• O`lchash natijasi
  • O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    O`lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma`lum struktura 
    yordamida, o`lchash vositalari yordamida va eksperiment o`tkazishning aniq yo`li, 
    algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir. 
    O`lchash odatda o`lchashdan ko`zlangan maqsadni (izlanayotgan 
    kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz 
    qilish asosida bevosita o`lchash ob`ekti (o`lchanadigan kattalik) aniqlanadi. 
    O`lchash jaraeni yordamida esa shu o`lchash ob`ekti to`g`risida informasiya hosil 
    qilinadi va nihoyat ba`zi matematik qayta ishlash yo`li bilan o`lchash maqsadi 
    haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informasiya (o`lchash natijasi) olinadi. 
    O`lchash natijasi - o`lchanayotgan kattalikning son qiymatini o`lchash 
    birligiga ko`paytmasi tariqasida ifodalanadi. 
    X=n[x],  bu yerda X - o`lchanadigan kattalik; 
    n - o`lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o`lchov birligidagi son 
    qiymati; [x] - o`lchash birligi 
    O`lchash jarayonini avtomatlashtirish munosabati bilan o`lchash natijalari 
    o`zgarmasdan to`g`ridan-to`g`ri elektron hisoblash mashinalariga yoki avtomatik 
    boshqarish tizimlariga berilishi mumkin. Shuning uchun, keyingi paytlarda


    13 
    ayniqsa, kibernetika sohasidagi mutaxassislarda o`lchash haqidagi tushuncha 
    quyidagicha ta`riflanadi. 
    O`lchash – bu izlanayotgan kattalik haqida informasiya qabul qilish va 
    o`zgartirish jarayonidir. Bundan ko`zda tutilgan maqsad shu o`lchanayotgan 
    kattalikning ishlatish, o`zgartirish, uzatish yoki qayta ishlashlar uchun qulay 
    formadagi ifodasini ishlab chiqishdir. 
    O`lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab u aniq nomi 
    bilan yuritiladi: elektrik, mexaniq, issiqlik, akustik va x.k.
    O`lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
    (yo`llari) mavjuddir. Quyida shu yo`llar bilan tanishib chiqamiz. 
    1.1-rasm 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish