• Kattalikning o`lchami
  • O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/116
    Sana04.01.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #130014
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116
    Bog'liq
    M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

    Kattaliklarning birliklari. Muayyan ob`ektni tavsiflovchi kattalik shu 
    ob`ekt uchun xos bo`lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi ob`ektlar o`zaro 
    birgalikda ko`rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko`ra tafovutlanadi. 
    Buning uchun esa solishtirilayotganda ob`ektlararo biror bir asos bo`lishi lozim. 
    Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga 
    kattalikning birligi deb nom berilgan. 
    Ko`rilayotgan fizikaviy ob`ektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi 
    bo`lib uning o`lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o`lchami”, “massa o`lchami”, 
    “sifat ko`rsatkichining o`lchami” degandan ko`ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat 
    ko`rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan 
    o`rinli bo`ladi.O`lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak 
    emas. Masalan, 100 g, 10
    5
    mg, 10
    -4
    t - bir o`lchamni 3 xil ko`rinishda ifodalanishi 
    bo`lib, odatda “massa o`lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb 
    gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o`lchamini muayyan sonli 
    birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim. 
    Kattalikning o`lchami - Ayrim olingan moddiy ob`ekt, tizim, hodisa yoki 
    jarayonga tegishli bo`lgan kattalikning miqdori bo`lib hisoblanadi. 
     
    Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma`lum bir soni bilan 
    kattalikning miqdor tavsifini aniqlash. 
    Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli 
    qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o`lchami noldan qancha birlikka 
    farqlanadi, yoki o`lchash birligi sifatida olingan o`lchamdan qancha birlik katta 
    (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni 
    o`lchash birligining o`lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan 
    ma`noni anglashimiz lozim: 
    Q = q[Q]. 
    Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan 
    bo`lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr 
    bo`yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan 
    solishtirishimiz lozim bo`ladi 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   116




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish