O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/116
Sana04.01.2024
Hajmi5,14 Mb.
#130014
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116
Bog'liq
M. Maxmudov - Energiya o`lchash asboblari va boshqaruv tizimlari

Kattalik - sifat tomonidan ko`pgina fizikaviy ob`ektlarga (fizikaviy tizimlarga, 
ularning holatlariga va ularda o`tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo`lib, 
miqdor tomonidan har bir ob`ekt uchun xususiy bo`lgan xossadir. 
Ta`rifda keltirilgan xususiylik biror ob`ektning xossasi ikkinchisinikiga 
nisbatan ma`lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo`lishini ifodalaydi. 
Biz o`rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning 
birliklari, o`lchash texnikasining rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. 
“Kattalik” atamasidan xossaning faqat miqdoriy tomonini ifodalash uchun 
foydalanish to`g`ri emas (masalan, “massa kattaligi”, “bosim kattaligi” deb 
yozish), chunki shu xossalarning o`zi kattalik bo`ladi. Bunda “kattalik o`lchami” 
degan atamani ishlatish to`g`ri hisoblanadi. Masalan, ma`lum jismning uzunligi, 
massasi, elektr qarshiligi va hokazolar. 
Har bir fizikaviy ob`ekt bir qancha ob`ektiv xossalar bilan tavsiflanishi 
mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishga talab ortib 
bormoqda. Hozirga kelib zamonaviy o`lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq 
kattalikni o`lchash imkoniyati mavjud. Bu ko`rsatkich 2050 yillarga borib 200 dan 
ortib ketishi bashorat qilinmoqda. 
Ko`pincha kattalikning o`rniga parametr, sifat ko`rsatkichi, tavsif 
(xarakteristika) degan atamalarni ham qo`llanishiga duch kelamiz, Lekin bu 
atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. 
Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o`zaro bog`liqlik mavjud 
bo`lib, uni fizikaviy bog`lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, 
vaqt birligidagi o`tilgan masofa bo`yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu 


20 
bog`lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo`lib ko`riladi: asosiy kattaliklar 
va hosilaviy kattaliklar. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   116




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muxandislik-texnologiya instituti m. I. Maxmudov, I. X. Sidikov

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish