• HUSH KELDING, NAVRO’Z!
  • O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)




    Download 0,81 Mb.
    bet51/70
    Sana27.05.2024
    Hajmi0,81 Mb.
    #255315
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
    Bog'liq
    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsi

    QOSHMA GAP. BOGLANGAN QOSHMA GAP


    Topshiriq. Matnni o'qing. Matnga savollar tuzing.


    NAVROZ


    Navro'z Yaqin va O'rta sharq xalqlarining yangi yil bayrami sanalib, 21- mart kuni nishonlanadi.
    Bu bayram O'rta Osiyoda islom dini o'rnatilmasidan oldin nishonlangan. Navro'z haqida ko'plab afsona va rivoyatlar, shuningdek, ilmiy asarlar ham mavjud.
    Jumladan, Umar Hayyomning (1048-1132) "Navro'znoma" asarida quyidagilarni o'qiymiz: "Navro'zning joriy qilinishi sababini aytsak, u shundan iboratki, oftobning ikki aylanishi mavjud, ulardan biri quyidagicha: Oftob har yuz oltmish besh kun-u kecha-kunduzning to'rtdan birida Hamal burjining blrinchi daqiqasiga chiqib ketgan paytining o'zida yana qaytib keladi va har yili bu davr kamaya boradi.
    Jamshid bu kunni tushunganidan keyin Navro'z deb atadi va bayram qilishni odatga aylantirdi...
    ...Aytishlaricha, birinchi Ajam podshosi Kayumars podshoh bo'lgandan keyin yilining kunlari va oylariga nom berishga, hamda odamlar bilsin deb yilnoma joriy qilishga qaror qilgan. U tongda oftob Hamal burjining avvalgi daqiqasida kirgan kunni aniqlab, Ajam mubadlarini yig'di va yil hisobini shu paytdan boshlashni buyurdi.
    Mana shunday qadimiy bayram sobiq sho'rolar tuzumi davrida deyarli unutildi. Uni ta'qiqlab ham qo'yishdi.
    Shukurki, istiqlol bu ajoyib bayramni xalqimizga qaytarib berdi. Endilikda u O'zbekistonda bahor, mehr-muruvvat, do'stik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.

    HUSH KELDING, NAVRO’Z!

    Chechaklar barq urib, keldi Navro’zim,


    Don-dunim, osh-nonim ham rizq-u ro’zim,
    Jahonga tik boqqan sen qora ko’zim,
    Hush kelding, Navro’zim, dillarga hamdam,
    Bizning quvonchlardan quvonsin olam…

    Bu yurt o’g’lonlarin mehri butundir,


    Qizlarin yuzlari yal-yal gulgundir,
    O’tli qalblar yurtga ishonch-ustundir,
    Hush kelding, Navro’zim, dillarga hamdam,
    Bizning quvonchlardan quvonsin olam…



    Download 0,81 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




    Download 0,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek tilidan uslubiy qo’llanma (Bakalavriatda rus tilida tahsil oladigan barcha yo’nalishdagi talabalar uchun)

    Download 0,81 Mb.