|
O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash
|
bet | 4/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 108,52 Kb. | | #233169 |
Bog'liq ”Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasiI. UMUMIY KISM
1.1. Urug`lik paxtani terish, tayyorlash va saqlash.
Urug`lik paxtani terish, tayyorlash va saqlashni ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida olib borish urug`lik chigit sifatini oshirishning bosh omilidir. Urug`lik uchun ekilgan paxta maydonlaridagi barcha tadbirlar sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan urug`lik chigit olishdan iborat.
Urug`lik paxtani terish ham o’zining xususiyatlariga ega. G`o’za ko’sagining yarus bo’ylab ochilishi uni yig`ib-terib olishni ancha qiyinlashtiradi. O’rug`lik paxtaning sifati ko’saklarning tupda joylanishiga, zararkunanda va kasalliklar bilan zararlanishiga bogliq. G`o’za tupining o’rta va pastki qismida, ikkinchi va qisman uchinchi konusda joylashgan ko’saklar eng qimmatlidir. Bu ko’saklardan sifatli urug`lik chigiti olinishi mumkin. Urug`lik paxtani terish va uni toshpirish standart talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sifatli urug`lik olish uchun faqat sog`lom va normal ochilgan ko’sakdagi paxta terib olinadi. Urug`lik chigitning sifatiga g`o’zaning zararkunanda va kasalliklari salbiy ta`sir ko’rsatadi.
Urug`likka ajratilgan paxta faqat qo’lda terib olinadi. Buning uchun har bir terimchiga ikkita-uchta cho’ntakli maxsus etaklar beriladi. CHo’ntaklarning biriga normal, yaxshi ochilgan boshqasiga esa rivojlanmagan, kasallangan va zararlangan ko’saklardagi paxta terib olinadi.
Urug`lik paxtani sifatli yig`ishtirib olish uchun paxta terish me`yori asosiy mahsulot uchun teriladigan paxta me`yoridan 20-25% ga kamaytiriladi.
Urug`lik paxta qo’lda bir-ikki marta terib olinadi. G`o’zada 3-5 ta ko’sak to’liq etilib yaxshi ochilganda birinchi marta teriladi. Paxta faqat to’liq ochilgan ko’saklardan teriladi. CHala ochilgan ko’saklardan namligi yuqori va pishmagan paxtani terish man qilinadi. Paxtani ikkinchi marta ham go’za tupida pishgan, yaxshi ochilgan 3-5 ta ko’sak borligida teriladi. Qo’lda terilgan urug`lik paxtada shikastlangan chigitlar 0,5% dan oshmasligi lozim. Urug`lik paxtani terib olishni 10-15 oktyabrgacha tugallash kerak.
Urug`lik paxtani tayyorlov punktlarga jo’natilguncha brigada xirmonlarida to’gri saqlash chigitning sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi. Asosiy urug`lik paxtani rivojlanmagan, kasallik va zararkunandalar bilan zararlangan paxtalardan alohida saqlanadi. Ular tayyorlov punktlarida saqlashdan ilgari bir-ikki sutka davomida brigada xirmonlarida oftobda quritiladi. Bu esa urug`ning sifatini yaxshilaydi, uning unuvchanligini oshiradi.
Ikkinchi reproduktsiya ekilgan maydonlardan urug`lik paxtani mashina bilan terib olishga ruxsat etiladi. Mashina terimiga g`o’za barglarining defoliatsiyadan keyin kamida 80% i to’kilganda va ko’saklarning o’rtacha 70-75% i ochilganda kirishiladi. Urug`lik paxtani mashinada terishdan oldin rivojlanmagan, zararkunanda va kasallik bilan zararlangan paxta hamda ko’saklar qo’lda terib olinadi.
Mashinada terilgan urug`lik paxtadan shikastlangan chigitlar miqdori 1% dan oshmasligi kerak.
Elita va birinchi reproduktsiya urug`lar tayyorlov punktiga yangi qoplarda tortilib jo’natiladi. Bunda har bir qop ichiga navi, reproduktsiyasi va etishtirilgan joy ko’rsatilgan yorliq solib qo’yiladi va qop ustiga ham shu mazmundagi yorliq yopishtiriladi. Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan ko’saklardan terilgan paxta tayyorlov punktiga alohida tovar sifatida topshiriladi. Tayyorlov punktlarida urug`lik paxtani paxta maydonlaridagi aprobatsiya natijalariga muvofiq qabul qilinadi.
Urug`lik paxtaning tolasi tashqi ko’rinishi va tolaning uzilish kuchiga ko’ra paxtani qabul qilish va komplektlash standart talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tayyorlov punktlarda urug`lik paxta namligi va ifloslanganligi chegaralangan me`yordan ziyod bo’lganda qabul qilinmaydi.
Rivojlanmagan hamda zararkunanda va kasalliklar bilan zararlangan paxtalar aralashgan urug`lik paxta tozalash uchun xo’jaliklarga qaytariladi.
Urug`lik paxta 250-300 tonnali toy kilib joylanadi.
Bir xil urug`lik material olish uchun sentyabr oyida terilgan urug`lik paxta oktyabr oyida terilgan urug`lik paxtadan alohida partiya qilib joylashtiriladi. Sentyabrda terilgan paxtani partiya qilib joylashtirish 15-20 kundan, oktyabrda terilgan paxtani esa partiya qilib joylashtirish 10-15 kundan oshmasligi lozim.
Urug`lik paxtani qabul qilishda paxta tozalash zavodining urug`lik laboratoriyasi har bir xo’jalikning topshirgan paxtasidan chigitning pishganligi va unuvchanligini tekshirish maqsadida namunalar oladi. Namunalar urug`lik paxtaning massasiga qarab har bir partiyadan yoki uning ma`lum qismidan olinishi mumkin. Elita urug`larning har 15, birinchi reproduktsiya urug`larining har 30, ikkinchi reproduktsiya urug`larning har 60, uchinchi va undan keyingi reproduktsiyalarning har 150 tonnasidan namuna olinadi.
Paxtaning elita urug`lari xo’jaliklardan qabul qilib olingan qoplarda saqlanadi. Sifati har xil bo’lgan urug`lik paxta aralashib ketmasligi uchun ular alohida omborlarda saqlanadi. Birinchi reproduktsiya urug`larining massasi 200 t dan ortiq bo’l-sa, ular ochiq maydonlarda bunt qilinib yangi brezent yopilib saqlanadi.
Urug`lik paxta saqlanadigan har bir omborda yoki buntda joylashtirilgan urug`lik paxtaning partiyasi va massasi, navi, sanoat sorti, reproduktsiyasi, nav tozaligi, dala aprobatsiya guruhi, ombor yoki bunt raqami, komplektlashning boshlanishi va oxiri, qo’l yoki mashina terimi, tovarshunosning familiyasi yozilgan pasport o’rnatiladi.
Urug`lik paxtani saqlash davrida har 10 kunda uning harorati o’lchab turiladi. Agar urug`lik paxta saqlanayotgan buntning 3 metr chuqurligida harorat 30S dan ortiq bo’lsa, bunday paxta shamollatiladi. Urug`lik paxta tayyorlov punktidan paxta tozalash zavodlariga maxsus idishlarda tashiladi.
|
| |