Yog'da eruvchi vitaminlar




Download 1.07 Mb.
bet14/100
Sana01.04.2017
Hajmi1.07 Mb.
#2808
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100
Yog'da eruvchi vitaminlar

Vitamin A (retinol) uglevodlar almashinuviga, ko’ruv pigmentlari hosil bo’lishiga, suyak to’qimasi shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi. U yetishmaganda shabko’rlik, giperkeratoz kuzatiladi. Vitamin A baliq moyida, konservalar, tuxum sarig’i, qaymoq, sabzavot barglari-da va boshqa ovqat mahsulotlarida bo’ladi.

Vitamin D (kalsiferol) oqsillar sintezida, kalsiy va fosforning so’rilishi jarayonlarida, o’sishni kuchaytirishda faol ishtirok etadi. Bu vitamin yetishmaganda bolalarda raxit kasalligi paydo bo’ladi. Vita-min D treska balig’i jigarida, mol jigarida, sariyog’, baliq moyi kabi mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi.

Vitamin E (tokoferol) oqsillar, yog’lar, uglevodlar almashinuvini tezlashtiradi. Yurak mushaklari va jinsiy bezlar faoliyatini kuchayti-radi. Ushbu vitamin yetishmasligi bolalar jinsiy yetilishining kechi-kishiga sabab bo’ladi. Vitamin E o’simlik moylari, makkajo’xori, lo-viya moyi, sabzavotlar va boshqa ovqat mahsulotlarida uchraydi.

Vitamin K (fillaxinon) jigarda protrombin sintezini kuchaytirib, qon ivishini, ichki sekretsiya bezlari ta'sirini kuchaytiradi. Vitamin K karam, qovoq, ismaloq, suv o’tlari va boshqa ovqat mahsulotlarida bo’ladi.

Suv. Suv odam tana vaznining 60—65% ni tashkil etadi. Orga-wzmda modda almashinuvi odatdagicha borishi uchun zarur. Oziq moddalarning endogen oksidlanishi natijasida organizmda 12% gacha suv hosil bo’ladi. Havo harorati mo’tadil bo’lganda teri orqali 300-400 ml gacha, buyraklar orqali esa suv-tuz almashinuvi natijasida ashqi muhit omillari va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab bir kun-

21
da 0,5 1 dan 2,5 1 gacha suv ajralib chiqadi. Odamning suvga bo’lgan kunlik ehtiyoji 2500 ml atrofida bo’lib, shundan 1200 ml suv suyuq-lik ko’rinishida, 1000 ml suv ovqat tarkibida iste'mol qilinadi. Suv-tuz almashinuviga mos ravishda ovqat hazm vaqtida me'da-ichak yo’llarida jami 8 litr shira ajralib chiqadi va ko’p qismi qaytadan organizmga so’rilib ketadi.



Download 1.07 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   100




Download 1.07 Mb.