Ovqatlanish gigiyenasi




Download 1.07 Mb.
bet13/100
Sana01.04.2017
Hajmi1.07 Mb.
#2808
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Suvda eruvchi vitaminlar

Askorbinat kislota (C vitamini) chilonjiyda, na'matak, qora smo-rodina, karam, sitrus mevalarda ko’p bo’ladi. Bu vitamin organizm-ning yuqumli kasalliklarga chidamini oshiradi, yaralarning bitishida, oksidlanish-qaytarilish jarayonini kuchaytirishda, nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi. Ushbu vitarninning yetishmasligi ish qobiliya-tining pasayishi, organizm reaktivligining susayishi, immunitetning ka-mayishi va ateroskleroz rivojlanishiga sabab bo’ladi.

C avitaminozi — singa kasalligida qo’l-oyoqlarda, bo’g’imlarda, teri ostida nuqtasimon qon quyilishlar, teri va shilliq pardalarga yara toshishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi kuzatiladi.



Vitamin P (bioflavonoidlar) vitamin C bilan birga kapillarlar o’tkazuvchanligini pasaytirib, qarshiligini oshiradi. To’qimalarda kislorod almashinuvini yaxshilab oksidlanish jarayonlarini tezlashti-radi. Vitamin P olcha, qora uzum, qora chetan, anor, olma, choy, otquloq, nok tarkibida ko’p bo’ladi.

16
























Vitamin B6 (piridoksin) jigarda aminokislotalar almashinuvida, glukogenning fosforlanishida, asab tizimiga, trofik innervalsiyaga ijo-biy ta'sir qiladi. Vitamin B6 ga boy mahsulotlarga mol go’shti, jigar, bahq, tuxum, loviya kabilar kiradi.

Vitamin B12 (siankobalamin) eritrotsitlarning yetilishini kuchayti-radi, anemiya — kamqonlikning oldini olishda aminokislotalar hosil bo’lishini faollashtiradi, laktatsiyaga, jinsiy bezlarga, organizmni o’sishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Vitamin B12ga boy mahsulotlarga mol go’shti, jigar, buyrak, baliq va boshqa ovqat mahsulotlari kiradi.

Vitamin PP (nikotinamid) oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida qatnashib uglevodlar, xolesterin almashinuvini me'yorlashtiradi, hazm faohyatiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi.

Vitamin PP bug’doy non, pivo achitqilari, loviya, baliq, mol va qo’y go’shti kabi ovqat mahsulotlarida ko’p bo’ladi.





Download 1.07 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Download 1.07 Mb.