• Asosiy adabiyotlar
  • Qo‘shimcha adabiyotlar
  • 6- mavzu: ta’limi mazmuni. Reja
  • Tayanch tushuncha va iboralar
  • O’quv uslubiy majmua




    Download 3,62 Mb.
    bet30/194
    Sana24.05.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #251959
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika

    Nazorat savollar:

    1. Ta’limning asosiy didaktik qonuniyatlarini ifoda etib bering (I.P.Podlasыy bo‘yicha).

    2. Ta’lim tamoyili nimani anglatadi? Misollar keltiring.

    3. Sharq Uyg‘onish davri allomalari – Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino) ilgari surgan ta’limiy qoida va tamoyillarini ta’riflab bering.

    Asosiy adabiyotlar
    1. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.
    2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.
    3. Yuzlikayeva Ye., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.
    4. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., I.Morxova. Teoriya i praktika obщey pedagogiki. – T.: TGPU, 2014.
    Principles of Learning and Teaching. Yeffective pedagogy. P – 12.

    1. Leadership guide.Senior leaders, subject leaders and teachers in secondary schools.

    2. Pedagogy and Practice:Teaching and Learning in Secondary chools . Status: Recommended Date of issue: 09-2004. Ref: DfES 0444-2004 GGuidance.

    Qo‘shimcha adabiyotlar
    1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. “O‘zbekiston”. 2017
    2. Xasanboev J, To‘rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya, 2008 .
    Elektron ta’lim resurslari
    1. www. tdpu. uz
    2. www. pedagog. uz
    3. www. Ziyonet. Uz
    6- mavzu: ta’limi mazmuni.
    Reja
    1/ Ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni.
    2. Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g‘oyalar.
    3.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar.
    4.Davlat ta’lim standarti.
    Tayanch tushuncha va iboralar:
    Insoniylashtirish, standartlashtirish, amaliylashtirish, axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim, ta’lim mazmuni, o‘quv rejasi, tayanch o‘quv rejasi, namunaviy o‘quv rejasi, ishchi o‘quv rejasi, motivatsion vazifa, muvofiqlashtirish, davlat ta’lim standarti, kollej, akademik litsey.
    1-savol bayoni.
    Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularning amaliy ko‘nikma, malakalari va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, ushbu tushuncha negizida shaxsning tanqidiy fikrlashi, yaratishi, borliqda sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘zaro aloqadorlik nuqtai nazaridan baholay olishi ham aks etadi.
    Ta’lim tushunchasi, shuningdek, ajdodlar tomonidan to‘plangan ijtimoiy ahamiyatli tajribalarining avlodlarga doimiy uzatilishini ta’minlovchi tizimli jarayoni ham sanaladi..
    Shaxsni ijtimoiylashtirish uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me’yorlari, bilim hamda qadriyatlar tizimini o‘zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayonidir.
    Ta’lim mazmuni tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar, qarashlar, ishonchlar to‘plami, o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etish natijasida erishilgan amaliy tayyorgarlikning ma’lum darajasi bilan belgilanadi.
    Ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan bilimlar muhim ijtimoiy qadriyat ham sanaladi. U individning ijtimoiylashishi, odamning sotsium (ijtimoiy muhit)ga kirishiga yordam beradi. O‘tgan asrda ta’lim mazmunini siyosiylashtirishga urinishga qaratilgan harakatlarning yuzaga kelganligi uning mazmunini belgilashda ekstensiv yondashish (miqdoriy – sonini ko‘paytirish) yetakchi o‘rin egalladi. Natijada ta’lim mazmuni o‘quv fanlari sonining doimiy ortib borish hisobiga kengaytirildi, ta’lim jarayonida tayyor bilimlarni berish asosida o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratilib, o‘quvchi shaxsini rivojlantirish masalasi o‘z yechimini topmadi.
    So‘nggi yillarda ta’limni insonparvarlashtirish yo‘lida ta’lim mazmunini aniqlashda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuv asosiy o‘rinni egallay boshladi. Bunday yondoshish V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lerner, M.N.Skatkin (Rossiya); M.Ochilova, N.N.Azizxo‘jaeva, N.Sayidahmedov, F.R.Yuzlikaev (O‘zbekiston)larning ishlarida o‘z aksini topdi.
    Masalan, V.V.Kraevskiy, I.Ya.Lernerlar ta’lim mazmuni deganda shaxsni har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar to‘plami, ijodiy faoliyat tajribasi hamda emotsional-irodaviy munosabat tajribasini tushunadilar.
    Demak, shaxsga yo‘naltirilgan yondoshishga muvofiq ta’lim mazmuni mohiyatini aniqlashda asosiy qadriyat bilim emas, balki odamning o‘zi hisoblanadi. Bunday yondoshuv shaxsning ta’lim olish, ma’naviy, madaniy va hayotiy talab-ehtiyojlarini qondirish, rivojlanayotgan shaxsga nisbatan samimiy munosabatida bo‘lishi ta’lim mazmunini erkin tanlash imkonini beradi.
    An’anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta’limning maqsadi insonning jamiyat a’zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi.
    Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida ta’lim jamiyat va davlatning ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e’lon qilindi. Ta’limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
    O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
    - aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma’naviy sog‘lom avlodni tarbiyalash;
    - o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o‘zlashtirilishini ta’minlash;
    - ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi;
    - yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy qadr-qimmat, demokratik o‘zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o‘z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish.
    Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo‘ladi. Ular o‘quv fanlari mazmunida uyg‘unlashtiriladi.
    Yevropa va Sharq, Osiyo va Amerika mamlakatlarida ta’lim turlari tarixiy taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan. Birinchi turi mifologik ta’lim bo‘lib, unda dunyoning mohiyati ertak, afsona, doston, qissa hamda qo‘shiqlar shaklida o‘rganilgan.
    Keyingi tarixiy turi sxolastik ta’lim bo‘lgan. Uning mohiyatiga ko‘ra ta’limda matn madaniyati va yer, osmon haqidagi bilimlar so‘z bilan ifodalanib, xotira va irodani mashq qildirish asosida yosh avlodga inson mavjudligi va u tomonidan tashkil etiladigan faoliyat mazmuni haqida bilimlar berilgan, savodxonlik va nutq madaniyatiga o‘rgatilgan.
    Ta’limning uchinchi tarixiy turi - ma’rifatparvarlik bo‘lib, u dunyoviy bilimlar yaratilgan davrda yuzaga kelgan. XX asrdan boshlab esa turli ta’lim paradigma (model)lari, turlari va ko‘rinishlarining rivojlanish jarayoni kuzatildi.
    Bugungi kunda asoslariga ko‘ra ta’limning quyidagi turlari, ko‘rinishlari mavjud:

    • ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishi turi va sifatiga ko‘ra (biologik, matematik, fizik, iqtisodiy, filologik ta’lim va shu kabi);

    • ustuvor mazmunga ko‘ra (nazariy va amaliy, gumanitar va boshqalar);

    • ijtimoiy faoliyatlarni egallashi turi va mahoratiga ko‘ra (musiqiy, badiiy, texnik, texnologik, pedagogik-tibbiy ta’lim va shu kabilar);

    • madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirishiga ko‘ra (an’naviy ta’lim, badiiy-estetik, diniy ta’lim va boshqalar);

    • kishilik jamiyatining madaniy qadriyatlarni o‘zlashtirish ko‘lamiga ko‘ra (milliy, yevropa, xalqaro, global ta’lim va boshqalar);

    • ta’lim tizimi turiga ko‘ra (universitet, akademik, gimnaziya, litsey ta’limi va boshqalar);

    • ta’lim mazmuni yo‘nalishining ustuvorligiga ko‘ra (formal va moddiy, ilmiy va elementar, gumanitar va tabiiy fanlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy va boshqalar);

    • ta’lim darajasiga ko‘ra (boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim).




    Download 3,62 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




    Download 3,62 Mb.