• Standart namuna
  • O`lchash vositalari va ularning turlari




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    1.2. O`lchash vositalari va ularning turlari 
    Ma`lumki, o`o`lchashni biror bir vositasiz bajarib bo`lmaydi.
    O`lchash vositasi deb o`lchashlar uchun qo`llaniladigan va me`yorlangan 
    metrologik xossalarga ega bo`lgan texnikaviy vositaga aytiladi. 
    O`lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi 
    katta yoki kichik bo`lishi mumkin. O`lchash vositalari me`yorlangan metrologik 
    xossalarga ega bo`lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda 
    tekshirilib turiladi. O`lchash amalida o`lchanayotgan kattalikning qiymati to`g`ri 
    aniqlanishi aynan mana shu o`lchash vositasining to`g`ri tanlanishiga va ishlashiga 
    bog`liq.
    O`lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz 
    mumkin: 

    o`lchovlar; 

    o`lchash asboblari; 

    o`lchash o`zgartkichlari; 

    o`lchash qurilmalari; 

    o`lchash tizimlari. 
    O`lchovlar - keng tarqalgan o`lchash vositalaridan hisoblanadi. 
    O`lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan 
    o`lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va 
    shu kabilarni o`lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin. 
    O`lchovlarning ham turlari va xillari ko`p. Standart namunalar va 
    namunaviy moddalar ham o`lchovlar turkumiga kiritilgan. 
    Standart namuna - modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini 
    tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o`lchov sanaladi. 
    Masalan, g`adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 
    Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo`ladigan va 
    aniq xossalarga ega bo`lgan modda sanaladi. Masalan, "toza suv", "toza metall" va 
    hokazolar. "Toza rux" 420
    0
    S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi. 
    O`lchovlar ko`p qiymatli (o`zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga 
    bo`lingan chizg`ich) va bir qiymatli (tarozi toshi, o`lchash kolbasi, normal 
    element) turlarga bo`linadi. Ba`zan o`lchovlar to`plamidan ham foydalaniladi. 
    Kattalikning o`lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda 
    tutishimiz lozim bo`ladi: 
    Ishchi o`lchash vositalari, namunaviy o`lchash vositalari, ishchi etalon, 
    solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi 
    etalon va davlat etaloni. 
    Fan va texnikaning eng yuqori saviyasida aniqlik bilan ishlangan namunaviy 
    o`lchovlar etalonlar deb ataladi. Etalonlar ishlatiladigan va davlat etalonlariga 
    bo`linadi. Davlat etalonlari namunaviy o`lchov va asboblarni tekshirishda 
    qo`llaniladi va Davlat standarti idoralarida saqlanadi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`lchash vositalari va ularning turlari

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish