15.
Barcha hojatxona sochiqlar almashtiriladi.
16.
Nihoyat pol artiladi.
17.
Hammom va mehmon xonasi oxirgi tekshiruvdan o‘tkaziladi
5-ilova
Akvarium metodi
Ta’rifi:
5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo‘ylab o‘tiradilar. Ular
– «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o‘tiradilar
(yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».
Ichki doira a’zolari («baliqlar») o‘qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama
qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama
qilayotgan biron o‘quvchining fikri ularni qiziqtirib
qolganda jarayonga
kirishadilar: qo‘shimcha qiladilar,
savol beradilar, aniqlashtiradilar. Shunda
«baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so‘ng
ishtirokchilar
joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo‘ylab
o‘tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Afzalliklari:
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni
(masalani) hal qilish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon
yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo‘shilish va undan chiqib ketishga imkon
beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi.
Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.