VII BOB. Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/191
Sana28.12.2023
Hajmi2,86 Mb.
#128933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari (1)
Мен инф, 2-Mavzu Ayollar yubkasini asos chizmasini modellashtirish. Reja-fayllar.org, LCoosn2XPirS1VZNGeFoG1ckW7q1kz2ArbGvZbDD, 5-sinf, avtomobil yollarini yol poyini qurish, 004 2 kurs dunyo dinlari tarixi. Din va ijtimoiy xayot, report, 2-Tarmoq xavfsizligi Mustaqil ish uz (2), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, 3-ma’ruza ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, ha-muhaz.org, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov., testga raqam (2), Reja Datchiklar va ularning turlari va ularning klassifikatsiya-fayllar.org, 0cd7006c-39a5-4871-9bd8-30cac5a3921d
VII BOB. Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi............... 
294 



7.1. Tarmoq operasion tizimlarining amaliy qo’llanilishi... 
294 
7.2. SIMD sinfidagi hisoblash tizimlari.................................. 
301 
7.3. MIMD sinfidagi hisoblash tizimlari................................ 
314 
7.4. Modulli hisoblash tizimlarining istiqbolli amalga
oshirilishi............................................................................... 
326 
7.5. Zamonaviy superkompyuterlar.............................................. 
330 
VIII BOB. Xulosa............................................................................................... 334 
Foydalanilgan adabiyotlar............................................................ 
336 
Ilova................................................................................................. 
337 



Kirish 
Inson hayotida ketma-ket paydo bo’lgan texnik vositalar, ya’ni telefon, radio, 
televizordan keyingi texnik qurilma kompyuter hisoblanadi. Tugallangan texnik 
obyekt sifatida kompyuter insoniyatning turli xil bilim sohalari mutaxassislarining ish 
mahsuli natijasidir. Hozirgi kunda kompyuter inson faoliyatining barcha sohalarida, 
ya’ni ilm – fanda, boshqaruvda, ta’limda va ishlab chiqarishda katta yordamchi 
hisoblanadi. Agar birinchi kompyuterlar (elektron hisoblash mashinalari - EHM) dan 
asosan olimlar foydalanishgan bo’lsa, hozirda ulardan maktab o’quvchilari va uy 
bekalari ham foydalanishmoqda.
Fan va texnologiyaning rivojlanishi bilan hisoblashni avtomatlashtirish 
vositalari uzluksiz ravishda mukammallashib bordi. Kompyuter texnikasining 
zamonaviy holati ko’p yillik rivojlanishning natijasi hisoblanadi. Mutaxassislarning 
fikricha, 
hozirda 
kompyuterlarning 
oltinchi 
avlodidan 
foydalanilmoqda. 
Kompyuterlarning oltinchi avlodida masalani umumiy parallel yechish usullari, ko’p 
prosessorli kompyuterlardan ko’p yadroli kompyuterlarga o’tish, masofadan o’zaro 
muloqot 
orqali 
tarmoqda 
murakkab 
masalalarni 
yechish 
kabi 
axborot 
texnologiyalarning mahsulotidan foydalaniladi. Kompyuter avtonom, mustaqil ishlov 
beruvchi qurilma sifatida avtomatlashtirilgan tarmoqlar va tizimlarning elementi 
hisoblanadi.
Agar 
alohida 
kompyuter 
– bu alohida foydalanuvchi masalalarini 
avtomatlashtirish va yechish uchun apparat va dasturiy majmua bo’lsa, u holda 
kompyuter tizimi yoki tarmog’i – bu individual va kollektiv foydalanuvchilarning 
masallarini yechish uchun kompyuterlar, tashqi va kommunikasion qurilmalar 
majmuasi hisoblanadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari ikkita muhim ilmiy-texnik 
yo’nalishlar jarayonining rivojlanishi natijasi bo’lib, bu yo’nalishlar: kompyuter va 
telekommunikasion texnologiyalardir. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari o’zining 
dasturiy ta’minoti bilan zamonaviy axborot kommunikasion tizimlarning asosini 
tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda ixtiyoriy tashkilot kompyuterlashtirilgan axborot tarmog’iga ega. 
Bunday tizimlarning murakkabligi, jihozlanganlik darajasi, yechadigan masalalar sinfi, 
boshqarish holatlari va hududiy bo’linganligi tashkilot foydalanuvchilarining sohasiga 
bog’liq bo’ladi. Biroq, bunday tizimlarning asosida axborotni yig’ish, ishlov berish, 
saqlash, aks ettirish va uzatish imkonini beruvchi dasturiy-apparat vositalar 
majmuasidan 
iborat 
axborot 
texnologiyalari 
yotadi. 
Bunday 
turdagi 
avtomatlashtirilgan dasturiy-apparat vositalarning asosini hisoblash tizimlari tashkil 
qiladi. Hisoblash tizimlarining qo’llanilishi ishlov berish jarayonining tezlashishi 
evaziga hisoblash aniqliligi va ishonchliligini oshirish, foydalanuvchilarga servis 
xizmatlarini taqdim etishni asosiy maqsad qilib oladi. 
Ushbu o’quv qo’llanmaning materiallari ko’p yillardan buyon Toshkent axborot 
texnologiyalari 
universitetining 
«Kompyuter tizimlari» kafedrasi professor-
o’qituvchilari tomonidan 5521900 - «Informatika va axborot texnologiyalari», 
5811100 - Servis (sanoat servisi) yo’nalishlarining bakalavriatura talabalariga 
«Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», «Kompyuter tizimlarining arxitekturasi» fanlari 
va 5A521901 – «Kompyuter tizimlari va tarmoqlari», 5A521907 – «Amaliy 



informatika», 5A521909 – «Biotexnik tizimlarning texnik va dasturiy ta’minoti» 
mutaxassisliklaridagi magistratura talabalariga o’qilayotgan «Korporativ tizimlar», 
«Yuqori unumli kompyuter tizimlari», «Kompyuter tizimlarining arxitekturasi» kabi 
fanlarining o’qitish tajribasiga asoslanib tayyorlangan.
Ushbu o’quv qo’llanma 5340100 – Iqtisodiyot (aloqa va axborotlashtirish), 
5340200 – Menejment (aloqa va axborotlashtirish), 5840200 – Pochta xizmati, 
5140900 – Kasb ta’limi (Informatika va axborot texnologiyalari), 5320200 – 
Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik, 5523500 – Axborot xavfsizligi, 5523600 – 
Elektron tijorat, 5522000 – Radiotexnika, 5522100 – Televideniye, radioaloqa va 
radioeshittirish, 5524400 – Mobil aloqa tizimlari, 5522200 – Telekommunikasiya 
yo’nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavriatura talabalariga, bundan tashqari ilmiy-
tadqiqotchilar va professor o’qituvchilar uchun foydadan holi emas.




Download 2,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VII BOB. Kompyuter tarmoqlarning amaliy qo’llanilishi

Download 2,86 Mb.
Pdf ko'rish