• Hosilaviy kattalik
  • O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

     
    Asosiy kattalik deb ko`rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo`yicha 
    tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka 
    aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug`lik kuchi kabilar. 
    Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali 
    ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi
    quvvat va boshqalar. 
    1.3. Kattalikning o`lchamligi 
    Har bir xossa ko`p yoki kam darajada ifodalanishi, ya`ni miqdor tavsifiga 
    ega bo`lishi mumkin ekan, demak bu xossani o`lchash ham mumkin. Bu haqda 
    buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O`lchash mumkin bo`lganini o`lchang, 
    mumkin bo`lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan edi. 
    Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o`lchamlikdan 
    foydalanamiz. 
     
    Kattalikning o`lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar 
    bilan bog`liqligini ko`rsatadigan va proporsionallik koeffisienti 1 ga teng bo`lgan 
    ifodaga aytiladi. 
    Kattaliklarning o`lchamligini dimension - o`lcham, o`lchamlik ma`nosini 
    bildiradigan (ingl.) so`zga asoslangan holda dim simvoli bilan belgilanadi. 
    Odatda, asosiy kattaliklarning o`lchamligi mos holdagi bosh harflar bilan 
    belgilanadi, masalan, 
    dim l = L; dim m = M; dim t = T. 
    Hosilaviy kattaliklarning o`lchamligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal 
    qilish lozim: 
    1. 
    Tenglamaning o`ng va chap tomonlarining o`lchamligi mos kelmasligi 
    mumkin emas, chunki, faqat bir xil xossalargina o`zaro solishtirilishi mumkin. 
    Bundan xulosa qilib aytadigan bo`lsak, faqat bir xil o`lchamlikka ega bo`lgan 
    kattaliklarnigina algebraik qo`shishimiz mumkin. 
    2. 
    O`lchamliklarning algebrasi ko`payuvchandir, ya`ni faqatgina ko`paytirish 
    amalidan iboratdir. 
    2.1. Bir 
    nechta 
    kattaliklar 
    ko`paytmasining 
    o`lchamligi 
    ularning 
    o`lchamliklarining ko`paytmasiga teng, ya`ni: A, B, C, Q kattaliklarining 
    qiymatlari orasidagi bog`lanish Q = ABC ko`rinishda berilgan bo`lsa, u holda
    dim Q = (dim A)(dim B)(dim C).
    2.2. Bir kattalikni boshqasiga bo`lishdagi bo`linmaning o`lchamligi ularning 
    o`lchamliklarining nisbatiga teng, ya`ni Q = A/B bo`lsa, u holda
    dim Q = dim A / dim B. 
    2.3. Darajaga ko`tarilgan ihtiyoriy kattalikning o`lchamligi uning o`lchamligini 
    shu darajaga oshirilganligiga tengdir, ya`ni, Q = A
    n
    bo`lsa, u holda,
    dim Q = dim A
    n

    Masalan, agar tezlik v = l/t bo`lsa, u holda
    dim v = dim l / dim t = L/T = LT
    -1

    Shunday qilib, hosilaviy kattalikning o`lchamligini ifodalashda quyidagi 
    formuladan foydalanishimiz mumkin: 


    21 
    dim Q = L
    n
    M
    m
    T
    k
    ...., 
    bunda, L, M, T..., - mos ravishda asosiy kattaliklarning o`lchamligi; n, m, k..., -
    o`lchamlikning daraja ko`rsatkichi.
    Har bir o`lchamlikning daraja ko`rsatkichi musbat yoki manfiy, butun yoki 
    kasr songa yoxud nolga teng bo`lishi mumkin. Agar barcha daraja ko`rsatkichlari 
    nolga teng bo`lsa, u holda bunday kattalikni o`lchamsiz kattalik deyiladi. Bu 
    kattalik bir nomdagi kattaliklarning nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy (masalan, 
    dielektrik o`tkazuvchanlik), logarifmik (masalan, elektr quvvati va kuchlanishining 
    logarifmik nisbati) bo`lishi mumkin. 
    O`lchamliklarning nazariyasi odatda hosil qilingan ifoda (formula)larni 
    tezdan tekshirish uchun juda qo`l keladi. Ba`zan esa bu tekshiruv noma`lum 
    bo`lgan kattaliklarni topish imkonini beradi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish