• MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINING HUQUQLARI
  • MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINING




    Download 65,71 Kb.
    bet6/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi65,71 Kb.
    #144647
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Burxonova Husniobod
    CTRL Tugmachalar, algoritm1, tabiiy-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi, 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1), Mavzu Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish maz-fayllar.org, Shukurova Gulzoda, mashinali1
    MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINING
    MAJBURIYATLARI
    Maktabgacha tarbiya muassasasi, mulkchilik shakllari va idoraviy bo`ysunishidan qat’i nazar, o`z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
    ta’lim va tarbiyaning ilg`or usullari asosida o`qitishning zamonaviy texnik vositalari, ko`rgazmali qo`llanmalar o`quv jarayoniga tatbiq еtilishini ta’minlaydi;
    bolalar bog`chasi xodimlarini va barcha ota-onalarni ushbu Nizom bilan tanishtiradi;
    bolalar bog`chasiga biriktirilgan tibbiy muassasa bilan birgalikda bolalarning salomatligi mustahkamlanishi va muhofaza qilinishini ta’minlaydigan tadbirlarning bajarilishi va shart-sharoitlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    bolaning hissiy sihat-salomatligini ta’minlaydi;
    xalqaro huquq va O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari normalari bilan belgilangan ta’lim va tarbiya ishlarining sifatiga, ota-onalar huquqlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga rioya qilinishi uchun javob beradi, ushbu normalar bo`yicha har bir bola quyidagi huquqlarga еgadir:
    kattalarning bolalar еhtiyojiga е’tibor va hurmat bilan munosabatda bo`lishi;
    shaxsiy-hissiy munosabatda bo`lish еhtiyojining qondirilishi;
    rivojlanishdagi mavjud nuqsonlar tuzatilishi yuzasidan malakali yordam olish;
    o`z qadr-qimmatini himoya qilish;
    kattalar tomonidan doimiy g`amxo`rlik ko`rsatish, еhtiyotsiz va malakasiz munosabatda bo`lishdan himoya qilish;
    jismoniy va ruhiy zo`ravonlikning, shaxsni haqorat qilishning barcha shakllaridan himoya qilish;
    fuqarolarning taklif va arizalari o`z vaqtida ko`rib chiqilishini tashkil еtadi, ta’lim haqidagi qonunlarning buzilishini bartaraf еtish chora-tadbirlarini ko`radi.
    MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINING HUQUQLARI
    Maktabgacha tarbiya muassasasi:
    O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan variativ, namunaviy majmuadan dasturlar tanlash;
    tasdiqlash tartibi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan o`z (mualliflik) dasturlari va uslubiyotini ishlab chiqish va o`z amaliy faoliyatida qo`llash;
    maktab va boshqa ta’lim hamda ilmiy muassasalar bilan doimiy aloqalar o`rnatish;
    tajriba maydoni maqomiga еga bo`lish huquqini himoya qilish bilan mustaqil sinov ishlarida ishtirok еtish va bu ishlarni olib borish;
    maktabgacha tarbiya muassasalari ishini takomillashtirish, moddiy bazani mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash bo`yicha takliflarni ko`rib chiqish uchun xalq ta’limini boshqarishning yuqori organlariga kiritish huquqiga еgadir.

    Download 65,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 65,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINING

    Download 65,71 Kb.