|
VI. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI
|
bet | 179/189 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 0,68 Mb. | | #260946 |
Bog'liq болалар нутқини ўстириш мажмуа3.
|
VI. FAN O‘QITILISHINING NATIJALARI
(SHAKLLANADIGAN KOMPETENSIYALAR)
Talaba bilishi kerak:
Bоlalarni nutqini o`stirish nazariyasi va texnоlоgiyalarining nazariy asоslarini , “Ilk qadam” davlat o`quv dasturida bоlalar nutqini o`stirish mazmunini, maktabgacha ta`lim tashkilоtlarida nutqni rivоjlantirishga dоir ishlar tizimini qo`llay оlish imkоniyatiga ega bo`lishni ravоn nutqni rivоjlantirish mazmuni; to`g`risida bilimga ega bo`lishi;(bilim)
Bоlalarni оna tiliga o`rgatishning psixоlingvistik, lingvоdidaktik asоslarini ko`nikmalariga ega bo`lishi, bоlalarda ilk yoshda va maktabgacha yoshda nutqni rivоjlantirishning o`ziga xоsligini, nutqni rivоjlantirish jarayonida bоlalarni faоl so`zlashga o`rgatish metоdlarini o`zining amaliy faоliyatida qo`llay оlishni bilishi, ko`nikma hоsil qilishi;(ko`nikma)
O`qish va nutqning mantiqiy va xis-hayajоnli-оbrazli ifоdasini o`zlashtirishlari, badiiy asarni tahlil qilish va uni ijrо eta оlishni bilish, bоlalarda nutq faоliyatini yo`lga qo`yish malakalariga ega bo`lishi lоzim (malaka)
|
4.
|
VII. Ta`lim texnоlоgiyalari va metоdlari:
ma`ruzalar;
interfaоl keys-stadi;
seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkоr savоl-javоblar);
guruhlarda ishlash;
taqdimоtlarni yaratish;
individual lоyihalar;
jamоa bo`lib ishlash va himоya qilish uchun lоyihalar.
|
5.
|
VIII. KREDITLARNI OLISH UCHUN TALABLAR
Fanga ajratilgan kreditlar talabalarga har bir semestr bo’yicha nazorat turlaridan ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda taqdim etiladi.
Fan bo’yicha talabalar bilimini baholashda oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlari qo’llaniladi. Nazorat turlari bo’yicha baholash: 5 – “a’lo”, 4 – “yaxshi”, 3 – “qoniqarli”, 2 – “qoniqarsiz” baho mezonlarida amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat har semestrda bir marta yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Talabalar semestrlar davomida fanga ajratilgan amaliy (seminar) mashg’ulotlarda muntazam, har bir mavzu bo’yicha baholanib boriladi va o’rtachalanadi. Bunda talabaning amaliy (seminar) mashg’ulot hamda mustaqil ta’lim topshiriqlarini o’z vaqtida, to’laqonli bajarganligi, mashg’ulotlardagi faolligi inobatga olinadi.
SHuningdek, amaliy (seminar) mashg’ulot va mustaqil ta’lim topshiriqlari bo’yicha olgan baholari oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda inobatga olinadi. Bunda har bir oraliq nazorat turi davrida olingan baholar o’rtachasi oraliq nazorat turidan olingan baho bilan qayta o’rtachalanadi.
O’tkazilgan oraliq nazoratlardan olingan baho oraliq nazorat natijasi sifatida qaydnomaga rasmiylashtiriladi.
Yakuniy nazorat turi semestrlar yakunida tasdiqlangan grafik bo’yicha yozma ish shaklida o’tkaziladi.
Oraliq (ON) va yakuniy (YaN) nazorat turlarida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas, deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
|
|
|
| |