nutq bilan bog‘liq. Nutqdagi kamchiliklami to‘g‘irlash uchun ifodali o‘qish bo‘yicha adabiyot qo‘llanmalaridan foydalanish mumkin.
Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.
Tarbiyachining nutqi emotsional toTiq, intonatsiyalarga boy, yetarli darajada baland va tezligi bir maromda bo‘lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlami noto‘g‘ri talaffuz etib boMmaganidck, nutqning shoshqaloqligiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Agarda nutq biroz ohista sur’atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur’at nutqnmg aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo‘ljallangan ertaklar, hikoyalar, she’rlami badiiy so‘z ustalari odatda, og‘zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur’atda o'qiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qabul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni eslab qolish oson kechadi.
Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham qamrab olmaydi. Badiiy asarlami o‘qishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu chog‘da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur.
Ovoz - bu tarbiyachining kasbiy qurolidir, u mazkur quroldan to‘g‘ri foydalanishi va uni zo‘riqishdan asrashi lozim. Ovozdan noto‘g‘ri foydalanishni masalan, uning haddan tashqari balandlatishda (guruhda, maydonda shovqin bo'lganida) ko‘rish mumkin.
Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni talab qilsa, bu ovozni baqirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas.
Ovozni e’iroz kuchaytirishda nutq sur’atini pasaytirish va so‘zlami yanada aniqroq talaffuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo‘Isa, uni balandlashguncha mashq qildirish va maxsus mashqlar bilan mustahkamlash zarur. Ovozning yoqimsizligini (xirrilash, chiyillash) ham bartaraf etisii mumkin.
Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilishni, balki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrof-olam haqidagi o‘z kuzatishlarini bayon qilish, o‘z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarishni ham o‘rganadilar.
Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shaklda yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi.
Tarbiyachi o‘z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o‘z nutqini tushunarsiz so‘zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib yubormasligi lozim.
Bolalar nutqni agarda, u qisqa iboralardan iborat bo'lsagina yaxshi qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatik jihatdan juda murakkab tuzilgan iboralami qo‘llashda bolalarga uning qismlari o‘rtasida aloqa bog‘lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tushunish qiyin kechadi.
Faqat oddiy gaplami qo‘llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniq- sa, bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gaplami keng qo‘llash juda muhimdir.
Bolalarga hikoya qilib berishda (o‘tkazilgan ekskursiya, tabiat haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya’ni barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalami tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalami ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko‘p so‘zlash, ortiqcha iboralami qo‘llash tarbiyachining nutqini og‘ir, tushunish uchun qiyin qilib qo‘yadi.
Murakkab so‘zlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalaming pedagogning fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo‘ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi.
Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng awalo, so‘zlardan to‘g‘ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug‘at zaxirasi boy, u doimo yangi so‘zlar bilan boyib boradi; muoma- ladan chiqqan so‘zlar yo‘qolib ketadi.
Tarbiyachining lug‘atidagi kamchiiiklar sifatida so‘zlami kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo‘llash (Sevaraxon, qo‘lchalaringni yuv; Samatjon, stakanchalami yig‘ishtirib qo‘y va h.k.), nutqni ortiqcha so‘zlar bilan to‘ldirib yuborish (Xo‘sh, aytish mumkinki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga xuddi go‘daklar kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi holatlarini keltirish mumkin.
So‘zlar va so‘zli iboralami to‘g‘ri tanlash tarbiyachi nutqining aniqligi, tushunarliligi va ifodaliligini ta’minlaydi.
Yangi so‘zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo‘lish zarur. Bir tomondan, bolalaming yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so‘zlami tanlash, ikkinchi tomondan, doimiy ravishda yangi so‘zlami muomalaga kiritish, mavjud so‘zlardan foydalanishni kengaytirish va ulaming ma’nosini tushuntirib berish lozim. Pedagogning hikoyasi to‘liq, chiroyli, so‘zlari aniqtanlab olingan, grammatik jihatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilgan va ifodali bo‘lishi, uning alohida qismlari o‘rtasida mantiqiy aloqa o‘matilgan bo‘lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, mctaforalar, tashbehlardan, xalq og‘zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeo- logik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim.
Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osu- da, doimo bosiq, xushmuomala bo‘lishi shart.
Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
ona tilidagi barcha tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilish, nutqdagi mavjud kamchiliklami bartaraf etish;
aniq, tushunarli nutqqa, ya’ni yaxshi diksiyaga ega bo‘lish;
o‘z nutqida adabiy talaffuzlardan foydalanish, ya’ni orfoepik qoidalarga rioya qilish;
ifodalilikning intonatsion vositalaridan bildirilgan fikrlami hisobga olgan holda to‘g‘ri foydalanishga intilish;
bolalar bilan muloqotda biroz sekinlashtirilgan sur ’ atda, ovozni sal pasaytirgan holda nutq so‘zlash;
matnlar mazmunini so‘zlar va grammatik tuzilmalardan foy- dalangan holda ravon hamda imkonli shaklda hikoya qilish va bolalarga yetkazish;
bolalar va xodimlar bilan suhbatda ovozni balandlatish va qo‘pol muomalaga yo‘l qo‘ymaslik.
Ta’lim muassasasi tarbiyachisi uchun namunali nutqqa ega bo‘lish uning kasbiy tayyorligi ko‘rsatkichidir. Shuning uchun o‘z nutqini takomillashtirish haqida qayg‘urish bo‘lajak pedagogning axloqiy va ijtimoiy burchidir. U o‘zida keyinehalik bolalarga beradigan nutqiy ko‘nikmalami mukammal rivojlantirishi shart.
Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi, uning nutqi quyidagi xususiyatlami o‘zida aks ettira olishi kerak.
nutqning to‘g‘riligi;
nutqning aniqligi;
nutqning ifodaliligi;
nutqning sofligi;
nutqning ravonligi;
nutqning boyligi.
Bolalar bilan muloqotda tarbiyachi bolalaming yosh xususiyatla- rini inobatga olgan holda ona tilining leksik boyligini keng qo‘llashi: tushunish mumkin va o‘zlashtirish oson bo‘lgan so‘zlami tanlashi, ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlami qo‘llash, qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy so‘zlashuv tili va shevalar- dan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan qochish lozim. Tarbiyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalik ko‘p so‘zlami o‘zlashtirib olishlari mumkin.
|
| |