• TIBBIY XIZMAT KO`RSATISh
  • MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINI BUTLASh




    Download 65,71 Kb.
    bet9/12
    Sana24.01.2024
    Hajmi65,71 Kb.
    #144647
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Burxonova Husniobod
    CTRL Tugmachalar, algoritm1, tabiiy-gazlarni-vodorod-sul-fididan-tozalash-usullarining-tasnifi, 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1), Mavzu Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti ish maz-fayllar.org, Shukurova Gulzoda, mashinali1
    MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINI BUTLASh
    1. Maktabgacha tarbiya muassasasining bolalar kontingenti xalq ta’limi organlari va boshqa muassislar tomonidan butlanadi.
    2. Xalq ta’limi organlariga maktabgacha tarbiya muassasasi balansida bo`lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning roziligi bilan bolalar o`rinlarining bir qismini ota-onasi ushbu korxonada ishlamaydigan, ammo maktabgacha tarbiya muassasasi joylashgan hududda yashovchi bolalar bilan to`ldirish huquqi beriladi. Bunda bola tarbiyasi uchun haq ota-onadan davlat tomonidan belgilangan normativlarga muvofiq miqdorlarda olinadi.
    3. Bolalarni davlat maktabgacha tarbiya muassasalariga qabul qilish, yo`llanmalar berish, maktabgacha tarbiya muassasasida bola uchun joy saqlash, bolalarni bog`chalarga joylashtirish bo`yicha qondirilmagan arizalarni hisobga olish tartibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining yo`riqnomasi bilan belgilanadi.
    4. Ota-onaning ish joyi o`zgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha tarbiya muassasasidan chiqarish (agar bu shartnomada ko`rsatilmagan bo`lsa) man qilinadi.
    5. Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o`tgan bolalar bilan butlash o`quv yili so`ngida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan butlash еsa o`rinlar bo`shashiga qarab amalga oshiriladi.
    6. Moslashtirish maqsadida bog`chaga yangi kelayotganlarni va kichik yoshdagi bog`cha bolalarini guruhlarga qabul qilish bosqichma-bosqich, bir oy davomida amalga oshiriladi.
    7. Maktabgacha tarbiya muassasasida o`quv yili har yili 1 sentyabrdan boshlanadi.
    TIBBIY XIZMAT KO`RSATISh
    1. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq maktabgacha tarbiya muassasasi bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish huquqiga еga.
    Bolalarga tibbiy xizmat ko`rsatish shtatdagi yoki maktabgacha tarbiya muassasasiga maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Tibbiyot xodimlari maktabgacha tarbiya muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog`lig`i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlarining o`tkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishi sifati va tartibiga, ularga tushadigan jismoniy va aqliy og`irlikni muvofiqlashtirishga rioya qilish uchun javob beradi.
    2. Tibbiyot xodimlari faoliyati ustidan nazorat qilish mahalliy sog`liqni saqlash organlariga yuklanadi.

    Download 65,71 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 65,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASASINI BUTLASh

    Download 65,71 Kb.