O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi




Download 64.96 Kb.
bet2/6
Sana30.03.2023
Hajmi64.96 Kb.
#47574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.-1
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, птм маруза матни, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
Fanning vazifasi talabalarni fanga doir nazariy bilimlar bilan qurollantirish, ularda o‘zbek adabiy tili me’yorlarga mos tarzda nutq yaratish amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish; talabalarni mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Mustaqillik tufayli xalqimiz dunyoga yuz tutdi va jahon bizni tanidi. Biz tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik hamda o’z echimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga kirishdik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog’liq muammolar ham asta-sekin echimini topmoqda.O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir.
“O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustivor yo’nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
O’zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o’rganish ham O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi sohasi uchun nixoyatda muhimdir. O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi hozirgi davr tilshunoslik fanining dolzarb muammolaridan biridir. Shuni qayd qilish kerakki, bugungi kunda O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi kursinining barcha o’quv yurtlarida o’rgatilishi quvonarlidir.
“O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi kursi lingvistik sohalarning barchasi bilan chambarchas aloqador,u tilning turli sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy aloqadordir. Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi sohasi adabiy til doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi, boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi.



Download 64.96 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 64.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi

Download 64.96 Kb.