Qo’rg’oshindan zaharlanish




Download 1.07 Mb.
bet95/100
Sana01.04.2017
Hajmi1.07 Mb.
#2808
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Qo’rg’oshindan zaharlanish. Ichi qo’rg’oshinlangan idishlarda uzoq muddat saqlangan har xil qiyomlar, marinadlar, tuzlangan mahsulotlar, mevalarni iste'mol qilish natijasida qo’rg’oshindan za-harlanish kelib chiqadi. Qo’rg’oshin organizmga oz miqdorda tushsa ham, unda saqlanib qolish xususiyatiga ega. Suyaklarda to’planadi. To’planish davri deyarli beziyon o’tadi. Biroq ayrim hollarda (char-chash, och qolish, spirtli ichimliklar ichish, kislotalar ichib qo’yishda, yuqumli kasalliklar bilan og’rishda) qo’rg’oshin tuzlari erib, qonga o’tadi va zaharh ta'sir ko’rsatadi. Qo’rg’oshin organizmga 0,2—0,25 mg dan ortiq miqdorda tushganda surunkah kasalliklar ro’y berishi mumkin.

96
Qo’rg’oshindan zaharlanish kamqonlik, vaqti-vaqti bilan ichning buzilib turishi va qorinda qattiq og’riq paydo bo’lishi (qo’rg’oshin sanchig’i) bilan kechadi. Qo’rg’oshindan surunkali zaharlanishning o’ziga xos belgisi terining kulrang tusga kirishi — qo’rg’oshin tusi paydo bo’lishidir. Qo’rg’oshin bilan zaharlanishda parezlar, falajliklar va talvasa kabi holatlar ro’y beradi.

Hozirgi vaqtda amaldagi sanitariya qonunchiligiga ko’ra kulolchi-likda eng kam miqdorda (40-60% o’rniga 12%) qo’rg’oshin saqla-gan «filtrlangan» sir qo’llash lozim. Bundan tashqari, tayyor sopol idishlar qo’rg’oshin ajratishiga sinovdan o’tkaziladi, bunda sinala-yotgan idish 4% li sirka kislotasi eritmasida 30 daqiqa mobaynida qaynatilganda eritmaga qo’rg’oshin chiqmasligi kerak.

Qo’rg’oshindan zaharlanishning oldini olishda qalayi sifati us-tidan nazorat qilish katta ahamiyatga ega. Idish sirtidagi sir qo’rg’o-shin bilan qalayi qotishmasidan iborat bo’lib, u oziq-ovqat uchun ishlatiladigan tunuka va mis idishlarga (plitaga qo’yiladigan qog’oz-lar, bachoklar) qoplash, shuningdek, texnologik uskunalar qismlarini zanglashdan saqlash maqsadida qo’llaniladi. Idishlarning ichki yuza-sini sirlash uchun qo’llaniladigan qalayida qo’rg’oshin miqdori sani-tariya me'yori bo’yicha 1% dan oshmasligi kerak. Idishning tashqi choklarini kavsharlash uchun qalayidan qo’rg’oshin miqdori 10% dan ziyod bo’lmasligi shart.



Download 1.07 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Download 1.07 Mb.