• Tizim elementi
  • Tizim strukturasi
  • Tizim arxitekturasi
  • I BOB. Kompyuter tizimlari va ularning axborot texnologiyalari rivojidagi




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/191
    Sana28.12.2023
    Hajmi2,86 Mb.
    #128933
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
    Bog'liq
    M. M. Musayev kompyuter tizimlari va tarmoqlari (1)
    Мен инф, 2-Mavzu Ayollar yubkasini asos chizmasini modellashtirish. Reja-fayllar.org, LCoosn2XPirS1VZNGeFoG1ckW7q1kz2ArbGvZbDD, 5-sinf, avtomobil yollarini yol poyini qurish, 004 2 kurs dunyo dinlari tarixi. Din va ijtimoiy xayot, report, 2-Tarmoq xavfsizligi Mustaqil ish uz (2), Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u, 3-ma’ruza ma’lumotlarni uzatish va kommutatsiyalash usullari, ha-muhaz.org, Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov., testga raqam (2), Reja Datchiklar va ularning turlari va ularning klassifikatsiya-fayllar.org, 0cd7006c-39a5-4871-9bd8-30cac5a3921d
    I BOB. Kompyuter tizimlari va ularning axborot texnologiyalari rivojidagi 
    roli 
     
    1.1. Hisoblash tizimlari haqida asosiy tushunchalar
     
    Hisoblash tizimi (HT) keng tushuncha bo’lib, ularning tashkiliy asosida bir 
    necha hisoblash mashinalarini yagona ishlov berish tizimiga birlashtirish orqali ishlov 
    berish tezligini boshqarish qoidasi yotadi.
    Tizim so’zining bir nechta asosiy tushunchalarini ko’rib chiqamiz. 
    Tizim (grekcha systema – to’liq bog’lanishli qismlardan iborat) – bu ma’lum 
    to’liqlikni, birlikni tashkil etuvchi bir-biri bilan o’zaro bog’liq elementlar majmuasi 
    hisoblanadi. Tizim xarakteristikasi uchun ko’p qo’llaniladigan bir nechta 
    tushunchalarni keltirib o’tamiz.
    1. Tizim elementi – bu ma’lum funksional vazifaga ega bo’lgan tizimning 
    tashkil etuvchisi. O’z navbatida bir muncha oddiy, o’zaro aloqaga ega elementlardan 
    iborat tizimning murakkab elementlari ko’p hollarda qism tizimlari deb ataladi.
    2. Tizimning tuzilishi – bu xususiy holda turli xil holatdagi elementlarni tizim 
    doirasida cheklashda paydo bo’luvchi ichki tartiblanish, tizim elementlari o’zaro 
    aloqasining kelishuvi.
    3. Tizim strukturasi – bu tizimning asosiy xususiyatini belgilovchi tarkibi, 
    tizim elementlari o’zaro aloqasining tartibi va qoidalari. Agar tizimning alohida 
    elementlari turli xil bosqichlar bo’yicha taqsimlangan bo’lib, elementlarning ichki 
    aloqalari faqat yuqorida turuvchilari pastki darajada turuvchilari va aksincha 
    ko’rinishda tashkil qilingan bo’lsa, bu iyerarxik strukturali tizim bo’ladi.
    4. Tizim arxitekturasi – bu foydalanuvchi uchun muhim hisoblangan tizimning 
    xususiyatlari majmui. Axborot tizimlarida arxitekturaning munosabati – bu kompyuter 
    va dasturiy komponentlarning mantiqiy qurilishi va ular orasida vazifalarning 
    taqsimlanishini bildiradi.
    Hisoblash tizimlarini qurishning turli xil variantlari, tanlanadigan hisoblash 
    elementlarini bog’lash strukturasi va apparat dasturiy vositalarning arxitekturasi 
    yechiladigan masalaga bog’liq bo’ladi. Hisoblash tizimlariga bitta kompyuter yecha 
    olmaydigan masalalar ajratiladi. Bunday masalalarga quyidagilar kiradi:
    - murakkab buyumlarni (avtomobillar, samolyotlar) yoki murakkab konstruksiyalar 
    (bino, ko’priklar) ni loyihalash; 
    - ob-havo bashorati va iqlim va ekologiya o’zgarishini modellashtirish; 
    - masshtabli tabiiy ofatlar (suv toshqini, yer qimirlashi) ni bashoratlash; 
    - foydali qazilmalarni qidirish va o’zlashtirish; 
    - astronomiya, yer sathi tasvirlariga ishlov berish;
    - murakkab elektron sxemalar (superkompyuterlar) ni loyihalash. 
    HT insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va hujjat almashinuv bo’yicha 
    xizmat ko’rsatish (lokal, korporativ va global kompyuter tarmoqlari) sohalarini 
    avtomatlashtirishda ham qo’llaniladi.
    HT yangi materiallar yaratish, astrofizika, molekulyar va atom fizikasi, kimyo 
    va biologiya, yangi dori vositalarini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarda keng tadbiq 
    topdi.



    Hisoblash tizimi deganda foydalanuvchi masalalarini tayyorlash va yechish 
    uchun mo’ljallangan birgalikda ishlovchi prosessorlar yoki kompyuterlar, tashqi 
    qurilmalar va dasturiy ta’minotlarning to’plami tushuniladi. 
    HT hisoblash vositalarining mavjudligi nuqtai nazaridan bir mashinali, ko’p 
    mashinali va ko’p prosessorli turlarga bo’linadi. Bitta quvvatli kompyuter va ko’p 
    funksiyali pereferik qurilmalari bilan HT qurishning eng oddiy varianti hisoblanib, 
    barcha pereferik qurilmalar (ayniqsa, masofadan turib erkin foydalanish yoki ishlov 
    berish) avtonom hisoblash qurilmalari vazifasini bajaradi.

    Download 2,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I BOB. Kompyuter tizimlari va ularning axborot texnologiyalari rivojidagi

    Download 2,86 Mb.
    Pdf ko'rish