|
-topshiriq. Matn bo’yicha savol - javob qiling. Uning mazmunini aytib bering.
2-topshiriq
|
bet | 27/70 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #255315 |
Bog'liq O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi1-topshiriq. Matn bo’yicha savol - javob qiling. Uning mazmunini aytib bering.
2-topshiriq. Matnni o’qing va rus tiliga tarjima qiling.
ABDULLA QODIRIY
Abdulla Qodiriy 1894 - yilda Toshkent shahrida dehqon oilasida tug’ildi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida o’qidi. U o’z ijodini 15 yoshlaridan boshladi.
Qodiriy “Mushtum” jurnalining asoschilaridan sanaladi, u mazkur jurnal nashriyotida ancha yil mehnat qildi.
1925 - yilda bosilib chiqqan Qodiriyning “O’tgan kunlar” romani o’zbek adabiyotidagi dastlabki yirik nasriy asarlaridan biridir. Asarda XIX asrning 1-yarmidagi xalqimiz hayoti aks etadi.
1928 - yilda Qodiriyning yangi bir romani “Mehrobdan chayon” nashr etildi. Muallif unda Turkistonning eng so’nggi xonlaridan biri Xudoyorxon davri voqealarini aks ettirdi.
Qodiriyning mazkur asarlari xalqimiz tomonidan hamon sevib o’qib kelinadi. Ular asosida badiiy filmlar suratga olingan. Yoshlarimiz Qodiriyning Anvar, Ra’no, Otabek va Kumush kabi qahramonlariga o’xshashni orzu qilishadi.
Sevimli yozuvchimiz qatag’onga uchrab, 1939 - yilda vafot etgan.
Istiqlol yillarida adib xotirasi yanada e’zoz topdi. Endilikda Toshkent Davlat san’at instituti, metro bekati va boshqa ko’plab muassasalar Qodiriy nomi bilan atalgan.
Topshiriq. Matn yuzasidan savollar tuzib, o’zaro suhbatlashing.
FE’L ZAMONLARI
(Времена глагола)
Категория времени выражает отношение действия к моменту речи.
Глагол в узбекском языке имеет три времени: hozirgi zamon fe’li (настоящее время глагола), kelasi zamon fe’li (будущее время глагола), o’tgan zamon fe’li (прошедщее время глагола).
|
| |