O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash




Download 108,52 Kb.
bet5/7
Sana14.05.2024
Hajmi108,52 Kb.
#233169
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
”Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi

II. ASOSIY KISM




2.1. Paxta zavodlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlar sxemalari.
Paxta tozalash zavodlarida dastlabki ishlanadigan chigitli paxta tolasining xususiyatlariga qarab u ikki gruppaga – o’rta tolali va ingichka tolalilarga bo’linganligi uchun uni qayta ishlash texnologik jarayon sxemasi ham bir-biridan farq qiladi.
arrali jin o’rnatilgan zavod texnologik jarayonining sxemasi keltirilgan. Bu sxema bo’yicha chigitli paxta jinlash jarayonigacha uch xil variantda qayta ishlanadi:
birinchi variant. Mashinada terilgan, namligi 14% dan yuqori chigitli paxtaning I-IV sortlari sxemaga kiritilgan mashinalarning hammasidan o’tkaziladi;
ikkinchi variant. Mashinada terilgan, namligi 14% dan kam chigitli paxtaning I-IV sortlari va qo’lda terilgan chigitli paxtaning III, IV sortlari tayyorlash punktida o’rnatilgan texnologik mashinalardan o’tkazilmaydi;
uchinchi variant qo’lda terilgan chigitli paxtaning I va II sortlari yirik xas-cho’plardan tozalaydigan mashinalarning ikkinchi batareyasidan o’tkazilmaydi.
Jinlash jarayonida chiqarilayotgan tolalarning hammasi maxsus tola tozalash mashinalarida oxirgi marta tozalanib, gidravlik presslarda toylanib sim yoki lentalar bilan bog`lanadi,
Texnik chigitlar II, III va IV tip lint olish uchun uch martali linterlanadi va har bir tip lint alohida presslanib toy shakliga keltiriladi. Urug`lik chigitlar ikkinchi linterlashdan keyin urug`lik chigitni ishlaydigan mahsus tsexga yuboriladi, u erda saralanadi, tuksizlantiriladi va maxsus kimyoviy dorilar bilan ishlanib, zararsizlantiriladi.
Tolali chiqindilarning hammasi maxsus tsexga yuborilib, iflosliklardan tozalanadi, regeneratsion mashinalarda ishlab, yigirish uchun yaraydigan tolalar ajratib olingach presslab, toy shakliga keltiriladi.
valikli jinlar o’rnatilgan zavodning texnologik jarayoni sxemasi keltirilgan. Bunday zavodlarda ingichka tolali paxtaning hamma sortlari ishlanadi. Bu sxemada ham chigitli paxtani jinlash jarayonigacha qayta ishlashda yuqorida berilgan uch variant ko’zda tutilgan bo’lib faqatgina paxtani mayda iflosliklardan tozalaydigan 6A-12M markali mashina o’rniga OXB-YUM markali mashina o’rnatilgan.

Download 108,52 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 108,52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash

Download 108,52 Kb.