|
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. SidikovBog'liq M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlariBevosita baholash usuli - bevosita o`lchash asbobining sanash qurilmasi
yordamida to`g`ridan to`g`ri o`lchanayotgan kattalikning qiymatini topish.
Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o`lchash yoki ampermetr yordamida
tok kuchini topish.
O`lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli - o`lchanayotgan kattalikni
o`lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solishtirish) usuli. Masalan
tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O`lchov bilan taqqoslash usulining o`zini
bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali o`lchash (differensial) usuli - o`lchov bilan taqqoslash usulining
turi hisoblanib, o`lchanayotgan kattalikning va o`lchov orqali yaratilgan
kattalikning ayirmasini (farqini) o`lchash asbobiga ta`sir qilish usuli. Misol qilib
uzunlik o`lchovini qiyoslashda uni komparatorda namunaviy o`lchov bilan
taqqoslab o`tkaziladigan o`lchash. Yoki, vol`tmetr yordamida ikki kuchlanish
orasidagi farqni o`lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda
ma`lum, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi.
U=U
0
−
U
x
; U
x
=U
0
−
U
U
x
bilan U
0
qanchalik yaqin bo`lsa, o`lchash natijasi ham shunchalik aniq
bo`ladi.
Nolga keltirish usuli - bu ham o`lchov bilan taqqoslash usulining bir turi
hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta`siri natijasini nolga
keltirish lozim bo`ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko`prigi bilan to`la
muvozanatlashtirib o`lchash.
1.2-rasm
Almashlash usuli - o`lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib,
o`lchanayotgan kattalikning o`lchov orqali yaratilgan ma`lum qiymatli kattalik
bilan o`rin almashishiga asoslangan. Misol, o`lchanadigan massa bilan tarozi
toshini bir pallaga galma-gal qo`yib o`lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov
|