1-topshiriq. Gapning bosh bo'laklarini aniqlang.
1. Bugun kursdoshlarimiz Samarqandga jo'nab ketishadi. 2. Yurtimizda chiroyli joylar ko'p. 3. Men bahor faslini yoqtiraman. 4. Ikki karra ikki — to'rt. 5. Ko'pni ko'rgan ko'p biladi (maqol). 6. Saodat bo'lgan voqeani kula-kula gapirib berdi.
2- topshiriq. Quyidagi so’zlar ishtirokida gap tuzing va rus tiliga tarjima qiling, aniqlovchilarni belgilang.
Katta, kichik, yaxshi, yomon, oq, qora, ko’k, qizil, keng, tor, baland, hashamatli, go’zal.
3-topshiriq. Maqollarni oqing, yod oling. Hol vazifasidagi so'zlarni toping. Holning turini aniqlang.
1. Yaxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi. 2. O'ynab-gapirsang ham, o'ylab gapir. 3. Yer haydasang, kuz hayda. 4. Ishni ko'p ko'zla, gapni oz so'zla. 5.Ishtaha ovqatlanayotganda keladi.
4- topshiriq. O’rin payt holi qatnashgan 4 ta gap tuzing.
KITOB – BILIM MANBAI
GAPNING UYUSHIQ BO’LAKLARI
Topshiriq. Matnni o'qing. Rus tiliga tarjima qiling.
KITOB – BILIM MANBAI
Kitob eng yaxshi do’stingiz. U sizlarga bilim beradi. Kitobni yaxshi asrasangiz, u faqat uzoq chidashidan tashqari o’rmonlardagi daraxtlar ham tejaladi, chunki qog’oz yog’ochdan tayyorlanadi. Buning uchun esa qanchadan-qancha daraxtlar kesib olinadi. Daraxtlarni saqlab qolish uchun yaroqsiz qog’ozlarni to’playdilar, u qayta ishlangandan keyin kitob chiqarishda foydalaniladi. Shuning uchun qog’ozning bir varag’ini ham isrof qilmaslik kerak.
Topshiriq. She’rni yod oling.
KITOB – OFTOB DEYMAN
-Dil uyini munavvar
Etar bizda nima bor?-
Desalar, kitob, deyman,
Kitob – oftob, deyman.
Kitob – ilmning boshi,
Kitobda yer yo’ldoshi…
Kitobdan aqling unar,
Kitobda ilm-hunar.
Unda olam kezasan,
Hayot gashtin sezasan.
Chiniqasan mehnatda,
Kitobda hikmat katta.
Kitob – mening jon-tanim,
Unda ona-Vatanim,
Saodatim, baxtim bor,
Kitob – do’stim, beg’ubor!
Tolib Yo’ldosh.
Savollar:
Nima uchun kitob – oftob deyiladi? Kitobni yana nimaga o’xshatish mumkin? Kitob haqida qanday topishmoq va maqollarni bilasiz? Quyidagi maqollarning ma’nosini ayting.
Kitob – bilim manbai.
Ilmsiz – bir yashar,
Ilmli – ming yashar.
Olim bo’lsang, olam seniki.
|