• Oriental Renaissance: Innovative
  • Oriental Renaissance: Innovative, volume 1




    Download 126,5 Kb.
    bet7/10
    Sana24.06.2024
    Hajmi126,5 Kb.
    #265376
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    marketing-imkoniyatlarining-firma-muvaffaqiyatidagi-orni

    VOLUME 1 | ISSUE 4

    educational, natural and social sciences

    ISSN 2181-1784

    Scientific Journal Impact Factor

    SJIF 2021: 5.423

    ravishda bo‘lib, bozor mexanizmlari, xo‘jalik sub’ektlarining erkin faoliyat yuritishi uchun qulay iqtisodiy muhit yaratilishiga imkon berishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, davlat xo‘jalik tizimining raqobatbardoshligini oshirish, biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantiradi1.


    Davlatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyati quydagilarni o‘z ichiga oladi:





    1. mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi va davlatning barqaroroligiga xavf tug‘diruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish;




    1. ushbu omillarning zararlari, salbiy ta’siriga barham berish yoki yumshatishga qaratilgan iqtisodiy siyosatni shakllantirish va institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish.

    Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazilalarini amalga oshirish uchun soliqqa tartish va yig‘imlar yo li bilan davlat budjeti resurslari tashkil etiladi va davlat sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat iqtisodiyotini rivojlantirishdir.


    Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat, balki xavflardan holi bo‘lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son jihatdan ham belgilashi talab etiladi. Demak, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir chegara doirasida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun ko‘rsatkichlarning o‘zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. Shu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini normal taraqqiy etishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi jarayonlarning shakllanishiga olib keladi. Iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy ko‘rsatkichlari bo‘yicha milliy manfaatlarni ta’minlash maqsadida ko‘rsatkichlarning eng quyi yoki yuqori chegaralari aniqlanadi.


    Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va ularning o‘zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi.


    Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun yo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi





    1. Abulqosimov X.P. Iqisodiy xavfsizlik.-T.:Darslik. Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.

    Toshkent-2019.77-bet.


    512



    May 2021 www.oriens.uz

    Oriental Renaissance: Innovative,


    Download 126,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 126,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oriental Renaissance: Innovative, volume 1

    Download 126,5 Kb.