• Kurs ishi bahosi: (maksimal ball – 5 ball) _______________________ Komissiya raisi: _________ ________________________
  • _________ ________________________ (f.i.sh.)
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. KIRISH
  • O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash




    Download 108,52 Kb.
    bet3/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi108,52 Kb.
    #233169
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ”Qishloq xo‘jalik mahsulotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi

    Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar: ____________________________________________
    ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


    Kurs ishi bahosi: (maksimal ball – 5 ball) _______________________
    Komissiya raisi: _________ ________________________
    (f.i.sh.)


    Komissiya a’zolari: _________ ________________________
    (f.i.sh.
    _________ ________________________
    (f.i.sh.)


    «_____»___________2024 yil.


    REJA:


    Kirish
    I. Umumiy qism.
    1.1. Urug`lik paxtani terish, tayyorlash va saqlash.
    II. Asosiy qism.
    2.1. Paxta zavodlarida qo’llaniladigan texnologik jarayonlar sxemalari.
    2.2. Urug`lik paxtani qayta ishlash texnologiyasi.
    2.3. Ikki batareyali paxta tozalash zavodini tozalash samaradorligini xisoblash.
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


    KIRISH
    Paxta sanoati samaradorligini oshirish, sanoatni sifatli xom-ashyo mahsulotlari bilan ta`minlanishini yaxshilash hamda uning uzluksizligiga imkoniyat yaratish hozirgi davrning eng mas`uliyatli masalasidir. Ma`lumki, paxta yilning muayyan mavsumida asosan sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida tayyorlanadi. Paxta tozalash zavodlari shu uch oy davomida bir mavsum tayyorlangan paxtaning taxminan 20 % ini dastlabki qayta ishlay oladi. Uning qolgan qismini uzoq vaqt saqlashga to’g`ri keladi.
    Paxta tozalash zavodlari yuqori mexanizatsiyalashtirilgan va qisman, avtomatlashtirilgan korxonalar qatoriga kiradi. Har bir zavod tarkibiga paxta tayyorlash punktlari, quritish-tozalash tsexi, chigitdan tolani va lintni ajratadigan liniyalar, tola va lintni presslash, urug`lik chigitga ishlov berish mashinalari kompleksi o’rnatilgan bo’limlar bor. Bu mashinalar kompleksi hamda mahsulot sifatini aniqlaydigan va nazorat qiladigan laboratoriyalar tayyor mahsulotning sifat ko’rsatgichlarini yuqori bo’lishini ta`minlaydi.
    Respublikamiz rivojlanishining strategik yunalishlaridan biri, paxta xom-ashyosini eksport kilish emas, balki undan tayyor maxsulotlar ishlab chikarish va jaxon bozoriga sotishdan iborat. Agar bunga tulik erishilsa, paxtachilikdan olingan yillik valyuta tushumlari xozirgiga nisbatan 6 – 7 baravar oshishi mumkin.
    Paxta etishtirish bilan shugullangan mamlakatlarning xalkaro mikyosda obro’si oshib borgan. SHuning uchun xam xalklar nafakat paxta etishtirish bilan, balki uning yangi-yangn navlarini yaratish bilan xam shugullanganlar. Xozirgi vaktda duneda 35 xil (tur) da paxta mavjud bo’lib, shulardan asosan 4 xili sanoat mikyosida keng tarkalgandir. Bular gossipium xirzutum (urta tolali go’za), gossipium barbadenze (ingichka tolali go’za), gossipium. arboreum (daraxtsimon go’za) va gossipium xirbatseum (o’tsimon go’za) kabilardir. Uzbekistonda esa mavjud paxta xillarinng asosan ikkitasi (urta tolali va ingichka tolaln go’zalar) ekiladi va ular sanoat mikyosida joriy etilgan. Bu ikki tur uchun Urta Osiyo, Janubiy Kozogiston va Kavkaz orti respublikalarida xam etarli sharoit mavjuddir.
    Paxta eng arzon va keng tarqalgan xom ashyo bulib, xar yili butun dunyoda tayyorlanadigan barcha to’qimachilik tolalarining yarmini paxta tolasi tashkil qiladi. Paxtani qayta ishlab (tozalab), tola 30—40%, chigit 60—70% va momiq olinadi. CHigit tarkibida esa 24—29% moy bo’ladi. G`o’za bargi, poyasi va po’stlog`idan 100 dan ortiq, paxta tolasidan 50 ga yaqin, chigitdan 45 dan ortiq mahsulot tayyorlanadi. Paxta mahsulotlaridan sanoatning ko’pgina tarmoklarida to’qimachilik, aviatsiya, kimyo, avtomobil va boshka sohalarda keng foydalaniladi.
    Bir tonna chigitli paxtadan 340—350 kg tola, 550—570 kg chigit, 50—120 kg momiq chiqadi. Bir kilogramm toladan 5 metr gazlama yoki 140 g`altak ip ishlab chiqariladi. Bir gektar erda etishtirilgan paxtadan (hosildorlik o’rtacha 30 ts bo’lganda) 7—8,5 ming metr gazlama, 277 kg paxta moyi, 726 kg kunjara, 47 kg sovun, 108 kg momiq, 240 kg chigit va boshqa mahsulotlar olinadi.
    CHigitli paxtani saklash va dastlabki kayta ishlash jarayonlari shuni kursatdiki, paxtani saklash ishlab chikarish talablariga tulik javob bermaydi, chigit va tola sifatiga salbiy ta`sir kursatadi. SHu bilan birga xom ashyoni saklashga tayyorlaydigan va ta`minlaydigan ishonchli texnologiya bugungi kunda mavjud emas. Paxtani kabul kilish, garamlash va paxtani saklashning zamonoviy texnologiyasida uni navini, namligi va ilosligini aniklab, partiyalar komplektlanib namlik va iflosliklari asosida garam va omborlarga uzatiladi.



    Download 108,52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 108,52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'rta tolali paxlalar uchun tts dagi buo uskunalari majmuasi tozalash samaradorligini hisoblash

    Download 108,52 Kb.