Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot




Download 0,68 Mb.
bet14/189
Sana06.06.2024
Hajmi0,68 Mb.
#260946
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189
Bog'liq
болалар нутқини ўстириш мажмуа

6. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli
Kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli
vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni
jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiyolamdagio’zarobog’liqliknio’zlashtiradi.
Muloqotningushbushaklivujudgakelishivarivojlanishiko’pjihatdanbolalarkattalarningo’zaromunosabatlari, jamiyatda o’zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o’yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog’liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayri hoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o’zaro bir-birini tushunish va hamdard bo’lishilariga intiladi. Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish,
o’zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o’ziga va tengdosh sheriklariga bo’lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-birishda (o’yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga
intilishacha barqaror bo’lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o’yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko’maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. Yoshi ulg’aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo’ladi. Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarlio’yinlar o’ylab topadi», «Yaxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» vah.k.).
Etti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasasida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo’lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O’yin guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o’rtacha soni ikki-uch kishiga yetadi, ba’zan, ayniqsa, o’g’il bolalarda 8-9 kishidan iborat o’yin guruhlari vujudga keladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko’nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o’rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o’z mazmuniga ko’ra yanada takomillashib boradi. Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do’stona munosabatlarga bo’lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o’z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo’ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTM sidagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan
do’st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»). Ahloq normalari va qoidalarini o’zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etik o’lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o’z shaxsiga nisbatan qo’llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo’lmasdan mustaqil bo’lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlari murakkablashadi. Bu unga o’zini, o’zining afzalliklari va kamchiliklarini to’liqroq anglab yetish imkonini beradi. O’zi haqidagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan va o’zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ravishda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o’zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o’zini, o’z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo’ladi. Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:
- katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha ko’rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
- o’z yaqinlari bo’lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog’liqlik hissiyotlarini, o’zaro bir-birini tushunish va hamdard bo’lish tuyg’ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg’u, xotirjamlik, g’azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog’lom emas, o’zini yomon his qilayotgan bo’lsa, nimagadir xafa bo’lsa, tashvishga tushgan bo’lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nutqiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;
- kishilarning teatrda, muzeylarda, ko’rgazmalarda, transportda, pochtada, stadionda, do’konda o’zini tutishini ko’rsatuvchi hamda bolalarning axloq va nutqiy muloqotqoidalari, normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olingan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar, ular ishtirokidagi o’yinlar, mashg’ulotlar, bayramlar haqidagi videofilmlarni namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqishni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko’rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish;
- katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo’llab-quvvatlash. Kattalar mehnatiga bo’lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan birgalikdagi mehnat faoliyatiga qo’shilish qobilyatini shakllantirish. Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek o’zining obrazi va o’ziga bo’lgan
Munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layoqatlilik yoki yetuklikka bikompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi.



Download 0,68 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   189




Download 0,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot

Download 0,68 Mb.