|
I-BOB. O‘LCHASHLAR. O`LCHASH USULLARI VA VOSITALARININGBog'liq M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlariI-BOB. O‘LCHASHLAR. O`LCHASH USULLARI VA VOSITALARINING
UMUMIY TAVSIFLARI
1.1.O`lchash usullari va vositalari.
Kattalikning sonli qiymatini odatda o`lchash amali bilangina topish mumkin,
ya`ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
O`lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki,
unda o`lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik
sifatida qabul qilingan miqdori bilan o`zaro solishtiriladi.
Bu ta`rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, o`lchash bu
har xil kattaliklar to`g`risida informasiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik
eksperimentdir; uchinchidan - o`lchash jarayonida o`lchanadigan kattalikning
o`lchov birligining ishlatilishidir. Demak, o`lchashdan maqsad, o`lchanadigan
kattalik bilan uning o`lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi
(tafovutni) nisbatni topishdir. Ya`ni, o`lchash jarayonida o`lchashdan ko`zda
tutiladigan maqsad, ya`ni izlanuvchi kattalik (bu shunday asosiy kattalikki uni
aniqlash butun izlanishni, tekshirishni vazifasi, maqsadi hisoblanadi) va o`lchash
ob`ekti ishtirok etadi. O`lchash ob`ekti (o`lchanadigan kattalik) shunday
yordamchi kattalikki, uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki
bu shunday qurilmaki, uning yordamida o`lchanadigan kattalik solishtiriladi.
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; o`lchash,
o`lchash jarayoni va o`lchash usuli.
O`lchash - bu umuman har xil kattaliklar to`g`risida informasiya qabul
qilish, o`zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini
qo`llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.
O`lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o`tkazish jarayonidir
(solishtirish qanday usulda bo`lmasin).
|
| |