|
Urug`lik paxtani qayta ishlash texnologiyasi
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 108,52 Kb. | | #233169 |
Bog'liq ”Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi2.2. Urug`lik paxtani qayta ishlash texnologiyasi.
Paxta tozalash zavodlarida urug`lik paxtani dastlabki qayta islilash texnologiyasi umumiy paxta xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi bilan bir xil. Faqat urug`lik chigitning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida texnologik uskunalarning ishlash rejimi boshqacha tanlanadi. Uskunalarning ish unumdorligi 25-30% kamaytiriladi.
Urug`lik paxtani ishlab chiqarishga qo’yishdan oldin PTZ tsexlarida shu selektsiyaga kiradigan I yoki II sanoat navli texnik paxta ishlab chiqarishga beriladi va ishlash paytida barcha uskunalar, yordamchi vositalarning ishlash rejimi tekshirilib sozlanadi.
Texnologik jarayonni sozlashda nazorat parametrlari bo’lib, chigitning mexanikaviy shikastlanishi, tolasining to’liq ajralishi, tukdorligi va iflosligi hisoblanadi.
2.3-jadvalda har bir texnologik jarayon operatsiyasi uchun ruxsat etilgan me`yoriy nazorat parametrlari berilgan.
Agar boshqa selektsion navli urug`lik paxtani ishlab chiqarishga beriladigan bo’lsa, u holda oldingidek, oldin shu selektsiya navi tegishli I yoki II sanoat nav texnik paxta o’tkaziladi, keyin urug`lik paxtani ishlab chiqara boshlaydi.
Urug`lik paxtani dastlabki qayta ishlashni korxona qoshidagi «Urug`lik laboratoriyasi» bilan kelishgan holda kamida bir kun oldin tayyorlangan «Ishlab chiqarish topshirig`i» hujjat asosida amalga oshiriladi. Hujjatning bitta nusxasi «Urug`lik laboratoriyasi»da saqlanadi.
Urug`lik paxtani ishlab chiqarishga qo’yishdan oldin hamma tsexlar, xonalar, texnologik uskunalar, yordamchi vositalar, paxtaning uzatishda foydalanadigan transport qurilmalari texnik paxta, chigitlar va iflosliklardan paxta to’lig`i bilan tozalangan bo’lishi kerak. Keyin tayyorgarlik natijasi to’g`risida zavod va urug`lik laboratoriyasi vakillari birgalikda akt tuzishadi.
2.2-jadval
T/r
|
Texnologik
jarayonlari
|
CHigit iflosligi,%
|
CHigit tukdorligi
|
CHigit ustidagi qoldiq tola
|
CHigitning mexanikaviy shikastlanishi
|
o’rta tolali navlar uchun
|
uzun tolali navlar uchun
|
o’rta tolali navlar uchun
|
uzun tolali navlar uchun
|
o’rta tolali navlar uchun
|
uzun tolali navlar uchun
|
1.
|
Paxtani quritishda
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
0,4
|
0,4
|
2.
|
Paxtani tozalashda
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
1,1
|
1,1
|
3.
|
Tolasini ajratishda
|
-
|
11,5+1,4
|
4,0+6,0
|
-
|
-
|
0,7
|
1,5
|
4.
|
Momig`ini ajratishda: I marta
|
-
|
-
|
3,0+4,0
|
-
|
0,4
|
1,0
|
1,0
|
II marta
|
-
|
9,0
|
-
|
0,8
|
-
|
0,8
|
-
|
5.
|
CHigitni tozalash, saralash va dorilashda
|
0,5
|
9,0
|
3,0+4,0
|
0,8
|
0,4
|
0,5
|
0,5
|
6.
|
CHigitning tukini olish va saralash
|
0,3
|
0,5
|
-
|
-
|
-
|
2,0
|
-
|
Urug`lik paxtani ishlab chiqarish boshlangandan keyin zavodning 10-15 minut davomida chiqargan chigit miqdori texnik chigit hisobiga o’tkaziladi. Har bir to’da (partiya) urug`lik paxtani ishlab chiqarish tugagandan keyin yoki boshqa seleksion turini ishlab chiqarishga beriladigan bo’lsa, unda texnologik uskunalar, yordamchi tashish vositalari qaytadan tozalanadi. Lekin zavodning dastlabki 10-15 minut ishlash davomida olingan chigit texnik chigit emas, urug`lik chigit hisoblanadi va oldingi shu selektsiya navi bo’yicha olingan urug`lik chigit to’dasiga qo’shiladi.
|
| |