• 1- topshiriq
  • O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)




    Download 0,81 Mb.
    bet54/70
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #255315
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
    Bog'liq
    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi

    ME’MORIY YODGORLIKLAR
    ERGASH GAPLI QO’SHMA GAP


    Topshiriq. Matnni oqing.


    BUXORO

    Buxoro Markaziy Osiyoning ko'hna shaharlaridan biridir. Bu shahar bundan 2300 yil muqaddam Zarafshon vodiysining quyi qismida qad ko'targan. Dastavval daryoning Zarirud nomli quyi tarmog'ining ikki sohili paydo bo'lgan. Qishloqning tevarak-atrofi qadimda nihoyatda xushmanzara edi. Butun vodiy bo'ylab atrofni qoplab yotgan qalin daraxtzor va to'qayzorlarda turli-tuman yovvoyi hayvonlar, hamda ajoyib qushlar bo'lgan. Shuning uchun bu o'lkani «Bug'-oro», ya'ni «Tangri jamoli» deb aytiladi.


    Buxoro tarixiy obidalarga boy. Ismoil Samoniy madrasasi (IX -X- asrlar), Chashmai Ayub maqbarasi (XII- asr), Namozgoh masjidi (XIV -, XVI - asrlar), Ulug’bek madrasasi (1417 - yil), Masjidi Kalon (1514 - yil), Mir Arab madrasasi (1530 - yil), Ko'kaldosh madrasasi (1578 - yil), Sitorai Mohi Xosa saroyi va boshqalar Buxoroning dovrug'ini jahonga taratgan.
    Buxoro O'zbekistonning madaniy va obod shaharlaridan biri bo'lib qoldi.


    1- topshiriq. Buxoro haqida bilganlaringizni aytib bering.
    2- topshiriq. Matnni rus tiliga tarjima qiling.


    ICHANQAL'A

    Ichanqal'a Xiva shahrining ramzidir. Ichanqal'a «ichki qal'a» demakdir. Bu nom shaharning tashqi devori qurilgach qabul qilingan,


    Ichanqal'a maydoni orta asrlardagi Xiva shahri maydoniga to'g'ri keladi. U mustahkam devor bilan o'ralgan. Devorning balandligi 7-8 metrga teng, qalinligi 3-6 metr. Shimoliy darvoza-Bog'cha darvoza deb ataladi va Urganch yo'liga olib chiqadi. Sharqiy darvoza «Polvon darvoza» deb atalib, Amudaryo va Xazoraspga olib chiqadi. Janubiy va G'arbiy «Ota darvozalar» 1920-yillarda nurab ketgani sababli buzib tashlangan.1975- yilda esa qayta o'z holiga keltirilgan.
    Ichanqal'a ichkarisida noyob me'morchilik obidalari va hovli - joylar saqlanib qolgan.
    Ichanqal'a devorlari asosan paxsadan qurilgan. Ba'zi orinlarda xom g'ishtlar ishlatilgan. Arxeologiya tekshiruvlari davomida qal'a devorlari yonida qadimiy Xorazm me'morchiligining qoldiqlari topilgan.
    Bu noyob san'at durdonasi davlat himoyasiga olingan bo'lib, uni ta'mirlash ishlari olib borilyapti.



    Download 0,81 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)

    Download 0,81 Mb.