• mo‘ljallangan.
  • haqida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilanishi yaxshi an’anaga aylangan.
  • Mavzu bo‘yichа sаvоl va topshiriqlar
  • O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi




    Download 64.96 Kb.
    bet4/6
    Sana30.03.2023
    Hajmi64.96 Kb.
    #47574
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-mavzu.-1
    buyuk allomalar, Kompyuterni tashkil etilishi-azkurs.org, птм маруза матни, @uzbgmat Online Test-16, @uzbgmat OnlineTest-5, Delphi String grid, m, cc, yarim-o-tkazgichlarda-termoelektrik-xodisalar, 9 2 O‘tgan va qaytgan nurlardan hosil bo‘lgan interferensiya Nyuton, avtomobillarni-xavfsizlik-xususiyatlarini-sinash-usullari-tahlili, bf05b789e909463d9cfa999803cde4ca, Якуний иш саволлари, Документ Microsoft Word
    Mazkur fan talabalarga muloqot va uning turlari, biznesda samarali muloqot tashkil qilish yo’llari, matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar,ularni tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.

    “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”fani boshqa barcha sohalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bakalavr o‘z mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda iqtisod tili va uslubi, iqtisodiy terminologiya va atamashunoslik, ish yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, o‘z fikrini aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak kasb egalari tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. Bakalavrlar o‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak kasb egalari davlat tili – o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun, dasturda til bilimlariga alohida urg‘u berildi.


    Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lib, bakalavr til bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi.
    Oʻzbek tili  (Oʻzbekcha yoki Turkiy Oʻzbekcha) — Oltoy tillari oilasining turkiy tillar turkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi.
    Davlat tili haqidagi Qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. 1995-yil 21-dekabrda takomillashtirildi.
    Oʻzbek adabiy tili tarixi quyidagi davrlarni oʻz ichiga oladi:
    Miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha boʻlgan davr. Bu davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq ogʻzaki ijodi namunalari, Oʻrxun-Enasoy yodgorliklari (VIVII asrlar) shu tilda yaratilgan.
    XIXIV asrlarda amalda boʻlgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud Qoshgʻariyning „Devonu-lugʻatit-turk“ („Turk tillari devoni“), Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“ („Saodatga yoʻllovchi bilim“), Ahmad Yugnakiyning „Hibatul haqoyiq“ („Haqiqatlar armugʻoni“), Xorazmiyning „Muhabbatnoma“, Rabgʻuziyning „Qissai Rabgʻuziy“ asarlari shu tilda yaratilgan.
    XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo‘llangan til eski o‘zbek adabiy tili deb nomlangan. AtoyiSakkokiySayfi SaroyiLutfiyAlisher NavoiyBoburMashrabTurdiMaxmurGulxaniyMuqimiyFurqatZavqiy va boshqa koʻplab ijodkorlarning asarlari shu tilda yaratilgan.
    XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelayotgan til hozirgi oʻzbek adabiy tili deb ataladi. „Turkiston viloyati gazeti“ nashr qilina boshlagan vaqtdan (1870-yildan) eʼtiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi oʻzbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi.
    Oʻzbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII asrda eski oʻzbek adabiy tili shakllanib boʻldi.
    Eski oʻzbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiyning nomi bilan bogʻliqdir. U eski oʻzbek tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan, bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi „Muhokamat-ul-lugʻatayn“ nomli yirik ilmiy asar ham yozdi va unda oʻzbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini ishonarli misollar bilan isbotlab berdi.
    Ona tilimiz - o'zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas tarixiy voqeaga aylandi. 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdanmusuhkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sanaga bag‘ishlangan tadbirlarda “Davlat tili haqida”gi Qonunning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilanishi yaxshi an’anaga aylangan.
    0‘zbek tili turkiy tillar guruhiga mansub bo‘lib, u mustaqil til sifatida XI asrdan boshlab shakllana boshladi va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi. Xususan, Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, shuningdek, Atoiy, Sakkokiy, Mavlono Lutfiy, Bobur, Alisher Navoiylaming yaratgan boy ilmiy-adabiy meroslarini tilga olish mumkin.
    Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili - davlat tiliga e’tibor kuchaydi va ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1995- yilning 21- dekabrida 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Davlat tili haqida»gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning to‘rtinchi moddasida yozilganidek, « O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili — o‘zbek tilidir» deb yozib qo‘yilgan. 0 ‘zbek tilida to‘ g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi va talaba ona tilidagi so‘z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo harakat qilishi foydalidir. So‘z — fikrning qurolidir, kishi qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo‘ladi.
    Til - millatimiz faxri, g‘ururi. Shunday ekan, ona tilimizga doimo hunnat va e’tiborda boiib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksaltirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot, uning istiqboli nurli va charog‘ondir.
    Mavzu bo‘yichа sаvоl va topshiriqlar:



    Download 64.96 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 64.96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbek tilining sohalarda qo‘llanishi

    Download 64.96 Kb.