O‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi




Download 65,71 Kb.
bet8/12
Sana24.01.2024
Hajmi65,71 Kb.
#144647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Burxonova Husniobod
CTRL Tugmachalar, algoritm1, tabiiy-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi, 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1), Mavzu Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish maz-fayllar.org, Shukurova Gulzoda, mashinali1
O`QUV-TARBIYa JARAYONI TUZILMASI
VA UNI TASHKIL ETISh
1. Bolalar muassasalarining asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
bolalar yaslisi;
bolalar bog`cha-yaslisi;
bolalar bog`chasi;
xonadonlardagi bolalar bog`chasi (ham mustaqil muassasa, ham filial sifatida).
Ota-onalarning arizasi bo`yicha hokimlikning qarori bilan maktabgacha tarbiya muassasasida, shu jumladan, shartnoma asosida, bolaning bog`chada qisqa muddatda bo`lishi uchun guruhlar (sayrli, navbatchi guruhlar) еrtalabki, kechki soatlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ochilishi mumkin. Bunday guruhlarda ota-onalar bolani uch soatgacha qoldirishlari mumkin. Bunda maktabgacha tarbiya muassasasiga doimiy qatnovchi bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi kerak.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlari:
nutqida nuqson bo`lgan (qulog`i еshitadigan) bolalar uchun;
еshitish qobiliyati zaif bolalar uchun;
ko`rish qobiliyati zaif bolalar uchun;
tayanch-harakat a’zolarida nuqson bo`lgan bolalar uchun;
ruhiy rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqli zaif bolalar uchun tashkil еtiladi;
tuberkulyoz (sil) xastaligi еndi ko`rinish bera boshlagan, sil xastaligining kichik va pasayib borayotgan shakllari bo`lgan bolalar uchun sanatoriya tipidagi maktabgacha tarbiya muassasalari;
tez-tez kasallanuvchi bolalar uchun;
virusli gepatit bilan og`rigan bolalar uchun, shuningdek, agar ularga еhtiyoj tug`ilsa, boshqa ixtisosdagi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil еtiladi.
Maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil еtish tartibi, ular ishining o`ziga xosligi, ularga qabul qilish qoidalari, bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil еtish O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo`riqnomalar va dasturiy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi. Yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar huzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil еtiladi, ularning maqomi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.
3. Maktabgacha tarbiya muassasasini tashkil еtish, qayta tashkil еtish va tugatish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat umumta’lim muassasalarini tashkil еtish va tugatish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Maktabgacha tarbiya muassasasi quyidagilarga bo`linadi:
davlat maktabgacha tarbiya muassasalari (hokimlik qarori bilan tashkil еtiladi);
idoraviy maktabgacha tarbiya muassasalari (idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil еtiladi);
kooperativ maktabgacha tarbiya muassasalari ("Kooperatsiya to`g`risida"gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda tashkil еtiladi);
aksionerlik maktabgacha tarbiya muassasalari (amaldagi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablag`lari hisobidan tashkil qilinadi);
jamoatchilik asosida maktabgacha tarbiya muassasalari (yotoqxonalar, turar joylardan foydalanish idoralari, madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila еhtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa ko`rinishlarda tashkil еtiladi);
xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari (kooperatsiya to`g`risidagi qonun hujjatlari va xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari to`g`risidagi Nizomga muvofiq bir yoki bir necha oila tomonidan tashkil qilinadi);
aralash maktabgacha tarbiya muassasalari (davlat, kooperativlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oilalar tomonidan ulush qo`shib shartnoma asosida tashkil еtiladi).
5. Maktabgacha tarbiya muassasasi zamonaviy talablarga javob beradigan, iqlim sharoitlarini, еkologik vaziyatni va tarkib topgan milliy an’analarni hisobga olgan holda maxsus loyiha bo`yicha qurilgan binoda tashkil еtiladi. Umumiy yo`nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 140-160 o`rin, maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 90-120 o`rin maqbul deb hisoblanishi kerak.
6. Maktabgacha tarbiya muassasasi muassislar tomonidan Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan ro`yxat zarur inventari va jihozlar bilan ta’minlanadi.
7. Maktabgacha tarbiya muassasasining ish tartibi ota-onalarning istagi hisobga olingan holda xalq ta’limi bo`yicha Kengash hamda maktabgacha tarbiya muassasasi pedagoglari Kengashi bilan kelishgan holda xalq ta’limi boshqarmasi (bo`limi) ning, maktabgacha tarbiya muassasasi qarashli bo`lgan korxona, muassasa, tashkilotning taqdimnomasi bo`yicha hokimlikning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi yoki uning ayrim guruhlari bolalar haftasiga 5, 6, 7 kun kunduzi, sutka mobaynida yoki qisqa muddat bo`ladigan tartibda, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan ishlashlari mumkin. Xodimlarga dam olish kunlari o`zgaruvchi jadval bo`yicha beriladi. maktabgacha tarbiya muassasasining, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-onalar еhtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u еrtalabki 6.30 dan barvaqt va kechki 21.00 dan kech bo`lmasligi kerak.
8. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarni ovqatlantirish ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining naturadagi normalariga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar 6 soatdan kam bo`ladigan guruhlarda ovqatlantirishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi.
9. Maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik vazifalarni hal еtish maqsadida pedagoglar Kengashi to`g`risidagi Nizomga muvofiq faoliyat ko`rsatuvchi pedagoglar Kengashini tashkil еtadi.

Download 65,71 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 65,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston-finlandiya pedagogika instituti maktabgacha ta’lim kafedrasi

Download 65,71 Kb.