• MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura
  • MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi
  • SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/191
    Sana28.12.2023
    Hajmi2,86 Mb.
    #128933
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191
    Bog'liq
    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari (1)
    Мен инф, 2-Mavzu Ayollar yubkasini asos chizmasini modellashtirish. Reja-fayllar.org, LCoosn2XPirS1VZNGeFoG1ckW7q1kz2ArbGvZbDD, 5-sinf, avtomobil yollarini yol poyini qurish, 004 2 kurs dunyo dinlari tarixi. Din va ijtimoiy xayot, report, 2-Tarmoq xavfsizligi Mustaqil ish uz (2), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, 3-ma’ruza ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, ha-muhaz.org, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov., testga raqam (2), Reja Datchiklar va ularning turlari va ularning klassifikatsiya-fayllar.org, 0cd7006c-39a5-4871-9bd8-30cac5a3921d
    SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi vektorli 
    va matrisali ishlov berish strukturalarini yaratish uchun mo’ljallangan. Ushbu 
    arxitekturadagi mashinalar vektor elementlari orqali bitta amalni bir vaqtning o’zida 
    bir nechta ma’lumotlar ustida bajaradi. Bunday turdagi tizimlar odatda bir xil 
    elementlar asosida quriladi, ya’ni tizimga kiruvchi prosessor elementlari bir xil bo’ladi 
    va ularning barchasi bir xil ketma-ketlikdagi buyruqlar bilan boshqariladi. Bunda faqat 
    har bir prosessor o’zining ma’lumotlar oqimiga ishlov beradi. Bunday sxemali 


    11 
    masalalarga matrisali yoki vektorli (massivlar) ishlov berish, chiziqli va chiziqli 
    bo’lmagan, algebraik va defferensial tenglamalarni yechish, maydon nazariyasi va
    boshqa ko’plab masalalar kiradi (1.1,b-rasm). 
    MISD (Multiple Instruction stream/ Single Data stream) arxitektura o’ziga xos 
    prosessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan, ya’ni bunda ishlov berish natijalari 
    zanjir tarzda bir prosessordan boshqa prosessorga uzatiladi. Bunday hisoblashga 
    ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’la oladi. Zamonaviy elektron hisoblash 
    mashinalarida bu qoida parallel ishlovchi tizimda turli xil funksional bloklar 
    tomonidan amallarni bajarish sxemasiga asoslangan. Bunda har bir qism umumiy 
    siklda o’zining vazifasini bajaradi. Bunday turdagi hisoblash tizimlarida konveyerlar 
    prosessorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi (1.1,v-rasm). 
    MIMD (Multiple Instruction stream/ Multiple Data stream) arxitekturasi 
    barcha prosessorlari tizimi xususiy ma’lumotlar oqimi bilan o’zining dasturi bo’yicha 
    ishlashi uchun mo’ljallangan. Oddiy hollarda ular avtonom va mustaqil bo’lishi 
    mumkin, amalda yechiladigan masala hamma uchun bitta. Hisoblash tizimlarida 
    bunday sxemadan foydalanish katta ma’lumotlar oqimiga ishlov berish markazlarining 
    o’tkazuvchanlik xususiyatini oshirish uchun ko’pgina hisoblash markazlarida 
    qo’llaniladi (1.1,g-rasm). Bu tur bir muncha katta bo’lib, o’z ichiga multiprosessorli 
    hisoblash tizimlarini ham oladi. 
     
    1.1-jadval. Flinn klassifikasiyasi
    Ma’lumotlar 
    oqimi 
    Buyruqlar oqimi 
    Bir oqim 
    Ko’p oqim 
    Bir oqim 
    SISD – Single Instruction 
    stream/ Single Data stream 
    (Bitta buyruq oqimi va bitta 
    ma’lumotlar oqimi ) 
    MISD – Multiple Instruction 
    stream/ Single Data stream 
    (Ko’p buyruqlar oqimi va 
    bitta ma’lumotlar oqimi) 
    Ko’p oqim 
    SIMD - Single Instruction 
    stream/ Multiple Data stream
    (Bitta buyruq oqimi va ko’p 
    ma’lumotlar oqimi) 
    MIMD – Multiple Instruction 
    stream/ Multiple Data stream 
    (Ko’p buyruqlar oqimi va 
    ko’p ma’lumotlar oqimi) 
    Flinn klassifikasiyasining sxemasi keng tarqalgan bo’lib, u yoki bu hisoblash 
    tizimlarini dastlabki baholash uchun keng foydalaniladi. U bir vaqtda asosiy ish 
    qoidasini baholash imkonini ham beradi. Ushbu klassifikasiyalar bilan bir qatorda 
    boshqalari ham mavjuddir, faqat ular kam qo’llaniladi. 


    12 

    Download 2,86 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   191




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SIMD (Single Instruction stream/Multiple Data stream) arxitekturasi

    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish