bozor institutlarini, xo‘jalik yuritish dastaklarini, boshqarish tizimini yaratishga muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko‘rsatkichlari mavjud:
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot);
inflyatsiya darajasi;
davlat byudjeti kamomadi;
ichki qarz darajasi;
tashqi qarz darajasi;
ishsizlik darajasi;
turmush darajasi va sifati;
10. oltin valyuta zaxiralari;
11. xufyona iqtisodiyot faoliyati;
12. ekologik holat.
Ayni vaqtda, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda, tamoyillarni ishlab chiqish va istiqbollarni belgilashni taqozo etmoqda.
XULOSA
Shu bilan birga, tadbirkorlarning milliy qadriyatlarga sadoqatini yanada mustahkamlash bilan bog‘liq serqirra jarayonning iqtisodiy islohotlar samaradorligini yanada oshirish, mulkning xilma-xil shakllari tengligini ta’minlash, ularni rivojlantirish uchun keng i mkoniyatlar yaratish vazifalari bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo‘lishini e’tibordan qochirmaslik lozimligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, o‘zligini anglagan har bir tadbirkor uchun nafaqat mulk va foyda, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, o‘zi tanlagan kasb-hunarlar bilan erkin shug‘ullanishi, halol mehnat qilishga intilishida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ulariga ega bo‘lish nihoyatda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
|