Oʻzbek tili tarixiga nazar




Download 64.96 Kb.
bet3/6
Sana30.03.2023
Hajmi64.96 Kb.
#47574
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu.-1
buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, птм маруза матни, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
Oʻzbek tili tarixiga nazar
O’zbek tili – turkiy tillarning qarluq guruhiga mansub tillardan; yangi uyg’ur tili bilan birgalikda qarluq-xorazm guruhchasini tashkil etadi.O’zbek tili asosan, O’zbekistonda shuningdek,Afg’oniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston,Turkmaniston,Rossiya, Turkiya,Saudiya Arabistoni, Xitoy,AQSH, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
O’zbek tili qipchoq, o’g’uz,qarluq-chigil-uyg’ur kabi 3 ta til birligi sifatida shakllanib, murakkab dialektal tarkibi bilan ajralib turadi.
Unda 3 ta asosiy lahja bor, bular: 
1) qarluq-chigil-uyg’ur lahjasi;
2) qipchoq lahjasi;
3) o’g’uz lahjasi.
Bu lahjalar tarkibidagi ko’plab shevalar fonetik,leksik va qisman morfologik jihatdan o’zaro farqlansa-da, ularning barchasi ham milliy O’zbek tilining, adabiy o’zbek tilining shakllanishida muayyan darajada ishtirok etgan. O’zbek tilining lahjalari orasida, odatda, qarluq-chigil lahjasi hamda uning tarkibiga kirivchi shevalar (Toshkent, Andijon, Farg’ona,Namangan, Qo’qon, Jizzax,Samarqand, Kattaqo’rg’on, Buxoro, Qarshi, O’sh, Marg’ilon, Jalolobod va boshqa shaharlarning shevalari) o’zbek adabiy tilining tayanch shevalari hisoblanadi. O’zbek adabiy tilining me’yorlarini belgilashdaToshkentshevasi fonetik jihatdan, Farg’ona, Andijon shevalari morfologik jihatdan tayanch shevalar deb olingan.
Turkiy xalqlar uchun mushtarak obida hisoblangan O’rxun-Yenisey tosh bitiklari,O’rta Osiyo turkiy xalqlarining umumiy adabiy tili namunalari bo’lgan “Devonu lug’otit turk”,”Qutadg’u bilig” kabi o’lmas asarlar o’zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklari hisoblanadi.Eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi XIV asr oxirlari va XV asrga to’g’ri keladi.Bu davr adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning hissasi beqiyosdir. O’zbek adabiy tili Lutfiy,Sakkokiy, Navoiy, Bobur ijodi bilan boshlanib, Ogahiy, Furqat, Muqimiylar ijodida rivojlandi, sayqal topdi.
Tabiiyki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hyech narsaga qiyoslab bo‘lmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo‘lmaganidek, til ham tafakkursiz bo‘lmaydi» .
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo‘lishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqichda esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmog‘i, ya’ni fikrlash markazi bo‘lgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga bo‘lgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi - u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi.
Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o‘zaro ijtimoiy munosabat - muomala vositasi, materiali bo‘lib qolaveradi. Til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi.
Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum bo‘lib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til ko‘magida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bo‘lgan munosabatda to‘rtinchi bosqich yuzaga keladi.
Shu o‘rinda akademik V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasi mavjudligini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etish .
Til insonlar o‘rtasida aloqa vositasi bo‘lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o‘tkazish, hissiyotini qo‘zg‘atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo‘lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammallashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu o‘rinda tilning hech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga amin bo‘lamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi. .
Ma’lum bo‘ladiki, til nutqning o‘ta muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, ta’sir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi o‘laroq kishilik jamiyati to‘plagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulug‘vor ijtimoiy vazifani bajaradi.
Aytilganlardan anglashilayaptiki, til va nutq tizimida me’yor ham o‘z o‘rniga ega. Binobarin, til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamoa, jamiyat ehtiyojiga aylangan, me’yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan. Mana shu o‘rinda yuqorida nomlari tilga olingan olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltirish muhim: «Me’yor ta’rifida «jamiyat (ijtimoiy) tomonidan belgilangan, aniqlangan qonuniyatlar va imkoniyatlar» tushunchasi mavjud. Bu tushuncha quyidagi izohlarni talab etadi. Birinchidan, tilning moddiy tomoni haqidagi bizning tasavvurimiz nutqda yuzaga chiqar ekan, uning qanday shakl va ko‘rinishda voqyelanishi jamiyat tomonidan muayyan me’yorlar bilan belgilangan bo‘ladi. Masalan, «bu yoqqa kel» tushunchasini imo-ishora bilan ifodalamoqchi bo‘lsak, ko‘rsatkich barmoqni yoki qo‘lni ishora qilinayotgan kishidan o‘zimiz tomon harakatlantirishimiz lozim. Og‘zaki nutqda esa jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan maxsus tovushlar tizmasi mavjud bo‘lib, biz ularni talaffuz etishimiz - aytishimiz shart. Aytilganlarning barchasi me’yorning tarkibiy qismlaridir. Shunga ko‘ra til imkoniyatlari me’yor darchasidan o‘tib, nutqda yuzaga chiqadi».
Jamiyat taraqqiyoti bilan bab-baravar aholi soni, binobarin, ularning tilga bo‘lgan ehtiyoji ham o‘sib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa o‘z navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini o‘rganishni taqozo qiladi, nutq jarayonidagi iste’molda bo‘lish xususiyatlarini kuzatishni keltirib chiqaradi. Agar mana shu aytilganlarni boshqacharoq tarzda izohlash mumkin bo‘lsa, til va nutq me’yorini o‘rganish, tahlil qilish kuzatuvchilarning asosiy muddaosiga aylanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk iqtisodchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun talablaridan kelib chiqqan holda Toshkent moliya institutida iqtisodchi-bakalavrlarga “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani kiritildi. Bu fanni o‘qitishdan maqsad bakalavrda iqtisodiy nutq asoslarini shakllantirish, iqtisodiy til, iqtisodiy atamashunoslik, iqtisodiy matnlarni yaratishni o’rgatishdan iboratdir. Shunga ko‘ra institut talabalari uchun “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”kursining kiritilishi maqsadga muvofiq ish bo‘ldi.


Download 64.96 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 64.96 Kb.