• Vitaminlar
  • Suvda eruvchi vitaminlar
  • Yogda eruvchi vitaminlar
  • Oqilona ovqatlanishni tashkil qilish Ratsional (oqilona) ovqatlanish
  • Bolalar va o’smirlar ovqatlanishini tashkil qilish.
  • Ovqatlanish gigiyenasi




    Download 1,07 Mb.
    bet2/100
    Sana01.04.2017
    Hajmi1,07 Mb.
    #2808
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100

    12
    Odamning yoshi, jinsi, faoliyat turlariga ko’ra kunlik energiya sarfi 2700—4500 kkal ni tashkil etadi. Kishilaming kunlik energiya sarfini hisoblab chiqib, muvozanat (balans)ga keltirilgan ovqat ra-tsionlari tuziladi. Ijobiy va manfiy energiya balansi odamning bar-cha hayotiy jarayonlariga ta'sir ko’rsatadi. Energiya miqdorini hisob-lab chiqish uchun oziq moddalarga ehtiyojga qarab bevosita va bil-vosita kalorimetriya usullaridan foydalaniladi.

    Oqsil organizmda, asosan, qurilish materiali (plastik funksiyasi) bo’lib xizmat qiladi. Barcha a'zolar va to’qima hujayralari oqsillar-dan tuzilgan. Mushak tolalari, suyak, qon, limfa, gormonlar, mikrob-lar, antitelolar tarkibiga kiradi. Oqsillar modda va energiya almashi-nuvi jarayonlarini boshqarib turuvchi regulatorlar bo’lib, ichki va tashqi sekretsiya beziari tarkibiga kiradi. Oqsil yetishmaganda vita-minlar yaxshi o’zlashtirilmaydi. Ovqatda oqsil yetishmaganda immu-nitet susayadi, xotira pasayadi, bolalar o’sish va rivojianishdan ortda qoladi. Jigarda yog’ infiltratsiyasi ro’y berib, sirroz boshJanishi mum-kin, ichki sekretsiya bezlari (me'daosti bezi, jinsiy bezlar, qalqonsi-mon bez) faoliyati buziladi.




    Organizmga tushadigan oqsil me'yori ortib ketganda ko’pgina a'zolar va tuzilmalar faoliyatiga yomon ta'sir qiladi. Oqsillar orga-nizmda, asosan, 20 xil aminokislotalarga parchalanadi. Olimlar o’tkazgan tad-qiqotlar natijasida organizmda sintezlan-maydigan, ya'ni almashtirib bo’lmaydigan aminokislotalar soni 9 ta ekanligi ma'lum bo’ldi. Bularga metionin, fenilalanin, triptofan, lizin, leysin, izoleysin, valin, treonin va gistidinlar kiradi. Hayvon mahsulotlari (sut, tuxum, go’sht, baliq) oqsillarida almashtirib bo’lmaydigan ami-nokislotalar juda ko’p bo’ladi.

    13


    Oqsillar organizmga tushadigan ovqat mahsulotlari o’zlashtirilishi hisobiga sin-tezlanadi. Hayot uchun juda zarur bo’l-gan aminokislotalardan hatto bittasi ye-tishmay qolganda oqsil sintezlanishi buzi-ladi. Aminokislotalar yetishmovchiligida kvashiorkor deb nomlanuvchi kasallik ke-lib chiqadi (1- rasm). Bu kasallik ko’k-rakdan ajratilgandan keyin to’yimli ovqat-ga yolchimaydigan 2-3 yashar bolalarda
    ham uchraydi. Bu bolalar juda ozib ketadi, jigar kattalashib, teri va soch pigmentatsiyasi buziladi, yuzi va oyoqlari shishadi, ruhiy holati izdan chiqadi.
    Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.
    Organizmga tushib turadigan va sarflanadigan oqsil bir-biriga teng bolsa, azot muvozanati yuzaga keladi, bu esa orga-nizm uchun juda muhimdir.

    Ovqat ratsionidagi oqsil me'yori kisriilarning mehnat faoliyatiga, yoshiga, jinsiga qarab, 18—54 yashar erkaklar uchun — 82—118 g, ayollar uchun 70—82 g gacha belgilangan. Ammo bolalar va o’s-mirlar, keksa kishilar, sportchilar uchun, emizikli va homilador ayollar uchun oqsillarning alohida me'yorlari ishlab chiqilgan.



    Yogiar. Bir asosli yog’ kislotalari, glitserin va organik moddalar-ning murakkab efirlari bo’lib, to’ymgan va to’yinmagan y0g’ kislo-talari, fosfatidlar, xolesterin va yog’da eriydigan A, E kabi vitamin-lardan tarkib topadi. Yog’lar organizmda qurilish va boshqa hayot jarayonlarida ishtirok etadi. Organizmda issiqlikni idora etib, ichki a'zolarni lat yeyishidan va silkinishdan saqlab turadi, yog’ biologik faol moddalarni, fosfatidlar, stearinlar, vitaminlar va ba'zi moddalar-ni organizmga yetkazib turadi. Kunhk ovqat ratsionining 30% gacha energetik qiymati yog’lar hisobiga qoplanadi. Ovqat ratsionida yog’ miqdori kamayganda markaziy asab tizimida o’zgarishlar yuzaga keladi, immunitet pasayib, ko’rish qobiliyati susayadi. To'yinmagan yog’ kislotalari yetishmasligi natijasida teri quruqlashib po’st tashlay-di. Ultrabinafsha nurlariga sezgirlik oshadi, kapillarlar yorilib gema-turiya yuzaga keladi.

    Insonning yoshi, jinsi, mehnat faoliyati turi, iqlim sharoitlariga qarab, ovqat ratsionidagi kunlik yog’larga bo’lgan ehtiyoji o’rtacha 70—120 grammni tashkil qiladi. o’simliklar va hayvonlardan olinadi-gan oziq-ovqat mahsulotlari yog’ manbalari bo’lib xizmat qiladi.



    Lipoidlar: fosfolipidlar va xolestrin organizmda muhim rol o’ynaydi. Fosfolipidlar xolestrinni parchalab organizmdan chiqib ketishiga zamin yaratadi va shu bilan aterosklerozning oldini olish-da, eritrotsidlarning yetilishida, asab tizimi faoliyatini muvofiqlash-tirishda katta rol o’ynaydi. Xolestrin yog’ kislotalari, jinsiy gormon-lar, buyrakusti bezi gormonlari va vitamin D hosil bo’Iishida muhim rol o’ynaydi. Odamning fosfatidlarga bo’lgan kunlik ehtiyoji 6—7 g ni tashkil etadi.

    Uglevodlar. Tabiiy oziq-ovqat mahsulotlarida uglevodlar mono-, di- va polisaxaridlar ko’rmishida bo’lib, fiziologik ahamiyati va bi-ologik qiymati asosan ularning energetik xossalari bilan belgilanadi. Kunlik ovqat ratsioni oziqlik qiymatining yarmi uglevodlarga to’g’ri keladi. Organizmning uglevodlarga bo’lgan talabi o’simlik manbalari

    14
    hisobiga qoplanadi. Uglevodlarning parchalanishi og’iz bo’shlig’ida boshlanib, me'da-ichakda yana polisaxaridlargacha parchalanadi, uglevodlar jigar va mushak to’qimalarida glukogen tarzida to’planib, zarur bo’lganda organizm ehtiyojiga sarflanadi. Uglevodlar almashi-nuvida fermentlar faol ishtirok etadi. Organizmda oksidlanish jara-yonlari yuqori darajada bo’lmasa, uglevodlar osongina yog’larga ay-lanadi va teriosti yog’ qatlamlarida va ichki organlar atrofida to’p-lanib boradi.

    Agar oksidlanish jarayonlari tezroq davom etadigan bo’lsa, ug-levodlarning asosiy qismi oxirgi mahsulotlarga aylanadi. Kletchatka, kraxmal, pektin, glukogenlar murakkab uglevodlar, ya'ni polisaxarid-larga mansub bo’lib, suvda yomon eriydi.

    Kraxmal (nem. kraftmehl) - oʻsimlikning asosiy uglevod zahirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g . Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. K.ni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi.
    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.
    Kraxmal asosan g’alla mahsulotlari, kartoshka, dukkaklilar tarkibida ko’p bo’ladi va umu-miy uglevodlar mlqdorining 80% ga yaqinini tashkil qiladi.

    Qondagi qand miqdori 0,8—1,2 g/1 atrofida bo’ladi. Organizm juda ko’p kuch sarflaganda qondagi qand miqdori kamayib gipo-glikemiya kuzatiladi. Bunda odamning boshi aylanib, yuragi o’ynay-di, ter bosadi, miya to’qimasi qandga yolchimay qolganda nevrotik sindrom boshlanishi mumkin. Agar ko’p miqdorda qandga boy ovqat iste'mol qilinsa alimentar giperglikemiya yuzaga keladi. Oshqozon osti bezi faoliyati izdan chiqqanda jigardagi ortiqcha glukogen par-chalanib, qonda qand miqdori oshib ketadi (qandli diabet). Non va makaron mahsulotlari, yormalar, kartoshka, qand, qandolat mahsu-lotlari uglevodlarning asosiy manbayi hisoblanadi.

    Mineral moddalar. Odam tana massasining 3—4% ni mineral moddalar tashkil qiladi. Ular Ca, P, Mg kabi makroelementlar, yod, rux, mis, ftor kabi mikroelementlarga bo’linadi. Mikrounsurlardan Al, Ti, F, Ni kabilar miqdori yoshga qarab ortib boradi. Insonning mineral moddalarga bo’lgan ehtiyoji turlichadir. Ba'zi mineral mod-dalar ayrim ovqat mahsulotlari tarkibida organizmga elektromusbat (kationlar), boshqalari elektromanfiy (anionlar) yo’nalishda ta'sir ko’rsatadi. Ishqoriy ta'sir ko’rsatuvchi mineral unsurlarga (kationlar-ga) kalsiy, magniy, natriy va kaliylar kiradi.

    Magniy (Magnesium), Mg - Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element; ishkoriy - yer metallarga kiradi. Tartib rakami 12, atom massasi 24,305. Tabiiy Magniy 3 ta barqaror izotopdan iborat.
    Natriy (arab, natrun, yun. nitron - tabiiy soda; lot. natrium), Na - Mendeleyev davriy sistemasining 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor.
    Bunday elementlarga boy, ishqoriy ta'sir ko’rsatuvchi oziq mahsulotlariga sut, sut mahsu-lotlari, meva-sabzavotlar kiradi.

    Kalsiy suyak tayanch to'qimalarining asosini tashkil qiladi, ular-ning takomillashishida ishtirok etadi. 100 g pishloq yoki 0,5 litr sut katta odamning kalsiyga boigan bir kunlik ehtiyojini qondiradi. Magniy (Mg) asab tizimi qo’zg’alishini muvozanatlashda, qon tomirlarini kengaytirish, o’t pufagini qisqartirishlarda faol ishtirok etadi.



    15
    Go’sht, tuxum sarig’i, baliq, pishloq, no’xat, loviya kabi mah-sulotlar fosforga juda boy bo’ladi. Fosfor va kalsiy tishlar va skelet suyaklari tarkibiga kiradi va ularga zarur mustahkamlik beradi.
    Fosfor (yun. phosphoros - yoruglik tashuvchi, phos - yoruglik va phoro - tashiyman, lot. Phosphorus), P - Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376.
    Orga-nizmda Ca va P tuzlarining eng yaxshi nisbati 1:1,5 yoki 1:2 nisbat-da bo’ladi. Kaliy (K) organizmda bufer tuzilma (sistema)ning hosil bo’hshida, suyuqlikni haydashda, natriy (Na) hujayra membranala-rida ion almashinuvida ishtirok etadi.

    Temir qon yaratish, suyaklanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko’r-satadi. Marganes esa ichki sekretsiya bezlari faoliyatini yaxshilash-ga, organizmning o’sishiga ta'sir qiladi. Ftor tish emal tuzilishida ishtirok etadi. Uning yetishmasligi tishlar kariyesiga, me'yoridan ortib ketishi fluroz kasalligining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Yod tanqisligi esa qalqonsimon bezning kattalashuviga, endemik buqoq paydo bo’lishiga zamin yaratadi. Bunga sabab yod yetish-masligi oqibatida qalqonsimon bezda tiroksin gormonining kam ishlab chiqilishidir.

    Mineral moddalarning asosiy manbayi hayvon (go’sht, baliq, tu-xum, pishloq, jigar), o’simlik (dukkaklilar, qo’ziqorin, kartoshka, is-maloq) mahsulotlari hisloblanadi.

    Vitaminlar quyi molekulali kimyoviy birikmalar bo’lib, organizm-da deyarli sintezlanmaydi va organizmning o’sishi, rivojlanishi uchun juda muhim (1- jadval).

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
    Modda almashinuvi jarayonida kechadigan reaksiyalarni tezlashtixuvchi katalizator rolini o’ynaydi. Vitaminlar suvda eriydigan va yog’da eriydigan vitaminlarga ajratiladi.

    Suvda eruvchi vitaminlar

    Askorbinat kislota (C vitamini) chilonjiyda, na'matak, qora smo-rodina, karam, sitrus mevalarda ko’p bo’ladi. Bu vitamin organizm-ning yuqumli kasalliklarga chidamini oshiradi, yaralarning bitishida, oksidlanish-qaytarilish jarayonini kuchaytirishda, nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. Ushbu vitarninning yetishmasligi ish qobiliya-tining pasayishi, organizm reaktivligining susayishi, immunitetning ka-mayishi va ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo’ladi.

    C avitaminozi — singa kasalligida qo’l-oyoqlarda, bo’g’imlarda, teri ostida nuqtasimon qon quyilishlar, teri va shilliq pardalarga yara toshishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi kuzatiladi.



    Vitamin P (bioflavonoidlar) vitamin C bilan birga kapillarlar o’tkazuvchanligini pasaytirib, qarshiligini oshiradi. To’qimalarda kislorod almashinuvini yaxshilab oksidlanish jarayonlarini tezlashti-radi. Vitamin P olcha, qora uzum, qora chetan, anor, olma, choy, otquloq, nok tarkibida ko’p bo’ladi.

    16
























    Vitamin B6 (piridoksin) jigarda aminokislotalar almashinuvida, glukogenning fosforlanishida, asab tizimiga, trofik innervalsiyaga ijo-biy ta'sir qiladi. Vitamin B6 ga boy mahsulotlarga mol go’shti, jigar, bahq, tuxum, loviya kabilar kiradi.

    Vitamin B12 (siankobalamin) eritrotsitlarning yetilishini kuchayti-radi, anemiya — kamqonlikning oldini olishda aminokislotalar hosil bo’lishini faollashtiradi, laktatsiyaga, jinsiy bezlarga, organizmni o’sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Vitamin B12ga boy mahsulotlarga mol go’shti, jigar, buyrak, baliq va boshqa ovqat mahsulotlari kiradi.

    Vitamin PP (nikotinamid) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida qatnashib uglevodlar, xolesterin almashinuvini me'yorlashtiradi, hazm faohyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

    Vitamin PP bug’doy non, pivo achitqilari, loviya, baliq, mol va qo’y go’shti kabi ovqat mahsulotlarida ko’p bo’ladi.



    Yog'da eruvchi vitaminlar

    Vitamin A (retinol) uglevodlar almashinuviga, ko’ruv pigmentlari hosil bo’lishiga, suyak to’qimasi shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi. U yetishmaganda shabko’rlik, giperkeratoz kuzatiladi. Vitamin A baliq moyida, konservalar, tuxum sarig’i, qaymoq, sabzavot barglari-da va boshqa ovqat mahsulotlarida bo’ladi.
    Qaymoq - sut mahsuloti. Sut separatori ixtiro qilinguncha sutni 10- 12 soat davomida past haroratda maxsus idishlar (mas, Oʻzbekistonda sopol tovoq)da tindirib olingan. Tarkibida yogʻliligiga qarab 59,6-81,8% suv, 2,4-3,4% oqsil, 2,7-4,2% laktoza, 0,3-0,6% mineral moddalar bor.


    Vitamin D (kalsiferol) oqsillar sintezida, kalsiy va fosforning so’rilishi jarayonlarida, o’sishni kuchaytirishda faol ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi paydo bo’ladi. Vita-min D treska balig’i jigarida, mol jigarida, sariyog’, baliq moyi kabi mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi.

    Vitamin E (tokoferol) oqsillar, yog’lar, uglevodlar almashinuvini tezlashtiradi. Yurak mushaklari va jinsiy bezlar faoliyatini kuchayti-radi. Ushbu vitamin yetishmasligi bolalar jinsiy yetilishining kechi-kishiga sabab bo’ladi. Vitamin E o’simlik moylari, makkajo’xori, lo-viya moyi, sabzavotlar va boshqa ovqat mahsulotlarida uchraydi.

    Vitamin K (fillaxinon) jigarda protrombin sintezini kuchaytirib, qon ivishini, ichki sekretsiya bezlari ta'sirini kuchaytiradi. Vitamin K karam, qovoq, ismaloq, suv o’tlari va boshqa ovqat mahsulotlarida bo’ladi.

    Suv. Suv odam tana vaznining 60—65% ni tashkil etadi. Orga-wzmda modda almashinuvi odatdagicha borishi uchun zarur. Oziq moddalarning endogen oksidlanishi natijasida organizmda 12% gacha suv hosil bo’ladi. Havo harorati mo’tadil bo’lganda teri orqali 300-400 ml gacha, buyraklar orqali esa suv-tuz almashinuvi natijasida ashqi muhit omillari va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab bir kun-

    21
    da 0,5 1 dan 2,5 1 gacha suv ajralib chiqadi. Odamning suvga bo’lgan kunlik ehtiyoji 2500 ml atrofida bo’lib, shundan 1200 ml suv suyuq-lik ko’rinishida, 1000 ml suv ovqat tarkibida iste'mol qilinadi. Suv-tuz almashinuviga mos ravishda ovqat hazm vaqtida me'da-ichak yo’llarida jami 8 litr shira ajralib chiqadi va ko’p qismi qaytadan organizmga so’rilib ketadi.

    Oqilona ovqatlanishni tashkil qilish

    Ratsional (oqilona) ovqatlanish deganda, odatda, biz asosiy oziq moddalari (oqsillar, yog’lar, uglevodlar)ning iste'mol qilinayotgan ovqat tarkibida bir-biriga to’g’ri (1:1:4) nisbatda bo’lishini tushunamiz. Oqilona ovqatlanish, bu — miqdor va sifati jihatdan to’la ozuqaviy qiymatli, bir me'yorga asoslangan, kishilarning yoshi, mehnat va boshqa faoliyat turlarini hisobga olgan holda yuksak ish qobiliyatini, sog’liqni saqlashga imkon yaratadigan to’g’ri ovqatlanish tartibidir.

    Ratsional ovqatlanish uchun, eng awalo, ovqat ratsionida oqsil-lar, yog’lar, ug’evodlar, mineral elementlar, vitaminlar, tuz, suv miq-dori kishilarning yoshi, bo’yi, vazni, kasb-kori, fiziologik holati (masalan, homiladorlik, emizildi davri), sog’lig’i va iqlim sharoitlari-ni hisobga olgan holda me'yorda bo’lishi lozim. Kunlik ovqat ra-tsionining energetik qiymati va to'yimliligi muhim miqdoriy ko’rsat-kich hisoblanadi. Ovqatlanish rejimi, ya'ni tartib maromi bir kunda iste'mol qilinadigan ovqatni kun bo’yicha maqsadga muvofiq to’g’ri taqsimlashni, ovqatlanish vaqtini muayyan soatga mo’ljallab, qat'iy tartib bo’yicha ovqatlanishni ko’zda tutadi. Ovqatlanish tartibi quyi-dagilarni o’z ichiga oladi.



    Nonushta bo’lajak mehnat faoliyati uchun zarur moddalar za-xirasini vujudga keltiradi, unga kunlik ovqat kaloriyasining 20—25% to’g’ri keladi.

    Tushlik ishga kirishilgan, enefgiya sarfi ortganligi uchun kunlik ovqat kaloriyasining 30—35% ni tashkil qiladi. Tolma choy tushlik va kechki ovqat oralig’i uzoq bo’lgani uchun organizmga mador ber-ishga qaratilgan bo’lib, uning miqdori 10—15% ni tashkil qiladi.

    Kechki ovqat oson hazm bo’ladigan va asab tizimini qo’zg’at-maydigan bo’lishi kerak va uyquga yotishdan kamida 2 soat oldin tanovul qilinishi lozim, uning miqdori kunlik kaloriyaning 20—25% ga to’g’ri keladi.

    Oqilona ovqatlanish uchun ovqat ratsionida to’la qiymath oziq moddalar yetarli bo’lishi, ovqat ratsioni miqdor va sifat jihatdan yetarli energetik qiymatga ega bo’lishi, to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish kerak.



    22
    Oziq-ovqat mahsulotlarining yaxshi saqlanishini ta'minlash va ovqatning oson hazm bo’lishiga imkon beradigan sharoitlar (ovqatni xushta'm, xushbo’yligi, ko’rinishi, oshxonaning shinamligi, dastur-xonni did bilan bezash, ovqatning xilma-xilligi) yaratish zarur.

    Oziq-ovqat mahsulotlari mikroskopik zamburug’lar, patogen mikroorganizmlar bilan zararlarrmasligi va ularga zaharii moddalar tushmasligi uchun ishlab chiqarish, saqlash va pishirish yuzasidan sanitariya qoidalariga qafiy amal qilish lozim.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.



    Bolalar va o’smirlar ovqatlanishini tashkil qilish. Bolalar ovqat ratsionida to’la qimmatli oziq va biologik faol moddalar bo’lishi, ularning miqdori bolaning yoshiga mos kelishi lozim. Ratsionidagi oziq moddalarining me'yoridan kam yoki ortiq bo’lishi bolaning jis-moniy va aqliy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Bolalarda mod-da almashinuvining jadal bo’lishi va ko’p quwat sarflanishi tufayli ularning yuqori kaloriyali taomlarga bo’lgan ehtiyoji yuqori bo’ladi. Kichik yoshli bolalar ovqat ratsionida oqsil, yog’ va uglevodlar nis-bati 1:1:3, kattaroq yoshdagilarda esa 1:1:4 bo’hshi, umumiy ovqat salmog’ining ko’proq qismi hayvon mahsulotlaridan iborat bo’lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuniga 5 marta ovqatlantirilib, bunda kunlik kaloriyaning 20—25% nonushtada, 15% ikkinchi nonushtada, 25-30% tushhkda, 15% tolma choyda, 20—25% kechki ovqatda berilishi lozim. Maktab o’quvchilari 4 mahal ovqatlanish-lari, bunda nonushta kunlik kaloriyaning 25% ni, tushlik 30% ni, tol-ma choy 20% ni, kechki ovqat 25% ni tashkil etishi kerak.

    Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi kishilar mehnati esa kam jis-moniy kuchlanish, ammo yuqori ruhiy zo’riqish bilan ta'riflanadi. Bu esa o’z navbatida yurakning ishemik kasalliklariga, gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi) va nevroz xastaliklari rivojlanishiga olib keladi. Bunday guruh kishilari kam harakat bo’lganliklari tufayli cheklangan miqdorda ovqatlar iste'mol qilishlari lozim.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Bu guruh kishilari ovqat ratsionining kunlik energetik qiymati 2400-2500 kkal atrofida bo’lib, bunda oqsil 110-115 g, yog’ 80-90 g, uglevod 300-500 g ni tashkil etishi kerak.

    Keksa — 60 va undan katta yoshdagi kishilarda modda almashi-nuvi jarayoni ancha susayadi. Ularning ovqat ratsioni tarkibida xo-lesterin moddasi ko’p bo’lgan masalliqlar - seryog’ mol va qo’y go shti, tuxum sarig’i, jigar hamda qiyin eriydigan yog’lar miqdori cheklangan bo’lishi zarur. Organizm uchun zarur miqdordagi hayvon oqsillari va yog’lari ko’proq sut mahsulotlari hisobiga to’ldiriladi. Osh tuzi miqdorini ham cheklash, sabzavot va mevalarni xomhg’icha ye-yish tavsiya qilinadi. t.






    Ratsional ovqatlanish kishilar sog’lig’ini mustahkamlash bilan birga bevosita kasalliklarni davolash uchun ham qo’llanishi mum-kin. Buning uchun esa parhezdan foydalaniladi. Parhez — sog’lom kishilar hamda bemorlarga buyuriladigan ovqat ratsionidir. Parhez bilan davolash (diyetoterapiya) ortiqcha semizlikda va ba'zi ka-salliklar (gastrit, enterit, kolit, jigar, buyrak xastaliklari va bosh-qalar)ni profilaktika qilish va davolash maqsadida qo’llaniladi. Parhez bilan davolashda ovqatlanish ratsioni, tartibi va masal-liqlarni pishirishga alohida yondashiladi. Kasallikning tavsifi, be-morning ahvoli va organizmning o’ziga xos xususiyatlariga ovqat-ning miqdori va sifat jihatidan mutanosib bo’lishiga e'tibor be-riladi. Bemorlarga betobligi tufayli biror oziq mahsulotini chek-lab qo’yiladigan hollarda ratsionni oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral moddalar va vitaminlar birmuncha muvofiq keladigan qilib belgilanishi lozim. Kam ovqat yeyiladigan kunlar tayinlash, oson singadigan taomlar hisobiga ovqatlanish tartibini o’zgarti-rish, masalliqlarga maxsus pazandalik ishlovi berish usullaridan parhez bilan davolashda keng foydalaniladi (2-jadval). Semizlik, ateroskleroz, gipertoniya, yurak-tomir kasalliklarida tuz va suyuq-likni kam iste'mol qilish hisobiga ovqat miqdor jihatdan chekla-nadi.

    Qishloq xo’jaligida isWovchuarning energiya sarfi yil bo’yi bir xil bo’lmaydi. Shu sababli ulaming ovqat ratsioni mehnatning og’ir-yengilligiga, yil mavsumiga qarab tashkil qilinadi.

    Ratsional ovqatlanishning tashkil qilinishi, ovqat ratsionida oqsil-lar, yog’lar, uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlarni kishilarning



    25
    yoshi, kasb-koriga qarab belgilangan me'yorlarga mos kelishi, ovqat-lanish bloklarining sanitariya holati ustidan sanitariya shifokori va assistenti tegishli tartibda nazorat olib boradilar.

    *? Nazorat savollari

    m

    1. Ovqatdagi oqsilning ahamiyati va asosiy manbalari.

    2. Iqlim, mehnat sharoitlari va yoshga qarab oqsilga bo’lgan ehtiyoj

    qanday o’zgarib turadi? 3. Ovqatdagi yog’ning kunlik ratsiondagi ahamiyati. 4. Ovqatdagi fosfatidlar va sterinlarning ahamiyati. 5. Kishining yoshi, mehnat, turmush sharoitlariga qarab yog’ga bo’l-

    gan ehtiyoji qanday o’zgarib turadi? 6. Uglevodlar, vitaminlarning organizm uchun ahamiyati. Gipovita-

    minoz va avitaminozlar. 7. Ratsional ovqatlanishda mineral moddalarning ahamiyati. 8. Mikroelementlarning ahamiyati va organizmning ularga bo’lgan

    ehtiyoji. 9. Bolalar va o’smirlar ovqatlanishining alohida xususiyatlari. 10. Profilaktik va parhez ovqatlanishning asosiy tamoyillari nimalar-

    dan iborat?


    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




    Download 1,07 Mb.